Biznesmenning kiyinish talablari
Bugungi kunda keng tarqalgan va tan olingan kiyimlardan biri bu –
kostyum. Kostyum ishbilarmon odamning tashrif qog‘ozi hisoblanadi.
Chunki har doim inson qanday kiyinganligiga baho beriladi. Biz tanishgan
insonning birinchi ko‘rinishi xotiramizda ancha vaqtgacha qoladi. Shuning
uchun tashqi ko‘rinishga e’tibor bermaslik – kechirib bo‘lmas xato
hisoblanadi;
Masalan, kiyimdagi ozodalik va batartiblik ishning tashkil etilganligiga
bog‘liq. Tartibsizlik – besaramjonlikning sinonimidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |