Anatomiya odam tanasining shakli, tuzilishi, uning funktsiyalarini va



Download 3,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet217/245
Sana24.01.2022
Hajmi3,64 Mb.
#407495
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   245
Bog'liq
odam anatomiyasi va fiziologiyasi

              
42-§  Periferik nerv sistemasi 
 
Nerv sistemasining periferik qismi orqa miya nervlari, bosh miya  nervlari va 
nerv tugunlaridan iborat. Orqa miya nervlari orqa miyadan chiqib, tana, buyin va 
qo’l-oyoqlarda  tarmoqlanadi.  Bu  nervlar  aralash  nervlardir:  ular  markazga 
intiluvchi  va  markazdan  chiquvchi  tolalardan  iborat.  Markazga  intiluvchi  tolalar 
orqali retseptorlardan orqa miyaga qo’zg’alish keladi, markazdan chiquvchi tolalar 
orqali esa qo’zg’alish orqa miyadan har xil organlarga o’tkaziladi. 
Bosh miya nervlari bosh miyadan chiqib, kalla va bo’yinga tarqaladi, ulardan 
faqat bittasi qorin bo’shlig’i organlarida tarmoqlanadi. 
Bosh miya nervlari jumlasiga hid bilish, ko’rish va eshitish nervlari kiradi, bu 
nervlar  markazga  intiluvchi  tolalardan  hosil  bo’lgan.  Ular  qo’zg’alishni  sezgi 
organlari  retseptorlaridan  bosh  miyaga  o’tkazadi.  Yuz  nervida  markazdan 
chiquvchi  tolalar  bo’ladi.  Shu  tolalar  orqali  qo’zg’alish  bosh  miyadan  yuz 


189 
 
 
muskullariga va so’lak bezlariga o’tadi. Bosh miya nervlarining ba`zilari aralash 
nervlardir.  Ularning  eng  yirigi  adashgan  nerv  deb  ataladi.  Bu  nerv  yurakda, 
o’pkada,  jigarda,  ichaklarda,  buyraklarda  va  boshqa  organlarda  tarmoqlanadi. 
Qo’zg’alish  adashgan  nervning  markazga  intiluvchi  tolalari  orqali  ichki  organ-
larning  retseptorlaridan  bosh  miyaga  o’tkaziladi.  Qo’zg’alish  adashgan  nervning 
markazdan  chiquvchi  tolalari  orqali  bosh  miyadan  ichki  organlarga  kelib, 
moddalar almashinuviga ta`sir etadi. 
Nerv  tugunlari  -  o’zaro  birikkan  neyron  tanachalarining  to’plamidir.  Nerv 
tugunlari  har  xil  organlar  ichida  yoki  ular  yonida  bo’ladi.  Bunday  tugunlarning 
ikkita  o’zun  zanjiri  umurtqa  pog’onasining  ikki  yoniga  joylashgan.  Quyosh 
chigalini hosil qiluvchi eng yirik tugunlar qorin bo’shlig’ida joylashgan. 
Bosh miya nervlari bilan orqa miya nervlarining markazdan chiquvchi tolalari 
harakatlantiruvchi va vegetativ tolalarga bo’linadi. 
Harakatlantiruvchi  nerv  tolalari  orqa  miya  bilan  bosh  miyaning 
harakatlantiruvchi markazlaridan boshlanib, skelet muskullarida ta`momlanadi. Bu 
tolalar skelet muskullarining qisqarishiga sabab bo’luvchi qo’zg’alishni o’tkazadi. 
Vegetativ  nerv  tolalari  gavdaning  hamma  organlariga  boradi.  Bu  tolalar 
organlardagi yoki shu organlar yonidagi nerv tugunlari orqali o’tadi; vegetativ nerv 
tolalari  harakatlantiruvchi  tolalardan  shu  bilan  farq  qiladi.  Qo’zg’alish  nerv 
tugunlarida bir neyrondan ikkinchi neyronga o’tadi.                                          
Vegetativ  tolalar  organning  faoliyatini  kuchaytiruvchi  yoki  sekinlashtiruvchi 
qo’zg’alishni o’tkazadi. Bunday tolalar skelet muskullarida ham bo’ladi. Bu tolalar 
orqali  boruvchi  qo’zg’alish  muskullarni  qisqartmasada,  ammo  muskullarda 
moddalar almashinuvini kuchaytirib, ularning ishini zo’raytiradi. Odatda, organga 
qarama  -  qarshi  ta`sir  etadigan  ikkita  vegetativ  nerv  tolalari  keladi.  Masalan, 
tomirlarga  tomir  kengaytiruvchi  va  tomir  toraytiruvchi  nervlar  keladi.  Tomir 
kengaytiruvchi  nervlarning ta`sirlanishi organning oziqlanishini oshiradi va uning 
faoliyatini kuchaytiradi, tomir toraytiruvchi nervlarning ta`sirlanishi esa organning 
oziqlanishini pasaytiradi va uning ishini bo’shashtiradi. Yurakda ham ikkita nerv 


190 
 
 
tarmoqlanadi.  Bulardan  birining  ta`sirlanishi  yurak  qisqarish  miqdori  va  kuchini 
oshiradi, ikkinchisining ta`sirlanishi esa qisqarish miqdori va kuchini kamaytiradi. 
Organlarning  ana  shunday  ikki  tomonlama  innervatsiyasi  shu  organlar  faoliyatini 
juda  aniq  tartibga  solish  uchun  imkon  beradi,  chunki  nervlardan  birining  ta`siri 
ikkinchisining ta`sirini muvozanatlab turadi. 
 
Periferik nerv sistemasi tarkibiga bosh va orqa miya nervlari, bosh va miya 
nervlarining sezuvchi tugunlari va ularning shoxlari kiradi. Uning asosini bosh va 
orqa  miyada    hamda  nerv  tugunlarida  joylashgan  nerv  hujayralarining  o‘simtalari 
hosil  qiladi.  Ular  impulslarni  periferiyadan  markazga  (sezuvchi),  markazdan  tana 
muskullarga  (harakatlantiruvchi),  markazdan  ichki  a’zolarga,  qon  tomirlar  va 
bezlarga olib boruvchi (vegetativ) tolalardan iborat.  
 
Nervlar  bosh  va  orqa  miya,  shuningdek  nerv  tugunlarida  joylashgan  nerv 
hujayralarining o‘simtalaridan iborat. Ular tashqi tomondan tarkibida kollogen va 
elastik  tolalari  bo‘lgan  yumshoq  biriktiruvchi  to’qimali  parda  bilan  o‘ralgan. 
Harakatlantiruvchi nervlar orqa miyaning oldingi shoxi va bosh miya nervlarining 
harakatlantiruvchi  hujayra  o‘simtalaridan  iborat.  Sezuvchi  nervlar
 
bosh  miya 
nervlarining  sezuvchi  tugunlari  va  orqa  miya  tugunida  joylashgan  hujayra 
o‘simtalaridan  tashkil  topgan.  Odam  organizmidagi  ko‘pchilik  nervlar  aralash 
bo‘ladi,  ular sezuvchi va harakatlantiruvchi tolalardan iborat. 
Vegetativ  nervlar  va  tolalar  orqa    miyaning  yon  shoxlari  va  bosh  miya 
vegetativ o‘zaklarida joylashgan hujayra o‘simtalaridan iborat.  
 
 
 
 

Download 3,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   245




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish