Tikuvchilik sanoatida ip qirqish qurilmalari, tikilgan buyumlarni qatlam qilib taxlash
qurilmalari, baxyaqator berilgan kontur bo’ylab aniq yuritilishiga yordam beradigan shablonlar va
hokazo tobora ko’p ishlatilmoqda. Tikiladigan detallarni igna tagiga uzatib berishga mo’ljallangan
moslamalar takomillashtirilmoqda. Konturlari siniq chiziq ko’rinishidagi
detallarga moslamalar
yordamida ishlov berish imkonini beradigan usullar ishlab chiqilgan. Ko’p moslamalarning
ko’chma elementlari, ba’zilarining mustaqil yuritmasi bor.
«Dyurkopp-Adler» va «Pfaff» firmalarida ishlab chiqariladigan parallel moki baxyali tikuv
mashinlariga o’rnatiladigan moslamalarning bir necha turlari 6-jadvalda keltirilgan. Bu
moslamalar asosan materiallarni bukib tikishda ishlatiladi. Tikuvchilik sanoatida lineykalar va
tepkilar kabi moslamalar keng qo’llaniladi.
Ikki uchli surilib ochiladigan lineykalar material qirqimla- riga parallel baxyaqator yuritish
yoki bort, yoqa, manjet va belbog’larga ikkita parallel baxyaqator
yuritib tikish uchun
mo’ljallangan.
Moslamada qo’zg’almas lineyka vint yordamida mashina platformasiga mahkamlanadi va
ochiladigan lineykaga biriktiriladi.
Ikkita ko’tariladigan yo’naltiruvchi lineykali tepki zich materiallardan tayyorlanadigan ust
kiyim va yengil kiyim choklarini bostirib tikishda ishlatiladi. Bu moslama bosish tepkisidan
yuqoriroqda tepki sterjeniga vint yordamida mahkamlanadi. Moslamaning yon tomon yuzalaridagi
chuqurchalarga ikkita yo’naltiruvchi lineykalar o’rnatilgan.
Har bir baxyaqator yuritilib bo’lgandan keyin tikilayotgan material qaysi tomonga
surilishiga qarab yo’naltiruvchi lineykalardan galma-gal foydalanish mumkin.
Shnur qo’yib tikishga mo’ljallangan tepkilar ayollar va qiz bo- lalarning buyumlarini
bezashda ishlatiladi. Bunday ishlar bajarila- yotganda shnur materialga qo’shib tikilmasligi lozim.
SHu sababdan igna shnurni ilib o’tmasligi uchun shnurni yo’naltirib turadigan chuqurcha ignaning
harakat chizig’idan ma’lum oraliqda bo’ladi. Ti- kuvchi materialni qo’lda bukib, hosil bo’lgan ziy
ichiga shnurni yo’naltirib turadi.
6-jadval
Moslama
Moslamada
bajariladigan
texnologik
jarayon
Tikuv
buyumlari va
materiallari
Kiyim
detallarini
birlashtirishga
mo’ljallangan
moslama
Sport
kiyimlari,
ko’ylaklar. Ustki
materillar. Yengil
tirikotaj
materillari
Imitatsion
ishlar uchun
moslama
Sport
kiyimlari,
ko’ylaklar. Ustki
materillar.X/b
materillari
Materiallar
chap tarafdan
uzatilganda
detallarni
tikish
mashinalari
SHim, o’rta va
og’ir materillar
Materiallar
o’ng tarafdan
uzatilganda
detallarni tikish
mashinalari
Ishchi
kiyimlar, o’rta va
og’ir materillar
Uqa yoki tasma qo’yib tikishga mo’ljallangan tepkilar esa ust kiyimlarda bort
chetiga uqa qo’yib tikishda hamda ayollar, bolalar ko’ylaklariga
va boshqa
buyumlarga bezak tasma qo’yib tikishda ishla- tiladi.
Buklagich tepkilar ich kiyim, erkaklar, o’g’il bolalar ko’ylak- larini va maxsus
kiyimlarning qirqimlarini bukib choklash va bos- tirib choklashda ichki chok bilan
tikishga mo’ljallangan.
Qirqimlarni ichki chok bilan tikish uchun, detallarni ostki de- talning qirqimi
ustki detal qirqimidan chok kengligi bilan ishlov haqqini kengligiga teng miqdorda
chiqib turadigan qilib taxlanadi. SHunday taxlangan materiallarni buklagich tepkiga
kiritiladi, bunda ostki detalning bukilgan qirqimi tepkining chap uchidan o’tib,
tepkining tagiga kirishi kerak.
CHokni bostirib tikishda tikilgan detal yozib yuboriladi-da, chokni chap
tomonga bukib, buklagich tepki tagiga joylanadi. Ich kiyim tikishda buklagich tepki
chokning kengligi 0,5-0,6 sm bo’lganda,maxsus kiyimlar tikishda esa chokning
kengligi 0,6-0,8 sm bo’lganda ishlatiladi.
Burma hosil qiladigan tepkilar ayollar va qiz bolalar ko’y- laklarini bezashda
ishlatiladi.Tepki bikr qilib ishlangan bo’lib, uning qisqa
qilib ishlangan tagining
chap tomonida gorizontal kesigi bor.
Bunday tepkilar gazlamani bir tekisda burib, buyumni bezashda va ostki
qavatni bir yo’la burib ikki qavat materialni bir-biriga qo’shib tikishda ishlatishi
mumkin.
SHakllantiruvchi yo’naltirgichlar ipak va ip
gazlamalardan ti- kiladigan
detallar yoki buyumlar qirqimlarini ochiq yoki yopiq bukib tikishga mo’ljallangan.
SHakllantiruvchi yo’naltirgich mashina platformasiga mahkamlanadi. Uning
chig’anoqsimon buklagichi gazlamaning bukilgan ziyini igna sanchiladigan
markazdan 1-1,5 mm chaproqqa o’tkazib turadigan qilib tepkidan oldinga
o’rnatilgan.
SHakllantiruvchi yo’naltirgichni ishlatishda gazlama qirqimini buklagichning
spirali ichiga to’ldirib kiritiladi-da, igna tagiga yo’naltiriladi.
Mag’izlagich lineykalar kiyim ilgaklari va shunga o’xshash de- tallarning
chetiga mag’iz qo’yib tikishda ishlatiladi. Mag’izlagich
li- neyka tepki oldida
mashina platformasiga mahkamlanadi. Bir-biri ustiga joylashgan ikkita spirali bor
kronshteyndan iborat ustki va ostki spirallar orasidagi tirqishsimon o’yiqqa buyum
detallarining qirqimi kiritiladi.
Tikuv mashinalarida ishlatiladigan oddiygina moslamalarni ko’rib chiqib,
moslamalarni ishlab chiqishga va joriy etishga maxsus tikuv mashinalari ishlab
chiqarishga nisbatan ancha kam vaqt ketadi, degan xulosaga kelish mumkin. Bundan
tashqari, moslamalarni ish- latish yoki ishlatmaslik holatiga o’tkazish mumkinligi
oddiy tikuv mashinasini maxsus mashina sifatida ishlatish imkonini beradi.
Ushbu moslamalar ip gazlamadan erkaklar shimi,
maxsus ish ki- yimlari,
ayollar ko’ylagi va o’quvchilar maktab kiyimlarini tikishga ixtisoslashgan
korxonalarda qo’llanilganda yaxshi natijalarga eri- shish mumkin. Ilmiy tadqiqot
institutlarining ma’lumotlariga ko’ra, bunday korxonalarda ko’pchilik texnologik
jarayonlar tegishli moslamalar bilan kompleks jihozlansa, mehnat unumdorligi 20–
30 % ga oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: