Orqa miya nervlari Odamda 31 juft orqa miya nervlari bo‘lib, 8 ta bo‘yin, 12 ta ko‘krak, 5 ta bel,
5 ta dumg‘aza va 1 ta dum nervlariga bo‘linadi. Orqa miya nervlari aralash
tolalardan iborat bo‘lib, tarkibida sezuvchi - afferent va harakatlantiruvchi -
efferent tolalari bo‘ladi. Orqa miya nervlarining orqa ildizi (sezuvchi) orqa miya
tugunida joylashgan hujayralarning markaziy o‘simtalaridan iborat. Oldingi ildizi
(harakatlantiruvchi) orqa miyaning oldingi shoxi hujayralarining aksonlaridan
iborat. Oldingi va orqa ildizlar o‘zaro qo‘shilib, orqa miya nervi poyasini hosil
191
qiladi va umurtqalararo teshikdan chiqqanidan so‘ng: oldingi shox