Kasb-xunar kolleji o‗quvchilariga ekologik tarbiya berishni tizimli va uzviy,
uzluksizligini ta‘minlashda quyidagi ketmak-ketlikdagi tabirlar muhim sanaladi.
Kollej o‗quvchisining ekologik tarbiya olishida mavzuga oid kitob o‗qish
-radio eshittirishlarni tinglash;
-teleko‗rsatuvlar;
-internet aloqa vositalaridan foydalanish;
-kinofilmlar tomosha qilish;
-teatr tomoshalari;
-fenologik kuzatuvlar;
-sayoxatlar;
-muzeylar
-tabiat bag‗riga sayohat uyushtirish ham katta ahamiyat kasb etadi.Aynan
ro‗yxatda ko‗rsatilgan har bir jarayon ekologik tarbiyani shakllantirishga
qo‗llaniladigan asosiy vosita hisoblanadi.
O‗quvchilar bilan ommaviy ravishda olib boriladigan mashg‘ulotlarga turli
mavzulardagi kechalar, bayramlar, ma`ruzalar, ―O‗tkir zehnlilar mushoirasi‖,
viktorina va mushoiralar o‗tkazish, O‗zbekiston Qahramonlari va olimlari bilan
uchrashuvlar tashkil etish misol bo‗ladi. Shuningdek, ―O‗zbekiston ekolog
olimlarining fan taraqqiyotiga qo‗shgan hissalari‖, ―O‗zbekistonda qo‗riqxonalar va
ularni tabiatni muhofaza qilishdagi ahamiyati‖, ―Allomalar nazmida ekologiya‖,
―Orol dardi - olam dardi‖ mavzulari bo‗yicha ommaviy kechalar o‗tkazish
o‗quvchilar faolligini oshiradi.
2017 – 2021 yillarga mo‗ljallangan xarakatlar strategiyasining xavfsizlik,
millatlararo totuvlik va diniy bag‗rikenglikni ta‘minlash, shuningdek, vazmin, o‗zaro
foydali va konstruktiv tashqi siyosatni amalga oshirish sohasidagi ustuvor
yo‗nalishlari nomli beshinchi bo‗limining birinchi bandida Xavfsizlik, diniy
bag‗rikenglik va millatlararo totuvlikni ta‘minlash sohasidagi ustuvor yo‗nalishlarida
quyidagilar ko‗zda tutilgan:
44
Kasb hunar kollejlarida o‗zaro hurmat va birdamlik vaziyatini yanada
mustahkamlash maqsadida: ―Yurt tinchligi, Vatan ravnaqi - oliy ne‘mat‖;
‖Millatlararo totuvlik va bag‗rikenglik - barqarorlik kafolati‖; ―Qo‗shnichilik
munosabatlarda o‗zaro hurmat, mehr-oqibat ruhida bo‗lish - yurtimizda ahillikni
mustahkamlashning eng muhim sharti‖; ―Inson manfaatlari - ulug‗ qadriyat‖
mavzularida targ‗ibot tadbirlari o‗tkazish.[4.b.4]
Takif etilayotgan fazilatlarning asosiy maqsadi XXI asr sivilizatsiyasi
darajasiga va tabiatga xavf tug‘diruvchi kuchli antropagen ta‘sirlarga mos keladigan
yangicha odob va ahloqqa asoslangan ekologik dunyoqarashni tarbiyalashdan
iboratdir.
O‗rta maxsus va kasb-hunar ta‘limida ekologik bilimlarni dialektik
dunyoqarash asosida o‗rganish bilan birga ularda ekologik madaniyatning asosiy
fazilatlari shakillantiriladi. Bunda avvalo, huquqiy ekologik madaniyatning asosiy
fazilatlari shkillantiriladi. Bunda avvalo, huquqiy ekologik tarbiyaga alohida
ahamiyat
beriladi.
O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tegishli
moddalaridagi atrof-muhitni muhofaza qilish haqidagi masalalar va davlatimizning
yer, suv, havo, o‗simliklar, hayvonlar,va tabiat resurslarini muhofaza qilish bilan
bog‘liq qonunlarni o‗rganish- ekologik tarbiyani to‗laqonli amalga oshirishga imkon
yaratadi. O‗quvchilarning darsda va mustaqil ishlash jarayonida tabiat bilan bevosita
muloqotda bo‗lish ularda go‗zallik, mehr-muhabbat, tabiatga nisbatan ma‘suliyatlilik
tuyg‘usining shakillanishiga yordam beradi.
Kollejlarda tashkil qilinadigan quyidagi bayramlar asosida o‗quvchilarning
ekologik tarbiyasini yanada takomillashtrish mumkin.
1.Hosil bayrami
2.Navro‗z bayrami
3.Gullar va qushlar bayrami
4.Qovun sayllari
Yuqoridagilardana kelib chiqib, ekologik ta‘limda davlatimizning millat va jamiyat
rivojidagi ijobiy ishlari, turli sohada erishayotgan yutuqlarini yoki siyosatini o‗z
vaqtida bevosita, juda bo‗lmaganda bilvosita tarzda aks attirish ekologik ta‘limning
45
ijtimoiy nufuzini so‗zsiz oshiradi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, fan, jumladan
ekologiya-insoniyat madaniyatining eng qadimiy, eng muhim va murakkab tarkibiy
qismlaridan biri. Bu yana, insonga o‗zining o‗sib boruvchi moddiy va ma‘naviy
ehtiyojlarini qonirish uchun tabiatni qayta o‗zgartirish va unga moslashish imkonini
beruvchi inson bilimlarining turfa xil ko‗rinishli butun bir dunyosidir. Bundan
tashqari yangi bilimlarni yaratishga yo‗naltirilgan tadqiqot faoliyatining murakkab
tizimi hamdir.
Jamiyat moddiy madaniyatining katta qismi bo‗lgan fan, avvalambor, tabiiy
fanlar yutuqlari negizida yaratilgan. Dunyoning ilmiy manzarasi hamisha inson
konsepsiyasining eng muhim tarkibiy qismi bo‗lgan. Tabiatni ilmiy tushunish,
ayniqsa hozirgio davrda, insonning ichki ma‘naviy dunyosining mazmunini: o‗zini
namoyon qilishi, tuyg‘ulari, tashvishlari, uning ahtiyojlari va qiziqishlari mohiyatan
belgilaydi deb hisoblaymiz. Shunday ekan, jamiyat uchun sog‘lom g‘oya, sog‘lom
mafkurani shakillantirishda ilm, fan va madaniyatning barcha sohalari yutuqlaridan
oqilona foydalanishimiz zarur.
Bugungi kunda fan-texnika jadal sur‘atlar bilan rivojlanib, inson va tabiat
o‗rtasida tabiiy muvozanat buzilayotganligi oqibatida atrof-muhitga katta ziyon
yetkazmoqda. Ona tabiatga istiqbolni ko‗zlab munosabatda bo‗lish, kelajak avlodga
uni go‗zal va tabiiyligicha qoldirish-bugungi kunning muhim vazifasi. Tabiatga
nisbatan inson qanchalik salbiy munosabatda bo‗lsa, tabiat ham insonga nisbatan
aynan shunday javob qaytaradi. Har bir inson ongida ekologik madaniyat qay
darajada shakillansa, jamiyat ham shu darajada taraqqiy etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |