O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana25.02.2020
Hajmi0,53 Mb.
#40674
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ona tili va adabiyot oqitish metodikasi


 

 

Tavsiya qilinadigan adabiyotlar ro'yxati: 

1.  Karimov  I.A. Ma'naviy qadriyatlar va milliy o'zlikni anglashning tiklanishi. "Ma'naviy 

yuksalish yo'lida" kitobida, Toshkent, "O'zbekiston",1998, 5 - 10 - betlar. 

2.  O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  "Umumiy  o'rta  ta'limning  davlat 

ta'lim  standartlarini  tasdiqlash  to'g'risida"gi  karori,  "Ta'lim  taraqqiyoti"  axborotnoma-

sining 1 - maxsus soni, "Sharq", 1999, 3 - 5 - betlar. 

3.  Abdullayev  Y.,Safarova  P.,  Sayfullayev  A.,  Yo'ldoshev  R.  Ona  tili,  "UO'T  DTS  va 

o'quv  dasturi"  kitobida.  "Ta'lim  taraqqiyoti"  axborotnomasining  1  -  maxsus  soni, 

"Sharq", 1999, 46-54 - betlar. 

4.  Ne'matov  H.,  G'ulomov  A.,  Mahmudov  N.,  Qodirov  M.,  Abdurahimova  M.  Ona  tili. 

Umumiy  o'rta  ta'lim  o'quv  dasturi.  "UO'T  DTS  va  o'quv  dasturi"  kitobida.  Toshkent, 

"Sharq" 1999, 55 - 138 - betlar. 

5.  Jumaxo'jayev A. Istiqlol va ona tilimiz, Toshkent, "Sharq", 1998. 

6.  O'zbek  maktablarida  ona  tili  o'qitish  konsepsiyasi.  "Til  va  adabiyot  ta'limi"  jurnali, 

1994, 1 - 2 - sonlari. 

7.  G'ulomov A., Ne'matov H. Ona tili ta'liminingmazmuni. Toshkent, "O'qituvchi", 1995. 

8.  B.To'xliyev,  M.Shamsiyeva,  T.Ziyodova.  O'zbek  tili  o'qitish  metodikasi.  Toshkent, 

2006 yil 

 

Mavzuga doir tayanch iboralar: 

  Tashkiliy qism  



 

  

 



 

 



  O'tilgan mavzuni so`rash    

 

 



  O'tilgan mavzuni yakunlash  

 



  Yangi mavzu  



 

 

 



 

  Yangi mavzuni mustahkamlash    



 

  Vazifa berish 



 

 

  



 

 

 



 

DARS TIPLARI 

 

REJA: 

 

1.  Har bir darsning o'z oldiga maqsad qo'yishi va shunga ko'ra uning ko'rinishlari. 



2.  Yangi materialni bayon qilish va mustahkamlashga asoslangan darslar. 

3.  Avval o'rganilgan bilimlarni takrorlash va malaka hosil qilishni ko'zda tutgan darslar. 



 

26 


4.  Egallangan bilim va malakalarni sinash-tekshirishni ko'zda tutgan darslar. 

5.  Olingan bilimlarni umumlashtirish-sistemalashtirishni ko'zda tutgan darslar. 



1. Har bir darsning o'z oldiga maqsad qo'yishi va shunga ko'ra uning ko'rinishlari. 

Dars  o'quv-tarbiya  ishlarini  tashkil  qilishda  yetakchi  shakl  hisoblanadi.  Ona  tili 

mashg'ulotlarini  to'g'ri  tashkil  etish,  dars  uchun  ajratilgan  vaqtdan  unumli  foydalanish  darslarning 

samaradorligini  oshirishda  muhim  omillardandir.  Dars  ijodiy  jarayon.  Darslarda  o'quvchilarning 

ijodiy  faoliyatini  qancha  taraqqiy  ettirilsa,  ular  o'z  oldiga  qo'yilgan  aqliy  vazifalarni  shuncha 

qiynalmasdan bajaradilar. 

Ta'lim jarayonida maqsadning turli ko'rinishlari qo'llaniladi. Ya'ni darsning ta'limiy maqsadi, 

tarbiyaviy maqsadi. 



2. Yangi materialni bayon qilish va mustahkamlashni ko'zda tutgan darslar.  

Keyingi  paytlarda  dars  va  uning  tashkiliy  tuzilishlarida  katta  o'zgarishlar  yuz  berdi.  Juda 

ko'p  olimlar,  metodistlar,  ilg'or  o'qituvchilar  mahalliy  va  markaziy  matbuot  sahifalarida  dars 

ko'rilishini  takomillashtirish,  ta'limda  o'quvchilarning  ijodiy  faolligini  oshirish  to'g'risidagi  g'oyat 

qimmatli  fikrlarini  bildirmoqdalar.  Ochil  Roziqovning  "Dars  tiplari"  kitobida  muallif  o'zining 

kuzatishlari asosida  darslarni  tashkil  etishning  turlicha  usullarini  ko'rsatadi."O'qituvchi"  nashriyoti 

tomonidan chop etilgan bu kitobda dars tiplarini to'rt turga bo'linadi. Bular: 

1. Yangi materialni o'rgatish va mustahkamlash darslari. 

2. O'tganlarni takrorlash va malaka hosil qilish darslari. 

3. Bilim va malakalarni tekshirish darslari. 

4. Bilim va malakalarni sistemalashtirish darslari. 

Yangi bilimlarni o'rgatishda tilga oid nazariyalar, asosan, ikki xil yo'l bilan o'rgatiladi: 

a) yangi bilimlarni deduktiv yo'l bilan o'rgatish; 

b) yangi bilimlarni induktiv yo'l bilan o'rgatish; 

Yangi bilimlarni bayon qilishda o'tgan darslarga taqqoslash usuli ham qo'llaniladi.  

 Yangi  materialni  o'rgatish  va  mustahkamlash  ko'p  jihatdan  o'qitish  metodlaridan  samarali 

foydalanishga ham bog'liqdir. Yangi bilimlarni o'rgatish metodlari uch guruhga ajraladi: 

a) bayon qilish metodi; 

b) suhbat metodi; 

v) mustaqil ishlash metodi. 

Yangi  o'quv  material  suhbat  metodida  o'rgatilganda,  o'qituvchi  va  o'quvchi  bir  necha 

bosqichlarni bosib o'tadi. 

1-bosqich:  o'qituvchi  kuzatish  uchun  mavzuga  oid  aniq  dalillarni  beradi,  o'quvchi  uni 

kuzatadi. 

2-bosqich:  o'qituvchi  bolalar  kuzatgan  materialni  chog'lashtirishni  buyuradi,  o'quvchilar 

qiyoslaydilar. 

3-bosqich:  chog'lashtirish  orqali  savollarga  javob  izlash  aytiladi,  o'quvchi  savolga  javob 

izlaydi. 

4-bosqich: savollarga javob talab qilinadi, o'quvchilar javob qaytaradilar. 

5-bosqich: juz'iy xulosalarni sintezlash buyuriladi, bolalar umumiy xulosalar chiqaradilar. 

6-bosqich:  xulosalarni  darslikdagi  qoidalarga  taqqoslashni  buyuriladi,  bolalar  taqqoslash 

orqali o'zlari chiqargan xulosaning yutuq va kamchiliklarini anglaydilar. 

7-bosqich:  o'qituvchi  bolalar  chiqargan  xulosani  to'ldiradi,  o'quvchilar  o'qituvchi  nutqini 

tinglaydilar. 

8-bosqich:  o'qituvchi  o'rganilgan  qoidaning  amaliy  qo'llanilishini  o'rganishga  undaydi, 

o'quvchilar turli topshiriqlarni bajarish yo'li bilan o'rganilgan u qoidani mustahkamlaydilar. 

Bayon qilish metodi suhbat metodiga nisbatan boshqacha ko'rinishga ega bo'ladi. 

1-bosqich: o'qituvchi kuzatish uchun material beradi, bolalar uni kuzatishadi. 



 

27 


2-bosqich:  kuzatilgan  dalillarni  tahlil  qila  turib,  qoidalarni  tushuntiriladi,  bolalar 

tinglaydilar. 

3-bosqich:  o'rganilgan  materialning  puxtaligini  bilish  uchun  savollar  beriladi,  o'quvchilar 

javob qaytaradilar. 

4-bosqich: o'qituvchi mavzu yuzasidan xulosa chiqaradi, bolalar tinglashadi. 

5-bosqich:  o'qituvchi  topshiriqlar  beradi,  bolalar  topshiriqni  bajarish  yo'li  bilan  mavzuni 

mustahkamlaydi. 

Mustaqil ishlash metodining ham uziga xos bosqichlari mavjud: 

a) o'quvchilarni qo'yilgan masalani o'rganishga tayyorlash; 

b) darslik va boshqa o'quv qo'llanmalari ustida ishlash uchun yo'llanma berish; 

v) mustaqil ishlash; 

g) bajarilgan ish ustida suhbat o'tkazish; 

d) yakuniy xulosa chiqarish; 

ye) o'rganilgan qoidalarni amaliy qo'llash ustida ishlash. 



3.  Avval  o'rganilgan  bilimlarni  takrorlash  va  malaka  hosil  qilishni  ko'zda  tutgan 

darslar. 

Ona tili darslarining puxta chiqishi o'qituvchining takrorlash darslarini to'g'ri tashkil qilishga 

bog'liq.  Bunday  darslarda  o'quvchi  oldin  o'rganilgan  nazariy  bilimlarga,  grammatik-orfografik 

qoidalarga takroriy kaytadi. 

Takrorlash maqsadiga ko'ra olti xil bo'ladi: 

1. O'quv  yili boshidagi takrorlash o'quvchilarning oldingi o'quv  yilida o'rganilgan bilimlari 

asosida tashkil etiladi. Bu xil takrorlash orqali oldingi sinflarda o'rganilgan bilimlar esga tushiriladi. 

Yangi  dasturlarda  takrorlash  uchun  maxsus  o'quv  soatlari  ajratilgan,  darsliklarga  esa  takrorlash 

uchun maxsus mashqlar kiritilgan. 

2.  O'quv  yili  oxiridagi  yakuniy  takrorlash.  Bu  xil  takrorlash  vositasida  o'quvchilarning 

bilimlaridagi nuqsonlar tugatiladi, mavzular yuzasidan umumiy va yakuniy xulosalar chiqariladi. 

3. Oldin o'rganilgan bilimlarni o'quvchilar esiga tushirish uchun takrorlash. Bu xil takrorlash 

yangi mavzuni o'rganishga tayyorlash bosqichi sanaladi.  

4.  Darsda  o'rgatilgan  yangi  materialni  takrorlash.  Bu  xil  takrorlash  vaqt  nuqtai  nazaridan 

yangi  o'quv  materiali  o'rgatilgan  zahotiyoq  tashkil  etiladi.  O'quvchilar  yangi  bilimlarni  esga 

tushirib,  til  dalillari  ustida  faoliyat  ko'rsatadilar.  Takrorlashning  bu  turi  mustahkamlashning  bir 

ko'rinishidir. 

5. O'zbek tilida katta mavzu, bo'lim o'tilgach, o'tkazilgan takrorlash. Bu xil takrorlash o'quv 

materialini atroflicha o'zlashtirish, ma'lum mavzu doirasida tushuncha hosil qilish, o'quvchilarning 

bilimlarini mustahkamlash maqsadida o'tkaziladi. 

6. Ma'lum bir o'quv material o'rganilgach, kelgusi o'quv soatida o'tkazilgan takrorlash. 

4. Egallangan bilim va malakalarni sinash-tekshirishni kuzda tutgan darslar. 

 Bilim va malakalarni tekshirish ona tili darslarining eng ahamiyatli qismlaridan hisoblanadi. 

Bunday  darslarda  o'quvchining  bilim  va  malakalarni  qay  darajada  egallaganliklari  aniqlanadi, 

o'tilgan  mavzular  bo'yicha  bundan  keyin  qilinadigan  ishlar  belgilanadi,  o'quvchilarga  o'z 

bilimlaridagi yetishmovchiliklar ko'rsatiladi. 

Bilim va malakalardagi yetishmaydigan narsalarni anglash, nuqsonlarni faxmlash bolalarga 

o'z  mehnatining  natijasi-ni  to'g'ri  baholashga  imkon  beradi.  Bunday  darslar  o'quvchilarning  savod 

madaniyatining  rivojlanishiga,  qo'shimchalar,  qo'shma  so'zlar,  bosh  va  kichik  harflar  imlosi 

yuzasidan bilim va malakalarning oshishiga olib keladi. 

Bilim va malakalarni tekshirish darslari maktab dasturi doirasida o'rganilgan bilimlar, hosil 

qilingan  malakalar  asosida  tashkil  etiladi.  Masalan:  5-sinflarda  "Ko'chirma  gap  va  unda  tinish 

belgilarining  qo'llanishi"  to'la  o'rganilib  chiqilgach,  oldingi  bilimlarni  tekshirish  uchun  tekshiruv 



 

28 


diktanti  olinadi.  Bunda  tanlangan  matnda  ko'proq  ko'chirma  gaplar  qatnashgan  bo'lib, 

o'quvchilarning  mavzu  yuzasidan  kay  darajada  bilimga  ega  bo'lganligi  olingan  diktant  natijasida 

aniq bo'ladi.  

Bilim va malakalarni tekshirish darslari ikki tur bo'ladi: 

a) sinash darslari; 

b) tekshiruv darslari. 

Sinash-tekshirish darslari uchun bir soat vaqt ajratiladi. 

Ba'zan tekshirish darslari o'tkazishga ikki-uch soat vaqt ajratiladi. 

Bular tekshiruv diktanti, insho va bayonlardir.  

Tekshiruv  diktantlarda,  avvalo,  ko'pgina  imlo  qoidalariga  nazar  solinadi.  Diktantda  yo'l 

qo'yilgan xatolarni bartaraf etish uchun mashg'ulotlar o'tkaziladi. Demak, tekshiruv diktant ta'limiy 

hamdir. 


Izohli  yozuv,  ta'kidiy  va  izohli  diktant,  lug'at  diktant,  tekshiruv  diktantlarda  matn 

o'zgartirilmay  yoziladi.  Saylanma  diktant,  erkin  diktant,  ijodiy  diktant  vaqtida  esa  matn  ma'lum 

o'zgarish bilan yoziladi.  

Diktant  o'quvchilarning  grammatikadan  qanchalik  ongli  bilim  olganligini  namoyish  etadi, 

savodxonligini oshiradi va yozuv malakalarini puxta egallashga undaydi. 

Tekshiruv  diktanti  faqat  malakalarni  emas,  balki  grammatik  bilimlarni  ham  tekshirish 

usuliga  aylantirish  mumkin.  Buning  uchun  o'tkazilgan  matn  yuzasidan  qo'shimcha  grammatik 

vazifalar  belgilanadi.  1-2  ta  topshiriq  beriladi.  O'quvchilar  topshiriqni  diktant  matni  tagiga 

bajarishadi. 

Diktantni  baholashda,  topshiriqlarning  bajarilishini  ham  hisobga  olinadi.  Bilim  va 

malakalarni tekshirish darslarining ikkinchi turi sinash darslaridir. Biror bo'lim  yoki mavzuni o'tib 

tugallangandan keyin sinash darslari o'tkaziladi. Sinash darslari turlicha bo'ladi: 

a) so'rovnoma savollari berish; 

b) topshiriqlar bajarish; 

v) hozirda an'anaga aylantgan "test" mashg'ulotlarini o'tkazish. 

So'rovnoma  savollari  berishda  bo'lim  yoki  mavzu  yuzasidan  bir  necha  savollar  tuziladi  va 

o'quvchilarga tarqatiladi. Bolalar savollarga javob yozib, so'rovnomani to'ldiradilar. 

Topshiriqlar bajartirish usuli bilimlarni sinash darslarining asosini tashkil qiladi.  

5.Olingan bilimlarni umumlashtirish-sistemalashtirishni ko'zda tutgan darslar: 

Olingan  bilimlarni,  malakalarni  sistemalashtirish  darslarida  ma'lum  mavzu  bo'yicha 

o'zlashtirilgan bilimlar qayta umumlashtiriladi, mavzu yuzasidan yakuniy xulosalar chiqariladi. 

Bilim  va  malakalarni  sistemalashtirish  darslarining  miqdori  o'rgatilgan  bilimlar 

mundarijasiga ko'ra belgilanadi.  Sistemalashtirish va umumlashtirish darslarida mavzuni o'rgatish 

paytida beriladigan savollar murakkablashtirib boriladi.  

Bilim  va  malakalarni  sistemalashtirish  darsida  umumlash-tiruvchi  jadvallardan, turli-tuman 

chizmalardan foydalaniladi.  



 

Tavsiya qilinadigan adabiyotlar ro'yxati: 

 

1.  Yo.G'ulomov  va  "O'zbek  tili  o'qitish  metodikasi".  Toshkent-1975  yil.  "O'qituvchi" 

nashriyoti. 

2.  S.Nazarova.  "O'zbek  tili  o'qitish  metodikasi".  Toshkent-1992  yil.  "O'qituvchi" 

nashriyoti. 

3.  G'ulomov A., Ne'matov X. Ona tili ta'limi mazmuni. Toshkent, "O'qituvchi", 1995 yil. 

4.  Davlat ta'limi standartlari. "Ma'rifat" gazetasi. 1998 yil, 26 avgust. 


 

29 


5.  B.To'xliyev,  M.Shamsiyeva,  T.Ziyodova.  O'zbek  tili  o'qitish  metodikasi.  Toshkent, 

2006 yil 

6.  K.Usmonova. Uy vazifasi-dolzarb muammo. «Til va adabiyot ta'limi» jurnali, 2007 yil, 

2-son, 77-80-betlar. 

 

Mavzuga doir tayanch iboralar: 

 

- dars 


- fakultativ mashg'ulot 

- sinfdan tashqari ishlar 

- darsga talablar 

- noan'anaviy darslar 

- darsga tayyorlanish 

- zamonaviy dars 

- til to'garagi 

- to'garak nashri 

- o'quvchilar konferensiyasi 

- olimpiada 

- sayohat 

 

 

ONA TILI O'QITISH METODLARI 

 

REJA: 

 

1.  O'zbek tilini o'qitishdagi muammolar. 



2.  Metod haqida umumiy tushuncha. 

3.  O'qituvchining bayoni metodi. 

4.  Suhbat metodi. 

5.  Seminar darslarni tashkil qilish. 

6.  Til dalillarini kuzatish metodi. 

7.  Mashqlar  ishlash  metodi.  Bu  metodni  qo'llashda  muammoli  ko'rgazmalardan 

foydalanish. 

8.  Sayohat metodi. 

 

Ona tili darslarida o'quvchilarga beriladigan bilimlar keyingi yillarda asosan nazariy asosga 



qurilayotganligi amaliy malakalarning sayozlashuviga olib kelmoqda. 

Darsda  asosan  o'rganilayotgan  qoidani  yod  oldirish  va  unga  darslikdan  misol  keltirish  va 

mashq ishlash bilan cheklanilmoqda. Dars davomida faqat darslik bilan ishlanmoqda. 

Oqibatda  o'qituvchi  darslik  o'qituvchisi,  o'quvchi  darslik  o'quvchisi  bo'lib  qolmoqda.  Shu 

sababli o'quvchilar darslikdan tashqari talablarni bajara olmayaptilar, hayotning o'zi misol va qoida 

ekanligini anglab yetmayaptilar. 

Shunday  ekan,  amaliy  bilimni  shakllantirish  asoslarini  ishlab  chiqishga  diqqat  qaratish 

lozim.  Buning  uchun  darsda  faqat  mashqlar  bilan  cheklanmay,  o'quvchilarning  lug'at  boyligini 

oshirish,  lug'at  ustida  ishlashga  o'rgatish,  ularda  to'g'ri  talaffuz  normalarini  shakllantirish  hamda 

fikrlash, tafakkur qilish qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan topshiriqlar berish kerak. 

Hozir o'quvchilarni har bir darsda faol ishtirok etishga undovchi noan'anaviy dars metodidan 

foydalanilyapti. Bu dars metodi hozirda turli joylarda o'zining ijobiy ta'sirini ko'rsatyapti. 

Ona  tili  darslarida eng  ko'p  qo'llanadigan  metod  o'qituvchining  bayoni  metodi  hisoblanadi. 

Bayon  yordamida  murakkabroq,  ayniqsa,  o'quvchilarga  oldindan  ma'lum  bulmagan  mavzular 

izohlanadi.  Shuningdek,  grammatik  ta'rif  mohiyatini  tushuntirish,  o'quvchilarga  qo'shimcha 

ma'lumot berish, ularning savollariga javob berishda bayon metodidan foydalaniladi. 



 

30 


Ona  tilidan  o'rganiladigan  material  o'quvchilarga  qisman  oldingi  sinfda  tanish  bo'lsa  yoki 

yangi  mavzu  biror  tomoni  bilan  oldin  o'tilgan  materialga  bog'lansa,  darsda  suhbat  metodidan 

foydalaniladi. 

Suhbat  o'quvchilar  faolligini  oshiradi.  Ular  o'qituvchi  rahbarligida  berilgan  dalillarni 

kuzatadilar,  o'zaro  qiyoslaydilar  va  muhokama  qiladilar,  so'ng  umumlashgan  xulosa  chiqaradilar. 

Suhbat o'quvchilarning nutq madaniyatini o'stirishda muhim omillardan biridir. 

Suhbat  3  xil  bo'ladi:  axborot  xarakteridagi  suhbat,  evristik  suhbat,  o'tilgan  temani 

mustahkamlash maqsadida o'tkaziladigan suhbat. 

O'tilganlarni mustahkamlash darslarida ko'proq bir bo'lim o'rganilsa yoki chorak yakuni, yil 

yakunida,  ko'proq  o'quvchilarning  o'zlari  ishlagan  holda  darslarni  tashkil  qilinadi.  O'tilganlarni 

mustahkamlash maqsadida test savollarini yechish ham aytiladi. 

Yil  yakunidagi  takrorlash  darsida  deyarli  barcha  o'quvchi  test  savollari  va  o'zaro  savollar 

tuzadilar. Dars yanada jonli, qiziqarli chiqadi.  

Til  dalillarini  kuzatish  metodida  grammatika,  orfografiya  yozuvchi  tilini  o'rganishda  ko'p 

foydalaniladi. Til faktlarini tahlil qilinganda, uch yo'nalish asos qilib olinadi. 

 1. Til dalillarini kuzatish. 

O'qituvchi  rahbarligida  o'quvchilar  til  hodisalarining  biror  tomoni  bo'yicha  muayyan  reja 

asosida kuzatish ishlari olib boradilar. 



 

Mashqlar metodi. 

O'quvchilarning  ona  tilidan  olgan  bilim-malakalari  turli  mashqlar  orqali  mustahkamlanadi. 

Natijada o'quvchilar: 

a) bilimlarni ongli o'zlashtira boradilar; 

b) bilimlarni amalda qo'llay oladigan bo'ladilar; 

v)  fikrlash  malakalari  ham  orta  boradi,  mashq  davomida  til  dalillarini  ko'proq  kuzatadilar, 

solishtiradilar, umumlashtira-dilar; 

g) o'z nutq madaniyatini takomillashtirish imkoniga ega bo'ladilar. 

Mashqlar  o'quvchilarning  anglash  va  bora-bora  o'quv  faoliyatlarini  yaxshilaydi:  ayrim 

dalillarni  yodlab  olish  yo'li  bilan  ham  puxta  o'zlashtira  boshlaydilar.  Shunday  ham  bo'ladiki,  ko'p 

yozish yo'li bilan ko'p yozish tufayli o'quvchida ayrim so'z shakllarini yoki tinish belgilarini to'g'ri 

qo'llab ketaverish ko'nikmasi shakllanib qoladi. 

Mashqlar  qat'iy  bir  tizim  asosida  o'tkaziladi.  Dastlab,  o'quvchilar  matn  ustida  ishlaydilar, 

so'z  va  gaplarni  guruhlaydilar.  Bular  grammatik  shakllarni  anglash  mashqlari  hisoblanadi. 

Maktablarda  bunday  mashqlarning  misollar  tanlash,  chizmalar  ustida  ishlash,  matnni  shaklan 

o'zgartirish kabi turlari o'tkaziladi. 



"Sayohat" metodi. 

Sayohat  metodi  ko'proq  tarix,  geografiya,  biologiya,  adabiyot  fanlarida  ko'proq  qo'llanib, 

ona tili o'qitishda nisbatan oz qo'llansa ham mohiyat e'tibori bilan ona tili o'qitishda o'ziga xos o'rin 

tutadi. 


Sayohat  ko'proq  insho  yozish  uchun  material  beradi,  shuning  uchun  o'quvchi,  masalan, 

muzeyda insho mazmuniga mos bo'lgan predmet va uning belgilariga alohida e'tibor beradilar, ana 

shu tushunchalarni ifodalovchi so'zlarni yozib olish lozim. 

5-sinf  o'quvchilari  bilan  "Shevaga  xos  so'zlar"  mavzusini  o'rganishda  sayohat  metodidan 

foydalanish mumkin.  

Har  bir  o'quvchi  bilan  alohida  ishlash  natijasida  o'rganilganlarni  ko'proq  takrorlash  va 

mustahkamlash mumkin bo'ladi. 

 

Tavsiya qilinadigan adabiyotlar ro'yxati: 


 

31 


 

1.  Tolipov  M.,  Xudoyberganov  Sh.,  Abduqodirov  R.  Hozirgi  zamon  darsining  didaktik-

uslubiy masalalari. Toshkent, "Tafakkur", 1998 yil. 

2.  Yangi  pedagogik  texnologiyalarning  yo'nalishlari,  muammolari  va  yechimlari. 

Toshkent, 1999 yil. 

3.  B.To'xliyev,  M.Shamsiyeva,  T.Ziyodova.  O'zbek  tili  o'qitish  metodikasi.  Toshkent, 

2006 yil 

4.  I.Holmurodov.  Ona  tili  fani  bo'yicha  o'quvchilarda  mustaqil  ishlash  ko'nikmalarini 

shakllantirish. «Til va adabiyot ta'limi» jurnali, 2006 yil, 2-son, 6-9-betlar. 

5.  M.Ahmedova.  O'zbek  tilini  o'qitishda  kompyuterdan  foydalanish.  «Til  va  adabiyot 

ta'limi» jurnali, 2006 yil, 2-son, 73-75-betlar. 

6.  M. Sobirova. Ona tili darslarida kompyuterdan foyda-lanishning ayrim usullari. «Til va 

adabiyot ta'limi» jurnali, Toshkent. 2006 yil, 4-son, 7-9-betlar 

7.  M. Sobirova. O'qitishga yangicha yondoshish hozirgi kun talabi. Olima ayollarning fan-

texnika  taraqqiyotida  tutgan  o'rni.  Respublika  ilmiy-amaliy  anjumani  ma'ruzalari 

to'plami. Toshkent, 2006 yil, 55-56-betlar. 

8.  M.  Sobirova.  Til  ta'limida  axborot  kommunikasion  texnologiyadan  foydalanish.  XXI 

asrda o'zbek tili ta'limi masalalari. «O'zbek tili» doimiy anjumani 9-yig'ini materiallari. 

Toshkent, O'zb. Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2007 yil, 125-126-betlar. 

 

Mavzuga doir tayanch iboralar: 



 

 - o'qituvchi bayoni metodi 

 - suhbat metodi 

 - seminar darslar 

 - kuzatish metodi 

 - mashqlar ishlash metodi 

 - noan'anaviy metodlar 

 - yangi pedagogik texnologiya asosidagi metodlar 

 

GRAMMATIKANING ONA TILI O'RGANISHDA TUTGAN O'RNI, MAQSADI, 

VAZIFASI. MAKTAB GRAMMATIKASI VA ILMIY GRAMMATIKA. GRAMMATIK 

TA'RIF VA TERMINOLOGIYA 

 

 



REJA: 

1.  Grammatikani o'qitishning ahamiyati va uning ona tili o'qitishda tutgan o'rni. 

2.  Ilmiy grammatika bilan maktab grammatikasining o'zaro munosabati. 

3.  Morfologiyani sintaksisga bog'lab o'rgatish yo'llari. 

4.  Grammatik ta'riflardan foydalanish usullari. 

 

Maktabda  grammatika  o'qitishning  maqsadi  o'quvchilarga  so'z  tuzilishi  va  gap  qurilishi 



haqidagi  qonun-qoidalarni  o'rgatishdan  iborat  bo'lib,  u  ona  tili  kursining  bo'limlarini  (orfografiya, 

punktuasiya, stilistika) o'rgatishni ko'zda tutadi. Bu esa fikrni to'g'ri, ravon, aniq ifodalash imkonini 

beradi. 

Grammatika  o'qitish  o'quvchining  umumiy  bilim  doirasining  kengayishiga  yordam  beradi. 

Grammatika  o'qitish  jarayonida  o'quvchining  til  sezgirligi  oshadi.  Bu  holat  ularda  so'z  tanlash, 

so'zni o'rnida ishlatish, gapni to'g'ri tuzish malakalarini hosil qiladi. 

Quyidagi gaplarni taqqoslaylik: 


 

32 


Temir yo'lda yotibdi. 

Temir yo'lda yotibdi. (bir bosh bo'lakli shaxsi aniq gap) 

Uzoqdan uch gul ko'targan qiz ko'rindi. 

Sharqqa Uzoq jo'natildi. 

Uzoq Sharqqa jo'natildi. 

Demak,  grammatikani  yaxshi  bilish  boshqalarning  fikrini  ham  to'g'ri  tushunishga,  aniq 

anglab  olishga  yordam  beradi.  To'g'ri  so'zlay  olish,  xatosiz  yozish  uchun  grammatikadan  olgan 

bilimlarini amalda qo'llay olmagan o'quvchi to'g'ri yozish qoidalarini ham ongli o'zlashtira olmaydi. 

Hozirgi kungacha tilshunoslikning dolzarb mavzulariga doir o'nlab yirik ishlar yuzaga keldi. 

Bunga  A.  G'ulomovning morfologiyaga  oid, G.  Abdurahmonov, M.  Asqarovalarning qo'shma  gap 

sintaksisiga  oid  va  boshqa  bir  qator  olimlarning  so'z  turkumlariga  oid  ishlari  o'zbek 

tilshunosligining katta yutuqlaridan sanaladi. 

Maktab  dasturi  va  darsliklarida  katta  hajmdagi  hamda  chuqur  lingvistik  xulosalarning 

hammasini berib bo'lmaydi.  Bu ilmiy xulosalardan o'quvchilar yoshiga, qabul qila olish darajasiga 

mos  keladigan,  shu  bilan  birga,  juda  katta  amaliy  ahamiyat  kasb  etgan,  hayotiy  tomonlari  bilan 

ajralib turadigan o'rinlarini sinflar bo'yicha taqsimlab beriladi. 

Masalan:  qaratkich  kelishigi  qo'shimchasi  orqali  o'nlab  ma'nolar  ifodalanadi.  Lekin 

maktabda uning qarashlilik yo xoslik bildirishigina o'rgatiladi. 

Dastur  va  darsliklarida  o'zbek  tilshunosligi  berayotgan  ilmiy  xulosalardan  maktab  uchun 

mos  qoidalar,  tushunchalar  kiritiladi  va  o'qitiladi.  Ilmiy  va  maktab  grammatikasi  orasidagi  uzviy 

bog'lanish va ularning o'ziga xos xususiyatlari mana shu o'rinda namoyon bo'ladi. 

Demak,  maktabda  ona  tili  fani  o'zbek  tilshunosligida  qo'lga  kiritilgan  yutuqlarga  tayanadi. 

Ammo tilshunoslikdagi ayrim noto'g'ri talqinlar darsliklarda ham o'z ifodasini topgan. 

M. U kelgach, men ketdim. 

v- li va v- siz to'ldiruvchilar kabilar. 

Morfologiya va sintaksisni bog'lab o'rgatish yo'llari. 

O'zbek  tili  nihoyatda  so'zga  va  ma'noga  boy  bo'lib,  so'zlarning  asl  ma'nosi  gap  ichida 

ochiladi.  Shuning uchun ham ma'nodosh  so'zlar  yoki qo'shimchalarning anglangan ma'nosi hamda 

qaysi  so'z  turkumiga  oidligi  so'z  birikmasi  va  gap  orasida  tushuntirilsa,  o'quvchilar  ongiga  yetib 

boradi. 


O'zbek  tilining  morfologiya  bo'limida  ot  turkumi  o'rganiladi.  Ot  turkumiga  oid  so'zlar 

nutqimizda  eng  ko'p  qo'llanadi.  Bunda  tovush  jihatidan  har  xil  bo'lgan  so'zlar  ot,  yosh,  ter,  ko'k 

kabilarning bir necha ma'noda qo'llanishi faqat gap ichidagina aniqlash mumkin. M: 

 

 Qo'lingdan kelgancha chiqar yaxshi ot, 



 

 Yaxshilik qil, bolam, yomonlikni ot. 

 

 Nasixatim yod qilib ol, farzandim. 



 

 Yolg'iz yursa, chang chiqarmas yaxshi ot. 

Bu  to'rtlikdagi  "ot"  so'zi  "nom",  "uloqtir",  "hayvon"  ma'nolarida  ishlatilgan.  (Bu  so'zlar 

morfologik tomondan bir so'z turkumiga oid emas.) 

Grammatikaning  teng  huquqli  bo'limlari  morfologiya  bilan  sintaksis  doim  bir-biri  bilan 

bog'liqdir.  Mustaqil  so'z  turkumlari-ot,  sifat,  son,  olmosh,  fe'l,  ravish  kabilar  gapda  ma'lum  bir 

sintaktik  vazifani  bajaradi,  ular  gapning  biror  bo'lagi  bo'lib  keladi.  O'quvchi  sintaksisni  o'rganib, 

ayrim  so'z  turkumlarining  morfologik  belgilarini  ularning  sintaksis  xususiyati  bilan  solishtirib,  til 

hodisalarini ongli tushuna boradi. M: sifat turlanmaydi, gapda, odatda, aniqlovchi yoki kesim bo'lib 

keladi. Lekin sifatlar ba'zan ot kabi qo'llanib, gapda ot bajaradigan vazifalarda keladi. 

Yaxshilar ko'paysin, yomon qolmasin. 

Bunday paytda ular turlanadi.  

yaxshilarni 

 

 



 

 

 



yaxshilarga 

 

33 


 O'quvchilar bunday hodisalarni anglay borib, morfologiya bilan sintaksisning aloqasini, so'z 

turkumlarini, uning tabiatini bila boradilar. 

 5-7-sinflarda  sintaktik  tushunchalar  hosil  qilish  uchun  alohida  dars  soatlari  ajratilmagan, 

balki  morfologik  mavzularni  o'rganish  bilan  birgalikda  olib  boriladi.  Yangi  sintaktik  vazifalarni 

aniqlash morfologiyadan nazariy ma'lumotlarni mustahkamlash maqsadida bajariladigan mashqlarni 

to'ldirish uchun ko'maklashadi. 

Amaldagi darslikda ot so'z turkumiga berilgan ta'rifda: 

"Otlar gapda bosh va ikkinchi darajali vazifada ham keladi, shuningdek, undalma vazifasida 

ham  keladi."  deyilgan.  O'quvchilar  bu  ta'rifni  tez  o'zlashtirib  oladilar.  Ammo  uni  amalda  qo'llay 

olishlari uchun yanada chuqurlashtirish zarur. Buning uchun shunday usul qo'llanadi: 

 

 b.k.    



  

 1. Kitob - bilim manbai. 

  

|kitob o'qidi. 



 2. Maktab yaxshi yerda joylashgan.  |Biz maktab zalida 

 3. Kinofilm qiziqarli    

|kinofilm tomosha qildik. 

 Bunday qiyoslash morfologik kategoriya bo'lgan kelishiklarni chuqur o'zlashtirishda hamda 

sintaktik  tushunchalarni  ifodalovchi  bosh  va  2-darajali  bo'laklarni  qayta  yodga  olishda  va 

aniqlashda yordam beradi. 

 Ko'pincha,  otning  gapdagi  sintaktik  vazifasini  to'g'ri  aniqlay  bilmaslik,  gapning  sintaktik 

qurilishini tushunmaslik o'quvchilarning tipik xatolarga yo'l qo'yishlariga sabab bo'ladi. 

1.  Bosh  kelishik  shaklida  kelgan  har  qanday  so'zni  o'quvchilar  bosh  kelishikda  deb  qabul 

qilaveradilar.  Natijada  kelishik  qo'shimchasiz,  ya'ni  belgisiz  kelgan  qaratqich  va  tushum 

kelishigidagi so'zlarni ham, undalmani ham ega sanab, sintaktik hodisalarga qorishtirib yuboradilar. 

M. U o'zini tol(ning) tanasiga oldi. 

Elga shodlik(ni) olib keladi. (X.O.) 

Otning  to'ldiruvchi  va  xol  vazifasida  kelishi  ham,  kupincha  so'z  birikmasi  yoki  gap  ichida 

aniqlanadi.  

Demak, morfologiyani sintaksisga bog'lab o'rgatish jarayonida shunday vazifalarni hal qilish 

kerak: 

1.  Bosh  kelishikdagi  hamda  qo'shimchasiz  qaratkich  va  tushum  kelishigidagi  so'zlar  o'ziga 



xos mantiqiy ma'nolarga ega ekanligini tushuntira olish. 

2. Kelishiklarning sintaktik vazifasini yodga tushirish. 

3. Mustaqil so'z turkumlarining sintaktik vazifasi haqidagi tushunchalarni umumlashtirish. 

4.  Mustaqil  so'z  turkumlarining  sintaktik  vazifasi,  unda  tinish  belgilarining  ishlatilishi 

haqidagi bilim va malakalarni mustahkamlash. 

Takrorlash  uchun  ajratilgan  maxsus  soatlarda  darslikdagi  mashqdan  tashqari  tarqatma 

materiallardan foydalanish mumkin. Masalan: 

I. Gaplarni o'qing. Aniqlovchi vazifasida kelgan otlarni aniqlang va tushuntiring. 

Badantarbiya  bilan  muttasil  va  o'z  vaqtida  shug'ullanuvchi  kishi  davoga  muxtoj  bo'lmaydi. 

(Abu Ali Ibn Sino) 

2. Otlarni toping. Gapda qanday sintaktik vazifada kelganini aniqlab, tushuntirib bering. 

O'zbekiston  mevalari:  Namanganning  xushbuy  olmasi,  Mirzacho'lning  shakar  qovuni, 

Quvaning shirin anorlari mehmonlarga manzur bo'ldi. 

3.  Gaplarni  o'qing.  Xol  va  undalma  vazifasida  kelgan  otlarni  aniqlang,  ularni  tushuntirib 

bering. 

Umida  yaqinda  Farg'onaga  bordi.  Dilbar  maktabda  o'qiydi.  U  uy  vazifasini  doimo  puxta 

bajaradi. Bolalar, bu sizning ukangiz bo'ladi. O'quvchilar, bilim bilan birga hunar ham egallanglar. 

Kelishik  qo'shimchalarining  yozilishi  va  ularning  gapdagi  vazifasini  o'quvchilar  qay 

darajada idrok etganliklari aniqlashda sinov diktantlari ham o'tkazsa bo'ladi. 


 

34 


Demak,  morfologiyani  sintaksis  asosida  o'rganish  ustida  ko'proq  ish  olib  borib,  bu  ikki 

bo'limni bir-biriga taqqoslansa, o'quvchilarni oson va tez savodxon qilish mumkin. Shu bilan birga 

ularning bog'lanishli nutq malakalarini oshirishda samarali natijalarga ham erisha boriladi. 

Grammatik ta'riflardan foydalanish usullari 

Grammatik  tushunchalar  turli  grammatik  ta'rif  yo  qoidalar  orqali  izohlanadi.  Grammatik 

ta'riflar  u  yoki  bu  til  hodisasining  mazmunini,  asosiy  xususiyatlarini,  belgilarini  o'zida  ifodalaydi. 

Grammatik ta'rif va qoida tufayli o'quvchilar u yoki bu mavzuni ongli va tez o'zlashtiradilar, fikrni 

ixcham ifodalash usulini o'rganadilar. 

Ta'riflash  mumkin  bo'lmagan  ayrim  til  hodisalari  qoidalar  orqali  beriladi.  Kursning 

orfografiya,  punktuasiya  kabi  bo'limlari, shuningdek,  ma'nosi  keng  bo'lgan  (qo'shma  va  qisqartma 

so'zlar,  kelishiklar...)  dalil  va  kategoriyalar  ham  qoidalar  orqali  o'rganiladi.  Ta'rif  va  qoidalar  ona 

tilini  ongli  o'zlashtirish  asosidir.  O'quvchilar  grammatik  ta'riflarni  yod  olishlari  mumkin.  Lekin 

bunda onglilik muhim o'rin tutadi. 

Maktab tajribasida shunday ham bo'ladiki, ayrim o'quvchi ta'rif mohiyatini tushunsa-da, uni 

kitobdagiday  so'zma-so'z  aytib  berolmaydi.  Bunday  xollarda  qoidani  kitobdagiday  qilib  aytib 

berishni talab qilish metodik jihatdan to'g'ri emas. Ba'zan o'quvchi grammatik ta'rifni darslikdagiday 

yod  qilib  aytib  bersa  ham,  mustaqil  misol  keltira  olmaydi.  O'quvchi  grammatik  ta'rif  yo  qoidani 

darslikdagiday  aytib  bermasdan,  balki  o'sha  qoidaning  mazmunini  o'z  so'zlari  bilan  bayon  etib 

bersa, bu uning mavzuni yaxshi tushunganligini ko'rsatadi. Shuning uchun maktab ta'limida ba'zan 

erkin ta'rifga yo'l qo'yiladi. Lekin bu o'rinda ham ehtiyotkorlik talab etiladi. Ayrim ta'riflar shunday 

mustahkam bo'ladiki, uning tarkibidan biror so'zni tashlab ketish yoki almashtirish mumkin emas. 

Ma'nosi o'ta mavhum (umumlashgan) terminlar o'qituvchi tomonidan izohlanishi shart. 

M:  belgi  so'zi  faqat  rangnigina  emas,  u  shakl-hajm,  xil-xususiyatga,  maza-ta'm  kabi 

tushunchalarni ham bildiradi. 

Yoki "predmet" termini juda keng ma'noda qo'llanishini tushuntirish kerak. Bular: 

 

 insonga oid so'zlar 



- ishchi, dehqon, kosib 

 

 narsa va jism nomlari - bo'r, ruchka, kitob 



 

 voqea-hodisa nomlari - shamol, ko'klam 

 

 jonivorlar nomi 



- qo'y, chumchuq 

 

 belgi-sifat nomlari 



- yaxshilik, tezlik 

 

 harakat-holat nomlari – chopiq, yig'im va boshqalar. 



Grammatika  o'qitishda  terminlar  ham  uziga  xos  ahamiyat  kasb  etadi.  Har  bir  grammatik 

termin  o'zi  ifoda  qilayotgan  grammatik  tushunchaning  asosiy  belgilarini  ifoda  qilishi  kerak. 

Grammatik terminologiyada izchillikni, bir xillikni ta'minlash uchun bir hodisa hamma vaqt  bir xil 

termin  bilan  aytilishi  shartdir.  Har  bir  ta'rif  yoki  qoida  tarkibida  bir  yoki  undan  ortiq  termin 

ishlatiladi. Masalan: 

"Fe'lning  shaxs-son  qo'shimchalari  bilan  o'zgarishi  tuslanish  deyiladi"  degan  ta'rifni 

ko'raylik.  Bu  ta'rifda  "fe'l",  "shaxs-son",  "tuslanish"  degan  terminlar  ishlatiladi.  Grammatik 

terminlar vositasida o'quvchilar so'z turkumlarini, gap bo'laklarini ajratishni o'rganadi. 

Demak,  grammatik  bilimlarni  o'zlashtirish  natijasida  o'quvchilarda  grammatik  tushuncha 

hosil  bo'ladi.  Hosil  qilingan  grammatik  tushuncha  bundan  keyin  o'rganiladigan  grammatik 

bilimlarni o'zlashtirish uchun, o'zlashtirilgan grammatik bilim yangi tushunchalar hosil qilish uchun 

asos bo'ladi. 

 

 


Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish