Tavsiya qilinadigan adabiyotlar ro'yxati:
1. B.To'xliyev, M.Shamsiyeva, T.Ziyodova. O'zbek tili o'qitish metodikasi. Toshkent,
2006 yil
2. Shukurov R. So'zning morfologik variantlari.T., "Fan", 1990 yil.
3. Bozorov O. Olmoshlarning qo'llanishi. "Til va adabiyot ta'limi" jurnali, 1992 yil, 2-son,
31-36-betlar.
4. Ne'matov X., G'ulomov A., Ziyodova T. O'quvchilarning so'z boyligini oshirish.
Toshkent, 1997 yil.
5. Mirzaqulov T. Grammatika o'qitishning lingvistik asoslari. Toshkent, "O'qituvchi"
nashriyoti, 1994 yil.
6. "Til va adabiyot ta'limi" jurnali, "Ma'rifat" gazetalaridagi til o'qitishga oid ilmiy-
metodik maqolalar.
Mavzuga doir tayanch iboralar:
- so'z turkumlari
- mustaqil ma'noli so'zlar
- yordamchi ma'noli so'zlar
- undov va taqlid so'zlarning tavsifini o'rgatish
- morfologik tahlil o'tkazish usullari
- so'z turkumlarini boshqa fanlarga bog'lash usullari
SINTAKSIS O'QITISH METODIKASI
REJA:
1. Sintaksis o'qitishning maqsad va vazifalari.
2. Sintaksisni morfologiyaga bog'lab o'rgatish.
3. Sintaksisni punktuasiyaga bog'lab o'rgatish.
43
4. Sintaktik tahlil.
Sintaksisning asosiy ob'yekti so'z birikmasi va gapdir. Sintaksis kursi leksikologiya,
fonetika, orfografiya, punktuasiya, nutq o'stirish bilan bog'lanadi.
O'quvchilar sintaksisni o'rganish orqali o'z nutqlarida uchrab turadigan ba'zi nuqsonlarni
tuzata boradilar. Sodda va qo'shma gapni farqlay olish, ularni tahlil eta bilish, tinish belgilarini ham
ishlatishni ongli o'zlashtira oladilar.
O'quvchilar ifodali o'qish san'atini to'la egallash uchun sintaksisni bilishlari shart. Matnda
uchraydigan (gaplarni ohangi) darak gap, so'roq gap, buyruq gap, undov gaplarni o'z ohangi bilan
o'qiy bilsagina, o'quvchi asarning mazmunini, muallifining maqsadini anglay oladi.
1. Demak, sintaksis o'qitishning yetakchi vazifalaridan biri nutqning intonasiyasi
tomonlarini o'rgatishdir. Ko'p xollarda gapning mazmuni, turi, tinish belgilarining qo'yilishi ham
ohang bilan bog'liq bo'lib qoladi.
Masalan,
Bog'imizda anjir-shaftoli pishdi.
Bog'imizda anjir, shaftoli pishdi.
Ohang gap mazmuniga ham ta'sir qiladi.
Bahor keldi. Bahor keldi? Bahor keldi!
2. Sintaksisni o'qitishning yangi vazifalaridan biri o'quvchilarning nutqini o'stirishdir.
3. Yana yetakchi vazifalaridan biri o'quvchilarning stilistik malakalarini takomillashtirishdir.
Masalan,
Kumush qishdan, zumrad bahordan
Qolishmaydi kuzning ziynati.
Bunday matnlarni tahlil qilish jarayonida o'quvchilar badiiy tasvir vositalari, tasviriy
vositalar bilan tanisha boradilar.
4. Sintaksis qoidalari o'quvchilarning fikrlash qobiliyatini, tafakkurini o'stirib beradi. Gap-
fikrni ifoda qilishning yagona shakli. Shuning uchun sintaksis kursini o'qitishda o'quvchilarni fikrini
o'stirish asosiy vazifa sanaladi.
O'quvchilar gap haqidagi qoidalarni o'rgana borib, hodisalar va predmetlar orasidagi aloqani
ham tushuna boradilar.
Sintaksisni morfologiyaga bog'lab o'rgatish
Sintaksis kursi birinchi gapda morfologiya bilan qiyoslab o'rganiladi. So'z turkumlari bilan
gap bo'laklari orasidagi farqni va bog'lanishni tushuntirish sintaksis darslarining asosiy
maqsadlaridandir.
Ba'zi hollarda o'quvchilar tildagi bir dalilni boshqa bir dalil bilan qorishtiradilar.
M: tahlil vaqtida gap bo'laklari bilan so'z turkumlarini, sifat bilan aniqlovchini, ravish bilan
xolni aniq farqlay olmaydilar. Shuning uchun morfologiya va sintaksis bo'yicha mavzular
o'rganishdan oldin bu ikki qismning mazmunini o'quvchilarga atroflicha tushuntirish kerak.
Gap bo'laklarini o'tishda har bir bo'lakning morfologiya tomonidan biror bir mustaqil so'z
turkumi bilan ifodalanishini uqtiriladi. Har bir mustaqil so'z turkumi ham gapda biror bir vazifada
bo'ladi, ammo u matnni xususiyatiga qarab har xil gap bo'lagi vazifasida kela olishi mumkinligini
izohlanadi.
M: "O'tkir" so'zi gapda ega, t-chi, a-chi, xol bo'lib kela oladi.
Gap haqida umumiy ma'lumot berish jarayonida gapning
1) aloqa-aralashuvning eng kichik birligi ekanligiga:
2) nisbiy tugal fikr ifodalanishiga
3) grammatik shakllanganligiga:
4) tugallangan ohang bilan aytilishiga o'quvchilarning e'tiborini tortiladi.
O'qituvchi so'z birikmasidagi tayanch nuqta sanalgan bosh so'z va ergash so'zlarni aniqlash
usullarini o'quvchilarga turli mashqlar orqali tushuntirishi kerak. So'z birikmasidagi bosh so'z va
44
ergash so'zni to'g'ri topolmagan o'quvchi so'zlarning o'zaro bog'lanishini ham anglab ololmaydi.
Shuning uchun mavzu bo'yicha ko'p mashq o'tkazish talab etiladi.
Sintaksisdagi deyarli har bir mavzuni morfologiyaga bog'lab tushuntiriladi.
M: ergash so'zning bosh so'zga bog'lanish usullari haqida gapirganda kelishiklar eslanadi.
Ergash so'zning bosh so'zga qaratqich kelishigi qo'shimchasi yordamida bog'lanishi
moslashuv ekanligi tushuntiriladi. Bu o'rinda qaratqich kelishigining qo'llanmaslik xollar ustida
turli mashqlar o'tkaziladi.
Ergash so'zning ba'zan ko'makchilar vositasida bosh so'zga bog'lanishini ongli o'zlashtira
olmaydi. Shuning uchun o'quvchilarga so'z turkumlari bilan gap bo'laklari orasidagi bog'lanishni
tushuntirish shart.
O'quvchilar eganing ot orqali (Tinchlik-xalqlar orzusi).
Olmosh orqali (U millat taraqqiyotining omili) ifodalanishini oson o'zlashtiradilar. Lekin
eganing ot o'rnida qo'llanadigan so'z turkumlari orqali ham ifodalanishi mumkinligini qunt bilan
tushuntirish kerak.
M: Ko'p o'qigan ko'p bilar. O'qigan o'zar.
Ega uchun ko'p qo'llanadigan so'z turkumi ot sanalsa, kesimni ifodalash uchun eng mos so'z
turkumi fe'ldir. Lekin kesim ham ega kabi boshqa turkumlar bilan ham ifodalanaveradi.
M:
Bizning maqsadimiz-shu (olmosh)
Ikki o'n besh-bir o'ttiz (son)
Ukam-epchil (sifat)
O'quvchilarga sodda va murakkab kesimni tushuntirish uchun, avvalo qo'shma so'z yetakchi
va ko'makchi fe'llar, to'liqsiz fe'lga oid muhim o'rinlarda qaytariladi. O'quvchi murakkab kesimni
o'zlashtirishda bir oz qiynalishi mumkin. Murakkab kesimning mana shu jihatini nazarda tutib,
qiyoslash mashqlariga ko'p e'tibor berish lozim.
Sodda kesim
Murakkab kesim
1. Shoira - o'qituvchi
Shoira o'qituvchi bo'ldi
2. U majlis bo'lishini aytdi. U majlis bo'lishini e'lon qildi.
Gapning 2-darajali bo'laklaridan to'ldiruvchi ko'pincha ot va olmosh orqali ifodalanadi.
Son va sifatlar hamda gapda to'ldiruvchi bo'lib kela oladi. M.:
Yaxshidan ot qoladi.
Bilimli mingni yengar.
To'rt ikkiga qoldiqsiz bo'linadi.
Albatta, vositali va vositasiz to'ldiruvchilar o'tilayotganda o'timli va o'timsiz fe'llar eslanadi.
Aniqlovchi o'rgatilayotganda esa moslashuv va bitishuv eslanadi.
Sifatlovchi aniqlovchining asosan, sifat, sifatdosh, son, olmosh orqali ifodalanishi misollar
bilan izohlanadi.
"Xol" mavzusi o'tilayotganda yana morfologiyaga murojaat qilinadi. Uyushiq bo'laklarda
son, egalik, kelishik qo'shimchalarining qo'llanishiga oid maxsus mashqlar ishlanadi.
"Undalma" mavzusi ham ot turkumiga va undovlarga bog'lab tushuntiriladi.
Kirish so'zlarni tushuntirish modal so'zlarga murojaat etiladi.
Sintaksisni punktuasiyaga bog'lab o'rgatish
Ma'lumki, punktuasiya tinish belgilarini qo'yish haqidagi qoidalar yig'indisi bo'lib, u fikrni
yozuv orqali ifodalashga va boshqalarning fikrini to'g'ri anglashga yordam beradi. O'quvchilarga
punktuasiya o'rgatish eng murakkab soha sanaladi. Bu ish maktabda sintaksis kursini o'qitish bilan
birgalikda olib boriladi. Sintaksisga oid temalarning deyarlik hammasi punktuasiyaga bog'lab
o'tiladi.
M. gaplarning maqsadiga ko'ra turlari.
45
Yoki:
Ona-bog'bon niholini toptirar kamol.
Ona, bog'bon niholini toptirar kamol.
Ona, bog'bon, niholini toptirar kamol.
O'tkaziladigan yozma mashqlar davomida gap ichidagi va gap oxiridagi tinish belgilarining
gap ohangiga mos kelishi zarurligini o'qituvchi tomonidan izohlab boriladi.
Ko'proq tinish belgilari tushirib qoldirilgan matnlarni ko'chirib yozish vazifa qilib beriladi.
Gapning tuzilish jihatdan turlar-sodda va qo'shma gaplar ham punktuasiyaga bog'lanadi.
Matndagi gaplarni ham mazmuniga, ham ohangiga, ham tinish belgilariga qarab turlarga ajratish
mashq qilinadi.
To'liksiz gaplarda ifodalanishi zarur bo'lgan bo'lak uslub bilan nutqda qo'llanmaydi. Shuning
uchun to'liksiz gaplar ustida ishlaganda o'quvchilar e'tiborini ko'proq amaliy mashqlarga tortish
zarur.
M.: - Musobakada kim g'olib chikdi ?
- Olim.
Uyushiq bo'laklarni to'g'ri tushuntirish davomida o'quvchilarning punktuasion malakasi ham
rivojlana boradi. Uyushiq bo'laklar ustida ishlaganda o'quvchilarning ohangga ravon qilib, sanash
ohangi bilan o'qishlarini kuzatish kerak. Chunki bunday gaplarning tinish belgilari ko'p jihatdan
intonasiyaga bog'lanadi.
Ayniqsa uyushgan aniqlovchi va uyushmagan aniqlovchi ham punktuasiyaga bog'lab
tushuntiriladi.
M.: U katta ko'k darvoza oldida to'xtadi.
Umumlashtiruvchi so'zlar ishtirok etgan uyushiq bo'lakli gaplar va ularda ishlatiladigan
tinish belgilarga alohida to'xtalinadi.
M.: Olma, o'rik, shaftoli-hamma mevalar gulladi.
Gapning ajratilgan 2-darajali bo'laklari haqida gapirganda ham punktuasiyaga murojaat
qilinadi.
M.: Tevarak-atrofdagi olamni-tabiat va jamiyatni ko'p fanlar o'rgatadi.
O'quvchi har bir gapni, ayniqsa, gapning ajratilgan bo'laklarini tegishli ohang bilan ayta
olish, undagi tinish belgilarini to'g'ri izohlay bilishi kerak.
U, Alisher, yoshligidanoq ilmga beriladi.
Undalmalarning gapdagi o'rni, ohangi va tinish belgilariga alohida to'xtalinadi.
Undalmaning gapdagi 3 ko'rinishi qiyosiy mashqlar yordamida taqqoslanadi.
M.: Ota, bu singlim,-dedi Yo'lchi.
............................
. . . . . . . . . . . . . .
Undalma gapning egasiga o'xshab ketadi. Shuning uchun o'quvchilar ko'pincha ularni
farqlolmay qoladilar.
"Kirish so'zlar" mavzusi ham punktuasyaga albatta, bog'lanadi.
M.: Menimcha, hamma gap o'qitishda va mehnatda.
Qo'shma gaplar haqida o'quvchilarda tushuncha hosil qilishda uning mazmuniga, ohangiga
e'tibor qilish bilan birga tinish belgilariga ham ahamiyat berish zarurligi uqtiriladi. Bog'langan
qo'shma gaplardagi tinish belgilar, ayniqsa, yuklamalar vositasida bog'lanishiga alohida to'xtalinadi.
M.: Tuman tarqaldi-yu, quyosh nur sochdi.
Bog'lovchisiz qo'shma gaplarda qo'llanadigan har xil tinish belgilar yuzasidan ko'proq
mashqlar qilish o'quvchilarning savodxonligini yaxshilaydi.
Bog'lovchisiz qo'shma gaplar ko'proq ohang bilan aloqador bo'ladi. Shuning uchun bu
mavzuni o'tishda intonasiya bilan punktuasiyaning munosabatini qiyoslash kerak.
46
M.:
Suv keldi, nur keldi. (sanash)
Suv keldi-nur keldi. (payt yoki o'xshatish)
Nuqtali vergul bilan ajratilgan bog'lovchisiz qo'shma gaplarda birinchi gapdan so'ng ovoz
pasayadi, sodda gaplar orasida bir oz to'xtalish bo'ladi.
M.: Ko'kda quyosh olov purkaydi, go'yo jimir-jimir tangachalar yog'iladi; oyoq ostida asfalt
cho'g'day yonadi.
Ko'chirma va o'zlashtirma gaplar hamda ularning tinish belgilari haqidagi ma'lumot
o'quvchilarning og'zaki va yozma nutqini boyitadi.
Ko'chirma gaplarni mustahkam o'zlashtirish mashqlari tinish belgilari bilan chambarchas
bog'liqdir.
Ko'chirma gapni o'zlashtirma gapga aylantirish, muallif gapini ko'chirma gapning turli
o'rinlarida keltirish va tinish belgilarida yuz bergan o'zlashtirishlarni kuzatishga oid mashqlar
o'tkazish tavsiya etiladi.
Demak, tinish belgilarning o'ziga xos xususiyatini, ya'ni vergulning-gapdagi uyushiq
bo'laklarni bir-biridan ajratish uchun; kirish so'z va kirish gaplarni, undalma, undov so'zlarni
ajratish, gapning ajratilgan bo'lagini ko'rsatish, qo'shma gap qismlarini bir-biridan ajratish uchun
qo'yilishi yozma mashqlar bajartirish jarayonida mustahkam tushuntira beriladi.
Sintaktik tahlil o'tkazish usullari
Tahlil o'quvchining mavzuni nahariy tomondan qay darajada o'zlashtirganini ko'rsatuvchi
omillardan biridir. Shu sababli o'qituvchi o'quvchilardagi bilim-malakalarni aniqlashda bu usulga
ham katta e'tibor qilishi zarur sanaladi.
So'z birikmasini sintaktik tahlil qilishda quyidagi jihatlarga e'tibor qilinadi:
1. So'z birikmasini ko'rsatish.
2. So'z birikmasining tuzilishini tushuntirish:
a) bosh so'zni va ergash so'zni aniqlash;
b) Bosh so'z va ergash so'z qaysi so'z turkumi bilan ifodalanganligini;
v) bosh so'z bilan ergash so'zning birikish turi.
3. So'z birikmasining grammatik ma'nosi.
Ikki bosh bo'lakli gapni shunday tartibda sintaktik tahlil qilinadi:
1. Gapning maqsadiga ko'ra turi.
2. His-hayajon gap. (His-hayajon gapni tahlil qilgandagina aytiladi)
3. Ikki bosh bo'lakli gap, bir bosh bo'lakli gap.
4. Yoyiq sodda gap, yig'iq sodda gap.
5. Grammatik asosini topish.
6. Avval bosh bo'laklar, keyin 2-darajali bo'laklarning har biri haqida quyidagilar
ko'rsatiladi:
a) qaysi so'roqka javob bo'ladi?
b) gapning qaysi bo'lagi?
v) nima bilan ifodalangan?
g) gapning qaysi bo'lagi bilan bog'langan?
7. Ega guruhi, kesim guruhi.
Bir bosh bo'lakli gapni sintaktik tahlil qilish tartibi shunday bo'ladi:
1. Ikki bosh bo'lakli gap yoki bir bosh bo'lakli gap.
2. Bir bosh bo'lakli gapning turi.
3. Gapning maqsadiga ko'ra turi.
4. His-hayajon gap (his-hayajon gap tahlil qilingandagina aytiladi)
5. Yig'iq sodda gap yoki yoyiq sodda gap.
47
6. Bosh bo'lagi: so'rog'i, ifodalanishi.
7. 2-darajali bo'laklari: so'rog'i, turi, ifodalanishi.
Bog'langan qo'shma gapni tahlil qilganda quyidagilarga e'tibor qilinadi:
1. Gapning tuzilish jihatdan turi.
2. Qo'shma gapning turi:
a) bog'langan qo'shma gap;
B) ergashgan qo'shma gap.
3. Bog'langan qo'shma gapning bog'lovchili va bog'lovchisiz ekanligi.
4. Bog'langan qo'shma gapning mazmun munosabatiga ko'ra turi:
a) biriktiruv munosabatli bog'langan qo'shma gap;
b) zidlov munosabatli bog'langan qo'shma gap;
v) ayiruv munosabatli bog'langan qo'shma gap;
5. Bog'langan qo'shma gapda yuklamalarning teng bog'lovchi vazifasida qo'llanadi.
6. Bog'langan qo'shma gapda sodda gaplarni sanash, zidlash, ayirish ohangi bilan aytilishi.
Ergashgan qo'shma gapni sintaktik tahlil qilish tartibi shunday:
1. Gapning tuzilish jihatidan turi.
2. Qo'shma gapning turi.
3. Sodda gapning soni.
4. Bosh va ergash gap.
5. Ergash gapning bosh gapga bog'lanishi:
a) ergashtiruvchi bog'lovchilar;
b) ergashtiruv bog'lovchi vazifasidagi so'zlar;
v) fe'l shakllari;
6. Ergash gapning turi.
Demak, yuqoridagidek tartibda tahlil malakasiga ega bo'lgan o'quvchi so'zlarning o'zaro
bog'lanishini fikr qilib topadi va gap bo'laklarini to'g'ri aniqlaydi. Sintaksisni to'g'ri o'qitish
jarayonida o'quvchilarning nutq malakalari ham osha beradi.
Tavsiya qilinadigan adabiyotlar ro'yxati:
1. Nurmonov A., Mahmudov A., Solixo'jayeva S. O'zbek tilining mazmuniy sintaksisi. T.,
"Fan",1992 yil.
2. Omilxonova M. Ona tili sintaksisini o'rganish. Toshkent, "O'qituvchi" nashriyoti, 1992
yil.
3. Jo'rayev X. Vositali to'ldiruvchidan xolning farqli tomonlari. "Til va ad. ta'limi", 1992
y., 3-4-qo'shma s. 42-46-b.
4. Iminov M. To'ldiruvchini o'rganish. "Til va adabiyot ta'limi", 1994 yil, 1-son, 36-38-
betlar.
5. B.To'xliyev, M.Shamsiyeva, T.Ziyodova. O'zbek tili o'qitish metodikasi. Toshkent,
2006 yil
6. K.Usmonova. Uy vazifasi-dolzarb muammo. «Til va adabiyot ta'limi» jurnali, 2007 yil,
2-son, 77-80-betlar.
7. M.Ahmedova. O'zbek tilini o'qitishda kompyuterdan foydalanish. «Til va adabiyot
ta'limi» jurnali, 2006 yil, 2-son, 73-75-betlar.
8. M.Toshturdiyeva. 5-sinf o'quvchilariga tasviriy ifodalash vositalarini o'rgatish
tajribasidan. «Til va adabiyot ta'limi» jurnali, 2006 yil, 3-son, 14-19-betlar.
Mavzuga doir tayanch iboralar:
48
- sintaksis o'qitish maqsadi
- sintaksis o'qitish vazifalari
- sintaksisni morfologiyaga bog'lash
- sintaksisni punktuasiyaga bog'lash
- sintaktik tahlil
- sintaktik o'yinlar
ORFOGRAFIYA O'QITISH METODIKASI
Reja:
1. Orfografiya o'qitishning ta'limiy-tarbiyaviy ahamiyati. Orfografik omillar.
2. O'zbek orfografiyasining asosiy prinsiplari.
3. Orfografik qoidalar.
4. Orfografiya o'qitish metodlari.
5. Orfografiya o'qitishda misollar toptirish.
6. Orfografiya o'qitishda ijodiy ishlar.
7. Orfografiya o'qitishda kartochkalardan foydalanish.
8. Orfografik xatoning vujudga kelishi va uning oldini olish.
9. Xulosa.
Orfografiya fikrni yozuv orqali to'g'ri ifodalash uchun qabul qilingan qoidalar sistemasi
bo'lib, u fikrning yozuvchi uchun ham, o'quvchi uchun ham bir xil anglashilishini ta'minlaydi.
Orfografiya qoidalari o'zbek tilining fonetik va grammatik qurilishi bilan bog'liq, binobarin,
orfografiyani bilim uchun o'quvchilar tilning fonetik va grammatik qurilishini puxta egallashlari
lozim.
O'quvchilarni to'g'ri yozishga o'rgatish lug'at ustida ishlash, ularning nutqini o'stirish bilan
uzviy bog'liqdir. Orfografik normalarni egallash savodxonlikni oshirishda muhim omillardan
hisoblanadi.
Shuning uchun ham maktabda orfografiya o'qitish o'quvchilarga to'g'ri talaffuz qilish
normalarini o'rgatish bilan olib boriladi, lekin ayrim so'z yoki formalar bir xil talaffuz qilinadi-yu
(ketti), boshqacha (ketdi) yoziladi. O'qitish jarayonida bu masalaga ham jiddiy e'tibor berish lozim.
Orfografiya o'qitishda eshituv muhim rol uynaydi. Lekin eshitganiga qarab yozaverish
doimo to'g'ri bo'lavermaydi.
Orfografik malaka hosil qilishda eshituv, ko'ruv, mantiqiy fikrlash, xotira, ziyraklik kabi
omillar muhim rol uynaydi.
O'zbek orfografiyasi, asosan, morfologik prinsip asosida tuzilgan. Bu prinsip so'zning
morfologik qurilishidan kelib chiqib, o'zak, negiz, qo'shimchalarni aslicha yozishni taqozo qiladi.
Morfologik prinsip o'quvchilarni savodli yozishga o'rgatishda, ayniqsa, yozilish bilan
aytilishi farq qiladigan so'zlarning imlosini tekshirishda katta rol o'ynaydi. Masalan, o'quvchilar
ko'p hollarda o'qibsan, o'qibdi kabi fe'llarda shaxs qo'shimchalarida avval kelgan -b undoshi o'rniga
talaffuzga qarab -p, uchinchi shaxs qo'shimchasi -di o'rniga -ti yozadilar. Bunday hollarda
o'qituvchi morfologik prinsipga asoslanib, -b]di formalarining qanday aytilishiga qarab, aslicha
yozilishini ta'kidlaydi.
O'zbek orfografiyasida fonetik prinsipga, ya'ni talaffuzga asoslangan yozuv qoidalari ham
bor.
Orfografiya o'qitish imloning ana shu prinsiplari asosida olib boriladi. Fonetik prinsipga
asoslangan qoidalar talaffuzga e'tibor berishni taqazo etadi. Morfologik prinsipga asoslangan
qoidalar o'zak-qo'shimchalar va ularning formalarini nazarda tutadi.
Chet tillardan kirgan so'zlar grafik prinsip asosida yoziladi:t zveno, brigadir, felyeton kabi.
49
To'g'ri yozish qoidalari sistemasiga ko'chirma so'zlarning yoki ayrim yozilishi ham kiradi.
Qo'shma so'z qismlarining ayrim yozilishi uning talaffuziga bog'liq emas. Og'zaki nutqimizda
so'zlar chegarasi ba'zi hollardagina pauzaga to'g'ri keladi.
O'quvchilarda mustahkam orfografik malakalarni hosil qilish muayyan bir sistema va uzoq
vaqt ishlashni talab qiladi. Orfografik mashg'ulotlarni uyushtirishda o'quvchilar imlo qoidalarini
ongli bilishdan tashqari, bu bilimlarni malakaga aylantira olishlariga e'tibor berilishi kerak.
Orfografik mashg'ulotlar quyidagilarni o'z ichiga oladi:
1. so'z va formalarning yozilishini kuzatish, qiyoslash va analiz qilish;
2. orfografik qoidalarni o'zlashtirish;
3. bu qoidalarni yozuvda tadbiq qilish bo'yicha mashqlar olib borish.
Orfografik mashg'ulotlardan unumli foydalanish uchun har bir sinfda imlo bo'yicha berilishi
lozim bo'lgan bilimlar hajmini aniq belgilab olish lozim, orfografik xatoning yo'l qo'yilishi mumkin
emasligini aniqlashdan tashqari, o'quvchi savodxonligini baholashda bunday xatolarning qaysi
sinfda e'tiborga olish qaysi sinfda e'tiborga olmaslikni aniqlab olish ham muhim ahamiyatga egadir.
Bu o'rinda orfografiya minimum nazarda tutiladi.
O'quvchilarda orfografik malaka quyidagi prinsiplar asosida hosil qilinadi:
1) orfografiyani ongli o'qitish;
2) orfografiya o'qitishni o'quvchining umumiy rivojlanishi bilan, jumladan, nutq
madaniyatini o'stirish bilan bog'lab olib borish;
3) yozma va og'zaki nutq mashg'ulotlarini bir - biriga moslab olib borish;
4) o'quvchilarning mustaqil ishlashi;
5) orfografik qoidalarni o'zlashtirishda qabul qilingan usullarning bir-biri bilan uzviy bog'liq
bo'lishi.
Orfografiya o'qitish samarasi, dastavval, imlo qoidalarini ongli o'zlashtirishga bog'liq.
Buning uchun:
a) qoidalar ixcham, sodda, tushunarli, aniq bo'lishi kerak;
b) agar qoida murakkab bo'lsa, uning har bir turini alohida-alohida tushuntirish lozim;
v) qoidani o'quvchilar qanchalik esda qoldirganliklarini tekshirish kifoya qilmaydi.
Savod o'rgatishning maqsadga muvofiq sistemasini tuzish juda qiyin va murakkab
protsessdir. Bu o'quvchilar o'zlashtirilishi lozim bo'lgan bilim hajmining kengligi va ularning
o'zlashuv darajasining har xilligi bilan izohlanadi.
Metodik tomondan qaysi usulni qo'llash afzalligini quyidagi holatlarga bog'liq:
1) metod va mashqning berilayotgan bilim-materialga mos bo'lishi;
2) o'quvchilarning berilayotgan bilim - materialni qabul qila olishga tayyorligi;
3) yozma ishlar uchun tanlangan tekst mazmun jihatidan ham, o'tilayotgan orfogramma
boyligi jihatidan ham talabga javob berishi kerak;
4) orfografiya o'qitish metodi yoki mashqlar imloni ongli o'zlashtirishni ta'min etsin;
5) mashq o'quvchilarning mustaqil ishlash malakasiga mos bo'lishi kerak;
6) orfografiya o'qitish metodi va mashqlar izchil bulsin;
7) yozma mashqlardan oldin og'zaki mashqlar ham o'tkazilishi lozim;
8) orfografiya o'qitishning barcha metodlari bir umumiy sistemani tashkil qilishi kerak.
To'g'ri yozishga o'rgatishda yozma mashqlar bilan og'zaki mashqlarning mutanosibligiga
erishish lozim.
Orfografiya o'qitish uchun tanlangan tekstlarning hajmi ham bir sinfga mos bo'lishi shart.
Mashq tekstlari quyidagicha vaqtga mo'ljallab beriladi: 4-5-6 sinflar uchun 20-25 minut, 7-8
sinflar uchun 25-30 minut. Bu albatta, shartlidir. Mashqning turiga yoki sinfning tayyorgarligiga
qarab, bu o'zgarishi ham mumkin.
50
Orfografiya o'qitishda imlo lug'ati daftari ham katta ahamiyat kasb etadi. Lug'atga
o'quvchilarning o'z yozma ishlarida xato yozgan so'zlari hamda darslik, qo'llanma, badiiy asar va
boshqa manbalarda uchragan imlosi qiyin so'zlar kiritiladi. Lug'at daftar 4-sinfdan boshlangan
bo'lsa, 10-sinfgacha saqlanadi.
O'zbek tiliga davlat maqomining berilishi, 1989 yil 21 oktabrda orfografiya masalalarini
qayta ko'rib chiqishni talab qildi. Jumhuriyatimizda 1993 yil 2 oktabrda "Lotin yozuviga asoslangan
o'zbek alifbosini joriy etish to'g'risida" qonun qabul qilinib, turli muassasalar, umumta'lim
maktablari, Oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarida dars sifatida o'tilishi harflar bilan tasdiqlanadi.
Ta'lim tuzilishining barcha bosqichlarida darsdan tashqari o'tiladigan fakultativ mashg'ulotlar
mavzu doirasi aynan lotin alifbosining orfografik prinsiplarini o'rgatishga borib taqaladi.
O'rganilgan qoidaga misollar toptirish o'quvchilarning orfografiyaga oid bilimlarini
mustahkamlaydi. Masalan, qo'shma so'zlarning yozilishi o'tilganda, uni mustahkamlash uchun
qo'shilib hamda ayrim yoziladigan qo'shma so'zlar toptiriladi. Ba'zan bularni gap ichida keltirish
qo'shimcha vazifa qilib beriladi.
O'quvchilarning individual stilini silliqlash, aqliy faoliyatini, tafakkurini o'stirishda bayon va
inshoning roli kattadir.
Bayon. Bayon o'tkazish uchun o'qituvchi 3-4 kun oldin tayyorgarlik ko'radi: bu haqida
o'quvchilarni 1-2 kun oldin ogohlantiriladi, tegishli qoidalar o'qib kelishni topshiradi.
Bayon quyidagicha o'tkaziladi; o'qituvchi matnni bir marta o'qib, planni doskaga yozadi.
O'quvchilar ko'chirib yozgandan so'ng, 1-2 o'quvchiga mazmuni so'zlatiladi. Mustahkamlanishi
lozim bo'lgan orfogramma ajratiladi, uning imlosi izohlanadi. Ajratilgan orfogramma bayonda
saqlanishi shart. O'quvchi tekst mazmunini so'zlayotganda, uning talaffuziga ham e'tibor beriladi.
Keyin o'qituvchi tekst mazmunini reja asosida so'zlab beradi. Imlosi qiyin so'zlarni doskaga yozib
quyishi ham mumkin.
Insho. Ona tili darslarida o'tkaziladigan insho o'quvchi nutqini o'stirish, savodxonligini
oshirish bilan bog'liq holda olib boriladi.
Maktablarda ko'proq ekskursiya, kino va sayohatdagi kuzatishlar asosida insho yoziladi.
Bular uchun quyidagicha reja tuzish mumkin:
1. Qachon ekskursiyaga borildi?
2. Ob-havo qanday edi?
3. Gullarning qanday turlarini ko'rdingiz?
4. Ularning qaysi biri sizga ko'proq yoqdi?
5. Bog'da qanday daraxtlar bor ekan?
Orfografiya o'qitishda maxsus tuzilgan kartochkalardan ham foydalaniladi. Har qaysi
kartochkada imlosi mustahkamlanadigan orfogrammali so'z, so'z birikmasi yoki gap yozilgan
bo'ladi. O'quvchilar topshiriqni mustaqil bajaradilar.
Namunalar.
1. Tushirilgan harf o'rniga qavs ichidagi harflardan mosini qo'ying:
javo(p-b), ozo(t-d), far(k-q), ingli(s-z)
2. Tushirilgan harflarni qo'ying:
...ayvand, da..tar, vazi.a, a..zab
Mustahkamlanayotgan orfogramma xarakteriga qarab, kartochkalardan topshiriqlar har xil
bo'ladi.
Kartochkalar bilan ishlash individual xarakterda bo'lishi ham mumkin: qaysi o'quvchi
kartochka tayyorlanadi.
Orfografik xatolarning vujudga kelishi umumiy xarakterdagi sababiga ko'ra quyidagilar
kiradi:
51
a) yagona-orfografik-punktuasion rejimning joriy qilinmaganligi, joriy qilingan bo'lsa ham,
undan keng foydalanmaslik;
b) savodxonligi yetarli bo'lmagan o'quvchilarni yuqori sinfga ko'chirish;
v) sinf o'quvchilarining savodxonlik darajasi har xil bo'lishi;
g) o'quvchilarni turli fanlar bo'yicha topshiriqlar bo'yicha band qilib qo'yish;
d) orfografiya sistemasi bilan bog'liq bo'lgan sabablar;
Ma'lumki, o'zbek orfografiyasi fonetik, morfologik, grammatik, tarixiy-tradision prinsiplar
asosida tuzilgan. O'quvchilar bu prinsiplarni ba'zan aralashtirib yuboradilar. Masalan, ayrim
so'zlarni talaffuzga ko'ra yozadilar (kelibdi-kelipti).
O'qituvchining dars berish metodikasiga oid sababiga ko'ra:
a) orfografiya o'qitishda yagona sistema va izchillikning bo'lmasligi;
b) orfografiya o'qitish metod va usullarini to'g'ri tanlay bilmaslik uni murakkablashtira
borish prinsipiga yetarli e'tibor bermaslik;
v) orfografiya o'qitish metodlarining barchasidan o'rinli va yetarli foydalanmaslik, orfografik
ma'lumotlarning bir xilligi;
g) orfografiya o'qitishda turli psixologik faktorlarning roliga ortiqcha baho berish, onglilik
prinsipini kamsitish
d) o'qituvchi ayrim so'zlarni yozishda imlo xatolariga yo'l qo'yadi;
ye) tanlangan mashqlarning o'quvchilar saviyasiga mos kelmasligi;
yo) qoidani sodda va ixcham qilib tushuntirmaslik va x.
Orfografiya o'qitishni sistemasi butunicha imlo xatolarining oldini olishga qaratilgan.
Yozilish qoida bilan izohlanadigan orfogrammalarda bo'ladigan xatolarning oldini olish uchun
bunday so'zlarni doskaga yozib, ularning yozilishiga o'quvchilarning diqqatini jalb qilinadi.
Masalan, f(f) tovushining yozilishida xato bo'lmasligi uchun, o'qituvchi f(f) va p(r) tovushli
so'zlarni doskaga yozib, ularning imlosini esda saqlab qolish kerakligini ogohlantiradi.
Xatolarning oldini olishda jadvaldan ham foydalanish mumkin.
O'quvchilar xato bo'lmaydigan bo'lgunga qadar sinfda osig'lik turishi mumkin:
1. Jarangli undoshlarning yozilish:
javob, serob, ozod, obod.
2. p(r)-f(f) undoshlarining yozilishi:
payvand, paydo, afsus, foyda.
Xatolarning oldini olishda "Lug'at doskasi"dan ham keng foydalanish mumkin.
Demak, xulosa qilib aytsak, orfografiya o'qitish metodikasi o'quvchilarni to'g'ri yozish, lug'at
ustida ishlash, savodxonligini o'stirishda katta ahamiyatga ega ekan.
Biz bo'lg'uvchi pedagoglar orfografik xatolarning oldini olishimiz va o'z bilimimizni
o'quvchilarga yetkazmog'imiz zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |