Anatomiya odam tanasining shakli, tuzilishi, uning funktsiyalarini va



Download 3,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet210/245
Sana24.01.2022
Hajmi3,64 Mb.
#407495
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   245
Bog'liq
odam anatomiyasi va fiziologiyasi

Nazorat savollar
.
 
1. Orqa miya qanday to’zilgan?  
2. Orqa miya nervlari qanday hosil bo’ladi?  
3. Orqa miyada qanday reflektor markazlar bor?  
4. Orqa miyasi shikastlangan odam nima uchun murakkab harakatlar qila olmaydi?  
5. Orqa miyada qo’zg’alish o’tkazuvchi qanday yo’llar bor? 
 
39-§ Bosh miya 
Bosh  miya  kalla  suyagi ichida  joylashgan  bolib,  u  miya  stvoli va  bosh  miya 
yarim sharlariga bo’lib o’rganiladi. Uzunchoq miya, ortqi miya (miya ko’prigi va 
miyacha), o’rta miya, oraliq miyadan tashkil topgan. Bosh miya ham oq va kulrang 
moddadan  iborat.  Oq  modda  o’tkazuvchi  yo’llarni  tashkil  hosil  qiladi.  Ular  bosh 
miyani  orqa  miya  bilan,  shuningdek,  bosh  miyaning  boshqa  bo’limlarini  o’zaro 
bog’laydi. O’tkazuvchi yo’llarni vazifasi tufayli, butun markaziy nerv sistemasi bir 
butun  xolda  ishlaydi.  Kulrang  modda  miya  yarim  sharlarini  va  miyachani  o’rab, 
po’stloq hosil qiladi. Shuningdek ayrim to’plam - yadro shaklida oq modda ichida 
joylashadi. Bosh miya ikki qismdan bosh miya ustuni (stvoli) va bosh miya katta 
yarim  sharlari  po’stlog’idan  iborat.  Bosh  miya  ustun  qismi  uzunchoq  miya, 
ko’prikcha, o’rta miya va oraliq miya va miyachadan iborat. Uzunchoq miya orqa 
miyaning  yuqoriga  tomon  ketgan  davomi  bo’lib,  uning  shaklini  saqlab  qoladi. 
Uzunchoq  miyaning  oldingi  va  orqa  qismi  bo’ylab,  xuddi  orqa  miyadagi  kabi, 
yaxshi  ko’rinib  turadigan  bo’ylama  egatchalar  o’tadi.  Uzunchoq  miya  tashqi 
tomondan  oq  modda,  ichki  tomondan  kulrang  moddadan  iborat.  Uzunchoq 
miyaning o’zunligi 3-3.5sm vazni 7 g atrofida bo’ladi. Uzunchoq miya reflektor va 
o’tkazuvchanlik  vazifasini  bajaradi.  Reflektorlik  vazifasi  unda  nafas  olish,  ovqat 
hazm  qilish,  qon  aylanishning  markazlari  joylashgan.  Chaynash,  yutish,  qusish, 
aksa  urish,  yo’talish  kabi  ximoyalanish  markazlari  ham  uzunchoq  miyada 
joylashgan.  Uzunchoq  miyaning  o’tkazuvchanlik  vazifasi  orqa  miyadan  kelgan 


181 
 
 
impulslarni bosh miyaga, bosh miyadagi qo’zg’alishlarni orqa miyaga o’tkazishdir. 
Uzunchoq  miyadan  yuqorida  aniq  ko’rinib  turadigan  egatcha  bilan  ajralgan 
ko’prikcha  yotadi.  Miya  ko’prigini  Varoliy  ko’prigi  ham  deb  ataladi.  Tashqi 
tomondan  kulrang  ichki  tomondan  oq  moddadan  tashkil  topgan.  Miya  ko’prigida 
uchlik,  ko’z  soqqasini  va  yuz  muskullarini  harakatlantiruvchi  markazlar 
joylashgan.  O’rta  miya  undan  ham  yuqoriroqda  joylashgan.  Uning  yuqorigi 
yuzasida to’rt tepalik joylashgan. To’rt tepalikning oldingi ikkitasida po’stloq osti 
ko’rish markazi, orqadagi ikki tepalikda po’stloq osti eshitish markazi joylashgan. 
       Oraliq  miya  ustuni  (stvoli)ning  eng  yuqorisida  joylashgan.  Uning  pastki 
sirtidan gipofiz boshlanadi. Barcha retseptorladan chiqadigan impulslar oraliq miya 
orqali  o’tib,  katta  yarim  sharlar  po’stlog’iga  tarqaladi.  Oraliq  miyaning  tarkibiy 
qismlariga talamus va gipotalamus kiradi. 
       Miyacha  -  uzunchoq  miya  tepasida  katta  yarim  sharlar  pastida  va  orqasida 
miyacha  joylashadi.  Miyacha  kulrang  modda  bilan  qoplangan,  bu  modda 
neyronlarning tanalaridan iborat miyacha po’stlog’ini tashkil etadi. 
 
 
 
 
46-rasm. Bosh miyaning tuzilishi. 
 


182 
 
 
Miyachaning ichki qismi oq moddadan iborat bo’ladi. Neyronlarning miyachadan 
chiqadigan  o’simtalari  uni  markaziy  nerv  sistemasini  boshqa  qismlari  bilan 
bog’laydi. Olimlar miyachasi olib tashlangan hayvonlarni kuzatib, bosh miyaning 
bu  bo’limini  ahamiyatini  aniqlaganlar.  Miyachasi  olib  tashlangan  hayvonlar 
tartibsiz  harakat  qiladi.  Ular  gandiraklab,  oyoqlari  chalkashib  yuradi.  Bu  tartibsiz 
harakatlarning  hammasi  ma`lum  vaqtdan  keyin  tartibga  tushadi,  chunki  nerv 
sistemasining shikastlanmagan  qismi  miyacha faoliyatining o’rnini  bosadi.  Bunda 
nerv sistemasining juda muhim xossasi, ya`ni moslanish xossasi namoyon bo’ladi. 
Bu  moslanish  katta  yarim  sharlar  po’stlog’i  vositasi  bilan  vujudga  keladi:  agar 
yarim  sharlar  po’stlog’i  olib  tashlansa,  miyachasi  olib  tashlangan  hayvonga  xos 
bo’lgan tartibsiz harakatlar yana paydo bo’ladi. 
Bosh miya ustuni (stvoli) ichidan kanal o’tadi. Bu kanal orqa miya kanalining 
davomi hisoblanadi. 
Miya ustuni (stvoli) sirtining ko’p qismi oq modda bilan qoplangan. Kulrang 
modda  sop  ichida  yadrolar  hosil  qiladi.  Yadrolardan  12  juft  bosh  miya  nervi 
boshlanadi.  

Download 3,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   245




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish