Ishbilarmon ayol qanday kiyinishi lozim?
Ishbilarmon ayolning kundalik kiyimi – bu ko‘ylak va kostyum.
Ishbilarmon ayolning kiyimi muloqot jarayonida suhbatdoshining e’tiborini
o‘ziga jalb qilmasligi lozim. Shu sababli yubka kiygan vaqt ochiq rangli
kalgotkalar kiyish tavsiya qilinmaydi.
Agar ishbilarmon ayol biror – bir yig‘ilishga yubka yoki ko’ylak kiyishni
o‘ziga joiz deb bilgan bo‘lsa, unda tana rangidagi kalgotkilarni kiyishi kerak.
Yoki ko‘ylagi bilan bir xil rangdagi kalgotkalarni tanlashi lozim.
Oltin qoidalaridan yana biri bu – atirni sepishdir. Atirni juda oz miqdorda
sepish joiz. “Biznes etiket” kitobining muallifi Meri Enn Sabat shunday
yozadi: “Agar kechqurun uchrashuv vaqtida o‘zi atiringiz hidini his
qilsangiz, bilingki, qolganlar sizning atiringizi hididan bo‘g‘ilib bo‘ldi”.
Do'stlaringiz bilan baham: |