Siz kirgan xona sohibi sizni o‘zi o‘tirishga taklif etmaguncha o‘tirmang.
O‘tirganda odob saqlab o‘tiring, engashib, qiyshayib, oyoqlarni
chalishtirmang.
Quloqlarni qashlamoqchi bo‘lish, qo‘lingizda qalamni o‘ynab o‘tirish kabi
holatlar tarbiyangizning pastligini bildiradi.
Birinchi bo‘lib gap boshlamang. Xushkayfiyat bilan salomlashib, sizga savol
berishlarini kuting.
81
Odatda, suhbat boshida o‘zingiz va faoliyatingiz haqida gapirib berishingizni
so‘rashadi. Nima deyishingizni oldindan o‘ylab, pishitib qo‘yganingiz
ma’qul.