32
II-BOB. Kasb-xunar kolleji o„quvchilariga ekologik tarbiya berishda
innovatsion texnologiyalardan foydalanishning mazmun, shakl va uslublari
2.1.Kasb-hunar kolleji o„quvchilarida ekologik ta‟lim tarbiya jarayonida
innovatsion texnologiyalarni qo„llash.
Innovatsion texnologiyalarning ta‘lim-tarbiya jarayoniga tadbiqi ularning
mazmun-mohiyatini boyitish, takomillashtirish va bilimlarni o‗zlashtirishni jadallashtirish,
hamkorlik faoliyatlarini umumlashtirish, ta‘lim-tarbiya jarayoniga kompleks
loyihalashtirish muammolarini yechishga qaratilgan. Ta‘lim-tarbiya jarayonini
innovatsiyalashtirishga intilgan o‗qituvchi doimo izlanishlar olib borib, yangi
muvaffaqiyatlarga erishish sari intiladi. Demak, innovatsion yondashish orqali o‗qituvchi
va o‗quvchilar o‗z-o‗zini tahlil, taftish qilib boradilar. Shuningdek, ―nimaga erishdim?‖ va
―nimaga erisha olmadim?‖ degan savolga javob izlaydilar. Undan tashqari, o‗qituvchi va
o‗quvchilarning faol yoki turg`un harakat motivlari yuzaga chiqadi. Subyekt - subyekt
munasabati asosida o‗zaro hamkorlik o‗rnatiladi, har ikkala tomon bajargan ishi,
erishilgan natijalardan qoniqish hosil qiladi. Qoniqish esa har ikkala tomonni o‗z
faoliyatlarida kuch, bilim, malaka va ko‗nikmalariga ishonch ruhini tarbiyalaydi.
Ilg`or ijodkor pedagoglar an‘anaviy ta‘lim texnologiyasidagi nomunofiqliklarga
javob topish, o‗quvchining aqliy mehnatini amalga oshirish usullarini izlashlari natijasida
o‗ziga xos ta‘lim usuli vositalarini yaratyabdilarki, buning oqibatida yangicha pedagogik
mahorat tarzi vujudga keldi. Demak yangicha fikirlash, tizimdagi ta‘limda testlarning
qo‗llanishi, diagnos va diagnostik tahlilning olib kirilishi, reyting tizimiga baxolash, bob,
bo‗lim, mazmunini yaxlit xolda o‗zgartirishni modellashtirish va hokazolardan iboratdir.
Pedagogik texnologiyaning hozirgi kunda turli -tuman ta‘riflari mavjudligi natijasida bu
masalaning yechimini quydagicha o‗ziga xos usulda har kunlik to‗g`risida xam taklif
bildirilgan. Bugungi kunda innovatsion pedagogik texnologiyalarni ekolgik ta‘lim-tarbiya
jarayoniga joriy etish ma‘lum qonuniyatlarga, prinsiplarga asoslanadi.
Prinsip – lotincha ―principiun‖ so‗zidan olingan bo‗lib asos, dastlabki xolat
boshqaruvchi g`oya, umumlashgan talab kabi ma‘nolarni anglatadi. Pedagogik
33
texnologiyalar prinsiplari natijalariga erishish uchun rioya qilinadigan umumiy me‘yorlar
va talablardir. Ularni aniqlashda quyidagi xulosalar e‘tiborga olinadi.
-
Mavjud jamiyat talablariga mos keladigan ta‘lim – tarbiya maqsadi.
-
Didaktik jarayonning ob‘ektiv qonuniyatlari.
-
Ta‘lim-tarbiya jarayoni amalga oshiradigan shart – sharoitlar.
Kasb-hunar kollejlari o‗quvchilarining ma‘naviy-axloqiy tarbiyasini tashkil
qilishda innovatsion yondashishni takomillashtirish yo‗llari. O‗quvchi-talabalar bilan
darsdan tashqari mashg‗ulotlar va muloqotlar o‗tkazish ularning jismoniy-ruhiy
rivojlanishi va ta‘lim-tarbiyasi uchun muhim, ko‗p hollarda esa, hal qiluvchi
ahamiyatga ega bo‗ladi. Ekologik tarbiyaviy ishlar darsdan tashqari faoliyat bo‗lib,
tarbiyalamoq o‗quvchi-talaba yoshlarning faoliyatini tashkil qilmoq demakdir.
Haqiqatdan ham, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish ekologik
tarbiyaviy ishlarda katta samara beradi.
Texnologiya – shaxsni o‗qitish, tarbiyalash va rag‗batlantirish qonunlarini
o‗ziga jo qiladigan va yakuniy natijasini oqlaydigan pedagogik faoliyatdir. Maqsadi
esa o‗qitishni takomillashtirishga undaydi. Texnologiya zamirida jarayonlar
kechishini amalga oshirish usullari va vositalari haqida bilimlar yig`indisi,
shuningdek, ob‘ektda sodir bo‗ladigan sifat o‗zgarishlari anglanadi. Texnologiya
so‗zi fanga 1872 yillardan boshlab kirib kela boshladi. 30-yillarda ―Pedagogik
texnika― tushunchasi maxsus adabiyotlarda paydo bo‗ldi va u o‗quv mashg`ulotlarini
aniq va samarali tashkil etishga yo‗naltirilgan usul va vositalar yig`indisi sifatida
qaraldi. Shuningdek, bu davrda pedagogik texnologiya deb o‗quv va laboratoriya
jihozlari bilan muomala qilishni uddalash, ko‗rgazmali qurollardan foydalanish
tushunildi. 40-50 yillarda o‗quv jarayoniga o‗qitishning texnik vositalarini joriy etish
davri boshlandi. Ayniqsa kino, radio, nazorat vositalari, ulardan foydalanish
metodikasi pedagogik texnologiyaga tenglashtirildi.
Texnologiyalar uch xil bo‗lb, ular axborotli, uskunaviy va ijtimoiy nuqtai
nazarlarni qamrab oluvchi moddiy va ma‘naviy boyliklarni ishlab chiqarishni o‗z
ichiga oladi.
34
Axborotli – nuqtai nazar moddiy va ma‘naviy boyliklarni ishlab chiqarishning
tamoyillari va usullarini bayon qilinishini amalga oshiradi.Uskunaviy nuqtai nazar
ishlab chiqarish jarayonida amalga oshiriladigan mehnat qurollari yaratish
texnologiyasini amalga oshiradi.Ijtimoiy nuqtai nazar xodimlar va ularni tashkil
qilishni amalga oshiradi.
Pedagogik texnologiya - pedagogik (ijtimoiy) va texnologik (ishlab
chiqarishdagi muxandislik) yondashuvlar integratsiyasidir. Pedagogik texnologiyaga
YUNESKO tomonidan quyidagicha ta‘rif berilgan: ―Pedagogik texnologiya - ta‘lim
berish va o‗zlashtirish usullarini yaratish, qo‗llash, ularni yagona tizimga keltirish
yo‗li bilan inson salohiyati va texnik vositalarining barcha imkoniyalaridan muvofiq
foydalanib, bilimlar o‗zlashtirilishining eng maqbul jarayonidir‖. Pedagogik
texnologiyaning bosh muammosi - talaba (o‗quvchi) shaxsini rivojlantirish yo‗li
bilan o‗qitishga qo‗yilgan maqsadga erishishdan iborat bo‗lib, uning doirasida
yangi o‗quv materialini o‗zlashtirishning boshlang`ich, algoritmik, ijodiy, evristik
xarakterdagi darajalari mavjud.[46.]
Innovatsion ta‘lim – bu bo‗lajak mutaxassislarni joylarda ishlashga
tayyorlovchi jarayon bo‗lib, u avval olgan bilimlar asosida ta‘limni takomillashtirish
va samarali yangicha yondashuv qilishdan iborat. Unda ta‘lim – tarbiyada yangicha
sifat ko‗rsatkichiga erishib, yuqori samaradorlikni qo‗lga kiritish amalga oshiriladi va
ijodkorlikka yo‗naltiriladi hamda ta‘lim texnologiyalarini yangicha sifat bosqichiga
ko‗tarish, shuningdek, ta‘lim – tarbiyada zamonaviy yondashuvlarni tashkil qilib
borishni ta‘minlaydi. Innovatsion ta‘limda zamon bilan hamnafas ta‘lim
texnologiyalarini yaratish bilan shug`ullanishga doim imkoniyat yaratilib boriladi.
Innovatsion ta‘lim o‗ziga xos ijobiy xususiyatlarga ega. Ular quyidagilardan
iborat:
- kadrlar tayyorlash tizimiga ilm – fanning uzviy ravishda kirib borishini ta‘minlaydi.
Bunda ilg`or pedagogik texnologiyalarni yaratish va o‗zlashtirish yuzasidan maqsadli
innovatsion loyihalarni shakllantirish va amalga oshirish yo‗li bilan ilm – fanning
ta‘lim amaliyoti bilan integratsiyani ta‘minlash chora – tadbirlari ishlab chiqiladi;
35
- ilg`or pedagogik texnologiyalar va yangi axborot texnologiyalarini joriy etish uchun
o‗rta umumta‘lim, o‗rta maxsus, kasb – hunar ta‘limi va oliy o‗quv yurtlarida
eksperimental maydonchalar tashkil etish orqali ilmiy – tadqiqot natijalarini o‗quv –
tarbiya jarayoniga o‗z vaqtida joriy etish mexanizmlarini ro‗yobga chiqarishga
erishiladi;
- ta‘lim jarayonining istiqbolini oldindan ko‗ra bilish, ya‘ni ta‘lim beruvchining
avvalgi va hozirgi tajribasi asosida o‗qitish emas, balki ta‘lim oluvchini uzoq
kelajakni mo‗ljallashga (istiqbolli reja tuzishga) o‗rgatishdan iborat bo‗lib, unda
ta‘lim oluvchi ijtimoiy hayot va kasbiy faoliyatda tashxislash, bashoratlash,
modellashtirish va loyihalashtirishni amalga oshira olishi zarur;
- ta‘lim oluvchining hamkorlikda ta‘lim olish va optimal qarorlarni qabul qilish
(lokal va xususiydan tortib dunyoni, madaniyat, sivilizatsiya rivojlanishini hisobga
olishdan global muammolarni hal etish)da faol ishtirok etishni ta‘minlash.
Ekolgik tarbiyaviy ishlar loyihasi bu o‗quvchi-talabalarning ijodiy, ma‘lum
darajada mustaqil faoliyati bo‗lib, bunda o‗quvchi-talabalarning o‗zlari bevosita
ishtirok etishadi, ya‘ni loyihani ijro etish uchun zaruriy material-ma‘lumotlar
to‗plashadi, tadqiqot-tadbirlar o‗tkazish bo‗yicha farazlarni ilgari surishadi,
tadbirlarni amalda tashkil etish – o‗tkazishda faoliyat ko‗rsatishadi, tadbirlarning
ijtimoiy ahamiyatini bilishadi. Darsdan tashqari ekologik savodhonlik ishlari esa
quyidagilarga imkon beradi: mashg‗ulot va muloqotda hamkor bo‗lishni, bir-birini
bilishni, o‗zaro yaxshi munosabatlar shakllanishini, shaxs qirralarini anglashni,
yaxshi daqiqalarni birgalikda boshdan kechirish, insonlarning yaqinlashuvi,
hamkorlikdagi hissiy kechinmalar, do‗stlashish, ekologik bilimlarning kerakligini his
etish, ehtiyoj-talabni his etish va shu kabi qator fazilatlarni qaror toptiradi. Demak,
bularning barchasi maktab, oliy va o‗rta maxsus ta‘lim muassasalarida amalga
oshiriladigan ekolgik tarbiya mazmuni bilan uzviy bog‗liq bo‗lib, ular ma‘lum ta‘lim-
tarbiyaviy maqsadga erishish uchun xizmat qiladi.
Ekologik xarakterga ega bo‗lgan kunlarni nishonlash jumladan;
11-yanvar- Qo‗riqxona va milliy bog‘lar kuni.
2-fevral-Butunjahon suv va botqoqlik joylari kuni
36
19-fevral-Dengiz sutemizuvchilarini himoya qilish kunoi
14-mart-To‗g‘onlarga qarshi Xalqaro harakatlar kuni
21-mart-Navro‗z bayrami
22-mart-Butunjahonsuv(suv resursini muhofaza qilish) kuni
1-aprel-Xalqaro qushlar kuni
7-aprel-Butunjahon salomatlik kuni
15-aprel-Ekologik bilimlar kuni
18-22-aprel-Bog‘lar marshi kunlari
22-aprel-Xalqaro yer kuni
24-aprel-Butunjahon lobarotoriyadagi hayvonlarni himoya qilish kuni
1-10-may Qushlarni kuzatish bo‗yicha bahoriy o‗n kunlik
3-may-Quyosh kuni
12-may-Ekologik ta‘lim kuni
15-may-Xalqaro iqlim kuni
5-maydan 15-iyungacha Kichik daryolar va suv havzalarini himoya qilish bo‗yicha
harakat kunlari
22-may Xalqaro biologik xilma-xillik kuni
5-iyun-Butunjahon atrof-muhit kuni
17-iyun-Butunjahon cho‗llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurash kuni
11-iyul-Xalqaro aholi kuni
2-avgust-O‗zbekiston ekologik harakati tashkil topgan kun
11-sentabr-Butunjahon yovvoyi tabiat jamg‘armasitashkil etikgan kun
1-sentabr-Xalqaro ozon qatlamini muhofaza qilish kuni
22-sentabr-Butunjahon avtomobilsiz harakatlanish kuni
25-sentabr-Butunjahon dengiz kuni
27-sentabr-Xalqaro turizm kuni
4-oktabr-Butunjahon hayvonlarni himoya qilish
6-oktabr- xalqaro yashash muhitlarni muhofaza qilish kuni Oyning ikkinchi
chorshanbasi - Butunjahon tabiatni muhofaza qilish jamiyati kuni
11- Xalqaro tog‘lar kuni
37
Kasb-xunar kollejlari o‗quvchilari uchun quyidagi ekologik tadbirlarni tashkil
qilish maqsadga muofiqdir
1.Ekologik xaftaliklar
2.Ekologik oyliklar
3.Ko‗rik-tanlovlar
4.Kechalar
5.Uchrashuvlar
Barcha ta‘lim va tarbiya bosqichlarida atrof-muhit muhofazasi va ekologiyaga
bag‘ishlangan kunlarni oila, do‗stlar, guruhdoshlar va mahalla davrasida nishonlash
ham ekologik ma‘naviyatli shaxsni tarbiyalashda muhim qadam bo‗lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |