Tavsiya qilinadigan adabiyotlar ro'yxati:
1.
O'rta umumta'lim maktablarining 5-11 sinflari uchun ona tili darsliklari mezoni
(konsepsiyasi). "Til va adabiyot ta'limi" jurnali, 1992 yil, 3-4- sonlar, 7-8-betlar.
2.
A'zamov S. "Maktab grammatikasi va ilmiy grammatika xususida". "Til va adabiyot ta'limi"
jurnali. 1992 yil, 2-son. 32-33-betlar.
3.
G'ulomov A., Ne'matov X. Ona tili ta'limi mazmuni. Toshkent, "O'qituvchi", 1995 yil.
4.
Asadov Y. Yangi pedagogik texnologiyaning tarkibiy mohiyati haqida . "Til va adabiyot
ta'limi" 1998 y., 4-s.
5.
Roziqov O., Og'ayev S., Mahmudov M., Adizov B. Ta'lim texnologiyasi. Toshkent,
"O'qituvchi", 1999 yil.
6.B.To'xliyev, M.Shamsiyeva, T.Ziyodova. O'zbek tili o'qitish metodikasi. Toshkent, 2006 yil
7.K.Usmonova. Uy vazifasi-dolzarb muammo. «Til va adabiyot ta'limi» jurnali, 2007 yil, 2-son, 77-
80-betlar.
8.N.Maxmudov, A.Nurmonov, A.Sobirov. V.Qodirov, Z.Jo’raboyeva, G.Ziyodullayeva. Ona tili. 5-
sinf. O’qituvchilar uchun metodik qo’llanma. “Tafakkur” nashriyoti, Toshkent, 2011 yil.
1
1
9
Mavzuga doir tayanch iboralar:
- ilmiylik
- mustahkamlik
- sistemalilik
- izchillik
- tushunarlilik
- prinsip
- amaliyot bilan bog'liqlik
ONA TILI O'QITISHNING AHAMIYATI
REJA:
1. Ona tili va uni o'qitish haqida.
2. Ona tili boshqa fanlarni o'rganish vositasi sifatida.
3. Bolaning shakllanishida ona tilining ahamiyati.
4. Xulosa.
Har bir fan o'z o'rganish ob'yektiga, maqsad va vazifalariga ega bo'lib, o'ziga xos alohida
ahamiyat kasb etadi. O'zbek tili o'qitish metodikasi ham o'quvchilarga ona tilidan bilim va malaka
berish yo'llarini o'rgatadi. O'quvchilarga o'zbek tili grammatikasi, leksika va fonetikasi haqida
ma'lumot berish va bu jarayonda olingan bilimlarni amalda tadbiq etishni o'rgatish o'zbek tili
o'qitishning muhim vazifalaridandir. O'quvchilar amalda xatosiz yoza olsalar, ifodali o'qiy olsalar,
adabiy tilda so'zlay olsalargina ularning ona tilida olgan bilimlari haqiqiy va mustahkam
hisoblanadi. O'quvchilarga shuningdek, tinish belgilarini to'g'ri qo'yish, o'z fikrlarini aniq va
tushunarli bayon etishni o'rgatish ahamiyatlidir, aks holda o'quvchilar savodsiz bo'lib koladi.
Eng avvalo, O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lgan har bir inson o'zbek tilini bilishi
kerak, chunki u o'zbek bo'lishi yoki bo'lmasligidan qat'iy nazar kishilar bilan ijtimoiy
munosabatlarga kirishadi va muloqotda bo'ladi. O'z ona tilini bilmagan kishi, "ona", "vatan" kabi
tushunchalarning mohiyatiga tushunmaydi, bu kishi hech qachon "men o'zbekman" deb faxrlana
olmaydi. O'z ona tilini bilmagan xalq nafaqat kelajagini barpo etadi, balki o'z tarixini ham bila
olmaydi. O'tmishsiz esa kelajak bo'lmaydi. Bir olim shunday degan ekan: "Agar xalqni yo'q
qilmoqchi bo'lsang, uning tilini yo'qotgin". Demak, o'z tiliga ega bo'lmagan, ona tilini bilmagan
xalq hech qachon xalq bo'la olmaydi.
O'quvchilar ona tilini qunt bilan o'rganish orqali fan asoslarini ongli o'zlashtirib, fikr
doirasini kengaytirib umumtaraqqiyot darajasini uzluksiz oshira boradilar.
Ular qayerda ishlamasin, qayerda o'qimasin, baribir o'zbek tiliga murojaat qiladilar. Ona tili
barcha bilimlarni o'rganishda eng muhim vositadir, u insonning ijtimoiy hayotida uchraydigan
barcha ishlar uchun zarurdir. Ona tili boshqa fanlarni o'qitish vositasi hamdir. Jamiyat tarixi,
tarbiyaviy va boshqa gumanitar fanlar ham ona tili yordamida o'rganiladi. Ona tili bolaning umumiy
taraqqiyotida ham, bilim va mehnatga havasini uyg'otishda ham ahamiyatlidir.
Ona tili, ayniqsa, uning yozma shakli butun madaniyatimiz boyliklarini, fan-texnika
yutuqlarini avaylab saqlovchi va avloddan avlodga yetkazuvchi yagona xazinadir, ya'ni u orqali biz
milliy qadriyatlarimiz haqida ma'lumot olishimiz, bugungi fan taraqqiyoti natijasida vujudga
kelayotgan yangiliklar bilan tanishishimiz mumkin.
Demak, adabiyot ham, tarix ham, madaniyat ham-hamma meros ona tilida o'rganiladi.
Bundan tashqari, ona tilini chuqur va to'la o'rganmay turib boshqa bir chet tilini puxta o'rganish
mumkin emas, chunki o'z ona tilini bilmagan inson o'zgalar tiliga tushuna olmaydi.
Chet tilini o'rganishda esa ona tiliga qiyoslab o'rganish katta samara beradi.
Demak, biz o'zbek tili vositasida boshqa chet tillarini o'rganish imkoniyatiga ham ega
ekanmiz.
10
Yoshlikda olingan ilm toshga o'yilgan naqsh kabidir, deydi dono xalqimiz. Bola yoshligida
2-3 yil ichida shuncha narsani urganib, kup narsa bilib oladiki, 20 yil qunt bilan va metodik jihatdan
juda to'g'ri o'qitganda ham uning yarmicha o'rgana olmaydi. Demak, ona tilini bolaga yoshligidan
o'rgatish ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuning uchun quyi sinflarda ona tili o'qitish uchun ajratilgan soatlar ko'proqdir. Ona tili
o'quvchilarni aqliy, axlokiy va estetik tarbiyada juda katta o'rin tutishi bilan maktab ta'limida
yetakchi hisoblanadi va bundan buyon ham ona tili o'qitish muhim ahamiyatga ega bo'lib qoladi.
Ayniqsa, har bir bolaning shakllanishida ona tili ulkan ahamiyatga ega. Yuksak ma'naviyatli va
madaniyatli kishini, avvalo, uning og'zaki va yozma nutqi boshqalardan ajratib turadi.
O'quvchilarning ijodiy kuchi va bilish qobiliyatini, mustaqil ishlash malakasini oshirishda ham ona
tili alohida ahamiyatga egadir.
Bundan tashqari, ona tili o'qitish o'quvchilarni g'oyaviy-siyosiy jihatdan tarbiyalashda ham
alohida o'rin tutadi.
O'quvchilar maktabga kelgunlariga qadar ham ona tilidan foydalana olish ko'nikmasiga
ma'lum darajada ega bo'ladilar. Maktab ona tili kursi esa bolalardagi ana shu ko'nikmalarni
rivojlantiradi, takomillashtiradi va adabiy til normalari tomon yo'naltiradi. Ona tili orqali har bir
o'quvchining nutq qobiliyati o'sib, so'z boyligi oshib boradi. O'quvchilar ilmiy, siyosiy, badiiy
kitoblarni o'qish bilan o'z bilim saviyalarini oshirib boradilar. Bu, albatta, til orqali amalga oshadi.
Grammatika o'qitish va nutq o'stirish bo'yicha olib borilgan ishlar o'quvchilarning fikrini tartibga
soladi, ya'ni mantiqiy fikrlashga, bilimlarini yozma va og'zaki tarzda maqsadga muvofiq ravishda
bayon etishga o'rgatadi. O'quvchi ona tilini o'rganib borib, dunyoni bilish va fikrni
shakllantirishning eng qulay vositasi bilan qurollanadi. Shubhasiz, ona tili bilan jiddiy
shug'ullangan kishi yuksak saviyali, madaniyatli bo'ladi, chunki ona tili, ayniqsa, o'quvchining aqliy
mehnat malakalarini o'stiradi.
Xulosa aytish mumkinki, ona tilini o'quvchilarga o'qitish juda katta ahamiyatga ega:
1. Ona tilini o'qitish jarayonida o'quvchilarga fonetika, leksika, morfologiya, sintaksis,
punktuasiya, uslubiyat kabi bir qator til bo'limlarining jihatlari haqida ma'lumot beriladi, ularning
o'xshash va farqli tomonlarini faxmlashga o'rgatiladi, tilning jamiyat hayotidagi ahamiyati,
taraqqiyoti haqida ma'lumot beriladi.
2. Ona tili o'qitish o'quvchilarning mantiqiy fikrlashini o'stirishga yordam beradi.
3. Ona tili o'qitish orqali o'quvchilarga so'zlarga ehtiyotkorona munosabatda bo'lish
o'rgatiladi.
4. Ifodali o'qishga o'rgatiladi.
5. Ona tilini o'qitish o'quvchilarning savodxonligini o'stirishga yordam beradi.
Ona tilini o'qitish kabi masuliyatli kabi vazifa pedagoglarning zimmasiga yuklatilgan ekan,
bu mas'uliyatni his qilgan holda sidqidildan, jonkuyarlik bilan xizmat qilish zarur.
Tavsiya qilinadigan adabiyotlar ro'yxati:
1.
Barkamol avlod-O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. Toshkent, "Shark" nashriyot-
matbaa konserni, 1997 yil.
2.
Ibrohimov A., Sultonov X., Jo'rayev N. "Vatan tuyg'usi", Toshkent, "O'zbekiston", 1996
yil.
3.
Musurmonova O. "Ma'naviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi", Toshkent, "O'qituvchi",
1996 yil.
4.
G'ulomov A., Ne'matov X. Ona tili ta'limi mazmuni. Toshkent, "O'qituvchi", 1995 yil.
5.B.To'xliyev, M.Shamsiyeva, T.Ziyodova. O'zbek tili o'qitish metodikasi. Toshkent, 2006 yil
11
6.I.Holmurodov. Ona tili fani bo'yicha o'quvchilarda mustaqil ishlash ko'nikmalarini
shakllantirish. «Til va adabiyot ta'limi» jurnali, 2006 yil, 2-son, 6-9-betlar.
7.
M. Sobirova. Til ta'limida mehr-muruvvat tarbiyasi. «Pedagogik ta'lim» jurnali, 5-son,
2004 yil, 63-65-betlar
8.
M. Sobirova. Yangi pedagogik texnologiyaning ijodiy tafakkur rivojidagi o'rni.
Talabalarni ta'lim jara-yonida mustaqil va ijodiy fikrlashga o'rgatishning pedagogik-
psixologik asoslari. Namangan, 2005 yil, 158-161-betlar
9.
M. Sobirova. O'qitishga yangicha yondoshish hozirgi kun talabi. Olima ayollarning fan-
texnika taraqqiyotida tutgan o'rni. Respublika ilmiy-amaliy anjumani ma'ruzalari
to'plami. Toshkent, 2006 yil, 55-56-betlar.
Mavzuga doir tayanch iboralar:
davlat tili
yangi tahrirdagi Qonun
boshqa fanlarni o'rganish vositasi
aloqa vositasi
ona tili ta'limi mazmuni
ma'naviyat belgisi
ONA TILI O'KITISH METODLARI, SHAKLLARI
REJA:
1.
Seminar darsi.
2.
Konferensiya darsi.
3.
Munozara darsi.
4.
Sinov darsi.
5.
Teleyekranda dars.
6.
Sayohat darsi
7.
Musobaqa darsi.
8.
"Aqliy hujumlar" darsi.
9.
"Kim oshdi" darsi.
10.
Matbuot-konferensiya darsi.
Ona tili o'qitish metodlari, shakllari, usullari, yo'llari haqida ma'lumot berish. Ijodiy dars,
musobaqa, tadqiqot, ularni qiyosiy o'rganish.
Har qanday yangi mavzuni qat'iy reja asosida bayon qilinsa, darsning mantiqiy izchilligi
ta'minlanadi. Darsning samaradorligi, avvalo, unga o'qituvchining puxta tayyorgarlik ko'rishiga
bog'liq. Darsga tayyorlanish quyidagilarni o'z ichiga oladi:
- mavzuni va uning hajmini belgilash;
- mavzu bilan, qo'shimcha adabiyot bilan tanishib chiqish;
- darslikdagi ta'rif-qoidalarni sinchiklab o'qib chiqish, o'quvchilarga og'irlik qiladigan
o'rinlarni izohlash usulini belgilash;
- dars rejasini tuzish;
- darsni o'tkazish metodini tanlash;
12
- darsning maqsadiga mos ko'rgazma tayyorlash;
- mavzuning oldingi va keyingi dars bilan bog'liq tomonlarini aniqlash;
- qoida yoki ta'rifni ifodalash usulini belgilash;
- darslik bilan ishlashga vaqt ajratish;
- uy vazifasini tekshirish usulini belgilash;
- o'quvchilarga beriladigan savollarni tayyorlash;
- javobga chaqiriladigan o'quvchilarni belgilash;
- uyga beriladigan vazifani belgilash.
Respublika ko'rigigacha yetib borgan tilchi o'qituvchilar yutug'ining siri, matbuotda
yozilishicha, o'ziga xos tarzda, ijodkorlik bilan dars o'ta olishdir. Noan'anaviy darslarga shunday
darslar kiritilmoqda:
1. Seminar darsi.
2. Taqlidiy-dars.
3. Konferensiya darsi.
4. Munozara darsi.
5. Sinov darsi.
6. Teleekranda darsi.
7. Ekskursiya darsi.
8. Musobaqa darsi.
9. Matbuot darsi.
10. "Aqliy xujumlar" darsi.
11. "Kim oshdi" darsi.
12. Dialog-dars.
13. Matbuot-konferensiya darsi.
14. Boshqaruv darsi.
15. "Kulgixonamizga marhamat" deb nomlangan dars.
Albatta, bu chegara emas. Noan'anaviy darslar vaziyatga qarab, boshqa shaklda, boshqacha
nomda o'tkazila boriladiki, hamma shakllarning asosida bir narsa - o'quvchilarni tilga qiziqtirish,
dars samaradorligini oshirish yotadi.
Har qanday yangi mavzuni qat'iy reja asosida bayon qilinsa, darsning mantiqiy izchilligi
ta'minlanadi. Darsning samaradorligi, avvalo, unga o'qituvchining puxta tayyorgarlik ko'rishiga
bog'liq. Darsga tayyorlanish quyidagilarni o'z ichiga oladi:
1. Mavzuni va uning hajmini belgilash.
2. Mavzu bilan, qo'shimcha adabiyot bilan tanishib chiqish.
3. Darslikdagi ta'rif-qoidalarni sinchiklab o'qib chiqish, o'quvchilarga og'irlik qiladigan
o'rinlarni izohlash usulini belgilash
4. Dars rejasini tuzish.
5. Darsni o'tkazish metodini tanlash.
6. Darsning maqsadiga mos kurgazma tayyorlash.
7. Mavzuning oldingi va keyingi dars bilan bog'liq tomonlarini aniqlash.
8. Qoida yoki ta'rifni ifodalash usulini belgilash.
9. Darslik bilan ishlashga vaqt ajratish.
10. Uy vazifasini tekshirish usulini belgilash.
11. O'quvchilarga beriladigan savollarni tayyorlash.
12. Javobga chaqiriladigan o'quvchilarni belgilash.
13. Uyga beriladigan vazifani belgilash.
13
Maktab tajribalaridan ma'lum bo'lishicha, ko'pincha o'quvchilar uchun biror og'irlik
qiladigan mavzularni tushuntirish shartli shakllardan foydalanish samarali bo'ladi. Masalan, "Fe'l
nisbatlari" mavzusini olaylik.
Hayotimizda tub burilishlarni bo'layotgan bir paytda darsning shakli, mazmuni, g'oyaviyligi,
ta'sirchanligi, samaradorligi ham o'zgarmoqda.
Fakultativ mashg'ulotlar - majburiy bo'lmagan, ixtiyoriy ravishda saylab olinadigan sinfdan
tashqari ishning bir turidir.
Fakultativ mashg'ulotlar 2 turli, ya'ni haq to'lanadigan va haq to'lanmaydigan turlarga
bo'linadi. 2-tur mashg'ulotlarga fan o'qituvchisi ixtiyoriy tortiladi. Bu mashg'ulotda o'quvchi soni 10
nafardan 30 nafargacha bo'lishi mumkin.
O'quvchilarning qiziqishi, intilishi, qobiliyatini hisobga olgan holda dastlabki ish reja tuzib
olinadi. Bu mashg'ulotlarni samarali o'tkazish shakllari va usullari belgilanadi.
Bu mashg'ulotlarda dars jarayonida chuqur o'rganish imkoniyati bo'lmagan til bo'limlari,
murakkab mavzular o'qituvchi tomonidan o'quvchilar bilan birgalikda izohlanadi. M.: fonetika
bo'limidan undoshlar tasnifi, leksikologiya va frazeologiya bo'limlari, stilistika, toponimika, insho
nazariyasi va amaliyoti, sintaksisdan qo'shma gap mavzularini o'rganishni rejalashtirish mumkin.
Fakultativ mashg'ulotlar haftada 1 marta darsdan tashqari vaqtlarda o'qituvchi rahbarligida
o'tkaziladi.
1. Til to'garagi o'z ishini reja asosida olib boradi. Mashg'ulotlar, asosan, ona tili xonalarida
sinfdan tashqari vaqtlarda bir oyda 2 marta o'tkazilishi kerak. O'qituvchidagi sharoit bilan
o'quvchidagi istakka ko'ra to'garak mashg'ulotlari soni ko'paytirilishi mumkin.
"Yosh tilshunos" to'garagida "Inson so'zlashni qanday o'rgandi?", "Yozuvning paydo
bo'lishi", "Namangan shevasining adabiy tildan farq qiladigan tomonlari", "Yozilishi bilan aytilishi
farq qiladigan so'zlar", "Yangi paydo bo'lgan so'zlarning yozilishi" kabi mavzularda mashg'ulotlar
o'tkaziladi. To'garak o'quvchilari bilan faqat mavzular o'tibgina qolmay, o'tkaziladigan darslarga
ko'rgazmali qurollar yasash, ona tili xonasini jihozlash, tilga oid o'tkaziladigan kechalarga
tayyorgarlik ko'rish mumkin.
2. Til to'garaklari o'z nashrlariga ega bo'lishlari kerak. Nashr nomini "Tilshunos", "Yosh
tilshunos", "Ona tili posbonlari" deb nomlasa bo'ladi. "O'z tilingizni seving va o'rganing", "Ulug'
kishilar til haqida", "Tilimiz-boyligimiz", "Ona tili-onaday aziz" deb nomlangan ruknlar tashkil
qilib chiqarilsa, nashrlarning saviyasi ortadi. Til to'garaklari nashri ona tili xonasiga yoki maktab
zallariga osib qo'yiladi.
3. Maktab adabiy-ilmiy jurnali ham sinfdan tashqari ishlarga kiradi. Shunday jurnallar
tashabbuskor o'qituvchilar tomonidan chiqarilgan. To'g'ri, qog'oz taxchilligi, vaqtinchalik iqtisodiy
qiyinchilik davrida bu ishlarni tashkil qilish og'irroq bo'ladi. Iqtisodimiz yaxshilanganda jurnalni
ham tashkil qilish osonlashadi. Shu paytda jurnalga nimalarni chiqarish mumkin? Masalan: sinfda
biror ijodkor o'quvchi bo'lsa, uning asari tili sharhlangan maqolachalar, tilga oid boshqotirmalar
berish, chiroyli yozilgan insho namunalarini chiqarish mumkin. So'z o'yinlari, ba'zi so'zlarning
etimologiyasiga doir fikrlar bersa bo'ladi.
4. Ko'rgazma. Bu ham sinfdan tashqari ishlarga kiradi. Ko'rgazmani ona tili xonasiga tashkil
qilish mumkin. Ko'rgazmaga chiroyli yozuv namunalari, juda sifatli saqlanib, to'lgan daftar
namunalari, bayon va insholarning bir necha ko'rinishdagi rejalari, a'lo baholangan bayon va
insholarni qo'yiladi.
5. Ona tili bo'yicha o'quvchilar konferensiyasini o'tkazishni tashkil qilish mumkin.
O'quvchilar konferensiyasini bir o'quv yilida bir marotaba ona tili xonasida o'tkaziladi.
Konferensiya mavzusiga moslab, ona tili xonasiga har xil rasmlar, jadvallar tayyorlanadi. Undan
foydalaniladi.
14
6. Sinfdan tashqari o'tkaziladigan tadbirlardan biri ona tili kechalaridir. Maktablarda ona tili
kechalarini o'tkazish juda katta ma'rifiy va axlokiy ahamiyatga ega.
Agar kishi til kechalarida qatnashgan yoki uni o'tkazish jarayonlarida ishtirok etgan bo'lsa,
shu talabada til kechalari to'g'risida tushuncha paydo bo'ladi.
7. Sinfdan tashqari ish shakllaridan biri-olimpiadalardir. Eng oldin olimpiadani sinf
o'quvchilari o'rtasida o'tkazib, 1-, 2-, 3-o'rinni olgan o'quvchini aniqlash kerak. So'ng o'rin olgan
parallel sinfdagi o'quvchi bilan musobaqalashtirish kerak. 5-sinflar bo'yicha g'olibga yoki 6-, 7-, 8-,
9-, 10-, 11-sinflar bo'yicha g'olib bo'lgan o'quvchiga havas bilan qarash hissi boshqa
o'quvchilarning ham ona tiliga bo'lgan munosabatini ijobiy tomonga buradi.
Olimpiadalarni o'tkazishning bir necha variantlari mavjud.
1-varianti bir bosqichli o'tkazish.
2-varianti kup bosqichli o'tkazish.
1-bosqichli olimpiadalarda yozma ishlar olinadi yo test savollari beriladi. Yoki savol-
javoblar qilinadi yoki faqat tahlil qilinadi xolos.
Ko'p bosqichli olimpiadalarda esa avval yozma ishlar olinadi. Ishlari "4", "5" baholanganlari
saralab olinib, ularga test savollari beriladi. Belgilangan ball to'plaganlar bilan grammatik terminlar,
ta'rif-qoidalarga doir savol-javoblar qilinadi, tayyorlab qo'yilgan matnlar tahlil qilinadi. Mana shu
jarayonlarda qatnashib, eng yuqori ball to'plagan o'quvchi g'olib deb e'lon qilinadi.
8. Sinfdan tashqari ish turlaridan biri sayohat, ya'ni ekskursiyalardir. Qishloq maktablarida
o'quvchilar bilan tabiat bag'riga-qirlarga, adirlarga yoki shahar markazlariga sayohatlar uyushtirish
mumkin. Shahar maktablarida esa biror bir korxonaga, kino, teatrga sayohat uyushtirish mumkin.
Bunda sayohat uyushtirishdan oldin o'quvchilarga topshiriqlar beriladi. Masalan:
1. "Sayohatdan olgan taassurotlarim" mavzusida bayon yozish yoki insho tayyorlash.
2. "Sayohat davomida kim qanday yangi so'z eshitdi ? Bu so'z, sizningcha, qanday ma'noga
ega?" degan savollar asosida suhbat-munozaraga tayyorlanish.
Tavsiya qilinadigan adabiyotlar ro'yxati:
1. Bozorov E., Musurmonova O. Dars samaradorligining muhim omili. Toshkent, "O'qituvchi"
nashriyoti, 1990.
2. Maktabda o'zbek tili va adabiyoti o'qitish masalalari. Toshkent, TDPI., 1993 yil.
3. Madaniy va ma'naviy taraqqiyot-inson kamoloti omili. Namangan, 1995 yil.
4. Til va adabiyot ta'limi" jurnalning 1993 y., 5-6-kushma son, 1992 y., 1-son.
"Xalq ta'limi" (Sovet maktabi) 1988 yil., 2-son;1989 yil., 8-son; 1992 yil, 1-son.
5. Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. Toshkent, "Sharq" nashriyoti -
matbaa konserni, 1997 yil.
6. G'ulomov A., Ne'matov X. Ona tili ta'limi mazmuni. Toshkent, "O'qituvchi", 1995 yil.
7. Jamalova Z. Ona tili darslarida ta'lim-tarbiya birligiga erishish. "Til va adabiyot ta'limi"
jurnali, 1995 yil 5-6-qo'shma son.
8. O'zbekiston Respublikasining Qonuni. Davlat tili haqida. (yangi tahrirda) "Til va adabiyot
ta'limi", 1996 yil, 1-son.
9.B.To'xliyev, M.Shamsiyeva, T.Ziyodova. O'zbek tili o'qitish metodikasi. Toshkent, 2006 yil
10. M.Ahmedova. O'zbek tilini o'qitishda kompyuterdan foydalanish. «Til va adabiyot ta'limi»
jurnali, 2006 yil, 2-son, 73-75-betlar.
Mavzuga doir tayanch iboralar:
-
davlat tili
-
aloqa vositasi
15
-
yangi tahrirdagi Qonun
-
ona tili ta'limi mazmuni
-
boshqa fanlarni o'rganish vositasi
-
ma'naviyat belgisi
ONA TILI O'QITUVCHISI VA ONA TILI DARSIGA QO'YILADIGAN ILMIY
PEDAGOGIK TALABLAR.
REJA:
1. Ona tili o'qituvchisiga qo'yiladigan talablar.
2. Ona tili o'qituvchisining ijtimoiy pedagogik qiyofasi.
3. Ona tili o'qituvchisining namunali kasbiy tavsifnomasi.
4. Ona tili o'qituvchisi uchun zarur bo'lgan ma'naviy fazilatlari.
5. O'qituvchining pedagogik va psixologik bilimlari.
«Ta'lim to'g'risida» gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ona tili o'qituvchisiga
qo'yiladigan talablar. Ona tili o'qituvchisining ijtimoiy pedagogik qiyofasi. Ona tili o'qituvchisining
namunali kasbiy tavsifnomasi. Ona tili o'qituvchisi uchun zarur bo'lgan ma'naviy fazilatlari.
O'qituvchining pedagogik va psixologik bilimlari. Ona tili o'qituvchisining ish o'rganish usullari
hamda ona tili darsiga bo'lgan umumiy talablar.
O'rta umumta'lim maktablarida o'quv ishlarining asosiy qismini dars tashkil qiladi. Shuning
uchun darsga doir fikrlarni kengroq bayon qilinadi. Dastlab, qo'shni davlatlardagi darslar haqida gi
fikrlarga e'tibor tortiladi.
O'zbekiston mustaqil bo'lgandan so'ng uning chet davlatlar bilan bog'lanish, o'qitish
borasidagi ish tajribalarini o'rganish imkoniyatlari tug'ildi. 1994 yil, 27 aprel, "Ma'rifat" gazetasida
yozilishicha, AQSH maktablarida o'quv yili 180 kun ekan. Taqqoslang: O'zbekistonda 33 hafta,
ya'ni 198 kun. Bir soatda dars 45-40 minut bo'ladi.
Angliyada
ishlab
kelgan
ToshDUning
o'qituvchisi
Abdug'affor
Normanovning
ta'kidlashicha, u yerdagi dars vaqti 45 minutgacha ekan.
Janubiy Koreada bo'lib qaytgan bir guruh maorifchilar "Ma'rifat" (1995 yil, 20.XII)da
yozilishicha, u yerda majburiy ta'lim 3 yoshdan boshlanarkan. Kichik yoshdagilarga mashg'ulotlar
20-30 daqiqa davom etadi. Katta yoshdagi o'quvchilarga 45 minutlik darslar 7-8 ta, shanba kunlari 4
soat dars olib boriladi. Har bir maktab o'z telestudiyasiga, har bir sinfxona zamonaviy texnik
vositalariga ham ega.
Chet mamlakatlardagi maktablarning 40-60 foizini xususiy maktablar, ya'ni pullik
maktablar tashkil qiladi.
O'zbekiston Respublikasida esa dinidan, irqidan, millatidan qat'iy nazar tekin umumiy ta'lim
olish kafolatlangan. Darslar Nizomda (1995 yil, 29 noyabrda "Ma'rifat") ta'kidlagandek,
mutaxassislar tomonidan olib boriladi.
Davlat tilidan, ya'ni ona tilidan o'quvchilarga bilim, malaka, asosan, dars jarayonida
beriladi. Bundan tashqari, o'quvchi o'zi mustaqil o'qib-o'rganishi ham mumkin. Lekin ona tili
o'qitishning eng samarali va unumli shakli dars bo'lib, bir vaqtning o'zida o'qituvchi bir necha
o'quvchi bilan ishlaydi va ma'lum bir mavzu bo'yicha ma'lumot beradi.
16
Odatda, katta mahorat bilan yozilgan asar o'quvchini zavqlantiradi. Ta'sirli o'tilgan dars ham
o'quvchiga ijobiy ta'sir qiladi. Shu ma'noda ta'sirli o'tilgan darsni yaxshi badiiy asarga ham
o'xshatiladi.
Dars o'qituvchi va o'quvchilar faoliyatining ko'zgusidir. Ona tili darslarida yuqori natijaga
erishish uchun ham mo'ljallangan materialni ilmiy jihatdan yuksak saviyada o'tish, ham
o'quvchilarni uyushtira bilish, ham ularning faolligini oshirish kerak. Shunga ko'ra har bir dars
oldiga shunday talablar qo'yiladi:
a) o'qituvchining rahbarligi;
b) o'quvchiga ta'lim va tarbiya berish;
v) o'quv ishlarini o'quvchilarning yoshiga qarab tashkil etish;
g) to'g'ri o'qish, to'g'ri so'zlash, to'g'ri yozish malakasini oshirish.
Har bir darsning saviyasi o'qituvchining o'quvchilar bilan ishlay olish mahoratiga bog'liq.
Darsni 4 ta katta tipga (turga) bo'lish mumkin:
1. Ona tilidan yangi bilimlar berish darsi.
2. O'tilganlarni mustahkamlash darsi.
3. Bilim va malakalarni tekshirish darsi.
4. Olingan bilimlarni umumlashtirish-takrorlash darsi.
Ona tili darslarini shu tarzda 4 ga bo'lish shartli. Chunki har bir dars faqat bilim berish yoki
faqat takrorlashlarni ko'zda tutmaydi.
Bilimlarni tekshirish darsida o'tilganlarni mustahkamlash ham ko'zda tutilishi mumkin.
Yangi bilim berish darsida hatto uzoq o'tilganlar eslanishi, takrorlanishi mumkin.
Dars qat'iy jadval bo'yicha o'tkaziladigan 45 minutlik mashg'ulotdir. Unda muayyan
o'quvchilar guruhi o'qituvchi rahbarligida ishlaydi. Ona tili darslari quyidagicha tuzilishga ega:
1. Tashkiliy kism
- 3-5
2. O'tilgan mavzuni so'rash
- 5-8
3. O'tilgan mavzuni yakunlash
- 3-5
4. Yangi mavzu
- 10-15
5. Yangi mavzuni mustahkamlash
- 10
6. Vazifa berish
- 3-5
Albatta, bu tartib dars turiga, dars maqsadiga qarab o'zgarib turishi mumkin. Metodik
tomondan o'zini oqlagan, tajribada sinab ko'rilgan noanan'aviy darslar ham ona tili o'qitish
metodikasining yutug'i hisoblanadi. Masalan:
1993 yildan beri yil o'qituvchisi ko'riklari o'tkazib kelinadi. Respublika miqyosida fanlar
uchun 14 ta o'rin ajratiladi. Shu o'rinlardan 1993 yilda 4 ta o'rinni, 1994 yilda 7 ta o'rinni, 1995
yilda 6 ta o'rinni til o'qituvchilari egalladi. Tasavvur qiling, maktablarda 16 dan 20 tagacha fan
o'qitiladi. Respublikaga chiqish uchun mo'ljallangan ballga boshqa fan o'qituvchilariga qaraganda
tilchilar ko'proq ega bo'lmoqdalarki, bu holat ular faoliyatining samaradorligini ko'rsatadi. Bu
raqamlarni aytishdan maqsad nima? Maqsad shuki, ma'lum vaqtdan so'ng bo'lgusi pedagoglar ham
ular izidan borishi, ularning yutuqlarini saqlab qolishi zarur. Chunki erishilgan yutuqlarni, qo'lga
kiritilayotgan muvaffaqiyatlarni nafaqat saqlab qolish, balki yanada ko'paytirish uchun harakatni
hozirdan boshlash zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |