O’z biznes hamkorida yaxshi taassurot qoldirish muhim ahamiyatga ega
va uning 4 qoidasi mavjud:
Birinchisi:
dastlabki 10 ta so‘zingiz juda muhim bo‘lishi kerak. Tashakkur
bildirish hamkorlarning tezroq o‘zaro tushunishini ta’minlaydi va hamkorlikning
samarasini oshiradi. Masalan: “Janob Smit men bilan ertalabdan uchrashishga vaqt
topganingiz uchun sizga katta rahmat.” “Va nihoyat shaxsan o‘zingiz bilan
uchrashishga muyassar bo‘lganimdan bag‘oyat xursandman”. Bu kabi so‘zlar
birinchi uchrashuvda qo‘llaniladi. Lekin bu so‘zlarni boshqacharoq tarzda avval
uchrashgan tanishlaringizga ham qo‘llashingiz mumkin. Masalan; “Uchrashishga
rozi bo‘lganingiz uchun rahmat, ustoz”, “Xilola uchrashuvga taklif qilganiz uchun
rahmat, o‘zim qanday aytishni bilmay yurgandim”. Iloji boricha, gaplashayotganda
dastlabki 10 ta gapda hamkoringizni ismini ayting.
Do'stlaringiz bilan baham: |