Anatomiya odam tanasining shakli, tuzilishi, uning funktsiyalarini va



Download 3,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet213/245
Sana24.01.2022
Hajmi3,64 Mb.
#407495
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   245
Bog'liq
odam anatomiyasi va fiziologiyasi

 
Nazorat savollari
.
  
1. Bosh miya ustuni (stvoli) qanday tuzilgan?  
2. Miya ustuni (stvoli)da qanday nerv markazlari bor?  
3. Miya ustuni (stvoli) boshqa organlar bilan nima orqali bog’lanadi?                   
4. Miyacha qanday tuzilgan va uning nima ahamiyati bor?  
  
40-§ Bosh miya katta yarimsharlari 
Bosh  miya  katta  yarimsharlari,  ya'ni  oxirgi  miya  markaziy  nerv 
sistemasining  eng  yirik  bo‘limi;  o‘ng  va  chap  katta  yarimsharlardan  va  ularni 


184 
 
 
tutashtirib  turadigan  qadoq  tana  hamda  boshqa  birikmalardan  iborat. 
Yarimsharlarni  chuqur  yoriq  ajratib  turadi.  Nerv  tolalaridan  iborat  qadoq  tana  
yarimsharlarni tutashtirib turadi.   
Katta  yarimsharlar  tashqi  kulrang  va  ichki  oq    moddadan  iborat.  Kulrang 
modda  yarimsharlar  po‘stlog‘ini  hosil  qiladi.  Uning  qalinligi  1,3  mm  dan  5  mm 
gacha. Po‘stloq neyronlari har - xil tuzilgan bo‘lib, olti qavat bo‘lib joylashgan.  
1-  tashqi  molekulyar  qavat  -  mayda  multipolyar  assotsiativ  hujayralar  va 
keyingi qavatda joylashgan neyronlar o‘simtalaridan iborat.  
2- tashqi  donador qavat - juda ko‘p multipolyar neyronlardan hosil bo‘lgan,  
3- tashqi piramidasimon qavat - mayda piramidal neyronlardan hosil bo‘lgan,  
4- ichki donador qavat - mayda yulduzsimon hujayralardan tashkil topgan,  
5 - ichki piramidasimon qavat  
6- polimorf qavat (duksimon) – har- xil shakldagi hujayralardan hosil bo‘lgan. 
Katta  yarimsharlar  tashqi  yuzasi  ilon  izi  pushtachalar  va  har  -  xil 
chuqurlikdagi  egatlarni qosil  qiladi.  Pushtachalar va egatlar  yarimsharlar  yuzasini 
kengaytirish  vazifasini  bajaradi.  Yarimsharlar  po‘stlog‘i  yuzasi  1.5-2  m
2
  ga  teng. 
Unda  14-16  mlrd  neyron  joylashgan.  Chuqur  egatlar  yarimsharlar  po‘stlog‘ini 
peshona,  tepa,  ensa  va  chekka  bo‘limlarga  hamda  bitta  orolchaga  ajratib  turadi. 
Har bir bo‘lma ham o‘z navbatida  yanada maydaroq ilon izi burmalarga ajraladi. 
Yarimsharlar  po‘stlog‘i  ostida    joylashgan  oq  modda  mielin  qobiq  bilan 
qoplangan, har - xil yo‘nalishda joylashgan neyron tolalaridan iborat. Tolalarning 
pastga  yo‘nalgan    qismi  bosh  miya  yadrosi  va  orqa  miya  kulrang  moddasida 
tugaydi.  Tolalarning  boshqa  qismi  ko‘rish,  eshitish,  ta'm  va  hid  bilish,  tuyg‘u 
organlarining yuqoriga ko‘tariladigan yo‘llari hisoblanadi. Ularning tolalari tashqi 
va ichki signallarni qabul qilib, tahlil qiladigan nerv markazlariga boradi. Bundan 
tashqari  bir  xildagi  nerv  markazlarini  birlashtiruvchi  nerv  tolalari  ham  bo‘ladi. 
Bunday  tolalar  chap  va  o‘ng  yarimsharlar  oralig‘idagi  qadoqsimon  tanani  hosil 
qiladi.              


185 
 
 
Katta yarimsharlar oq moddasining chuqur qismida yasmiqsimon, dumli va 
bir  necha  bazal  yadrolar  kulrang  moddadan  iborat  yupqa  plastinkani  hosil  qiladi. 
Oraliq    miya  ko‘rish  do‘mboqlari  va  bazal  yadrolar oralig‘idagi tor tirqish orqali 
asosiy o‘tkazichi yo‘llari miya po‘stlog‘iga va undan pastga o‘tadi. Bu joyda nerv 
tolalari  tig‘iz joylashib, oq moddadan iborat kapsulani hosil qiladi. Yasmiqsimon 
va  dumli    bazal  yadrolar  hujayralari  avtomatik  harakatlanishni  amalga  oshirishda 
ishtirok etadi. 
Miya  qobiqlari  va  bo‘shliqlari.  Bosh  miya  ham  orqa  miya  singari  qattiq, 
to‘rsimon va yumshoq qobiq bilan qoplangan. Miya qobiqlari orasida tor bo‘shliq,   
to‘rsimon  va  yumshoq  qobiqlar  orasida  orqa  miya  suyuqligi  bor.  Orqa  miyaning 
sirtqi qattiq qobig‘i va umurtqa pog‘onasi nayi oralig‘i g‘ovak yog‘ to‘qimasi bilan 
to‘lgan.  Bu  to‘qimada  orqa  miyadan  qon  oladigan  vena  qon  tomirlari  chigali 
joylashgan.  Orqa  miya  qattiq  po‘stidan  tashqi  tomonda  epidural  (qobiq  usti) 
bo‘shliq,  to‘rsimon  va  ichki  tomirli  (yumshoq)  qobiq  oralig‘ida  subaraxnoidal 
(to‘rsimon  qavat  osti)  bo‘shliq  joylashgan.  Bu  bo‘shliqlarda  miya  suyuqligi  bor. 
Orqa  miyaning  to‘rsimon  va  yumshoq  qobiqlari  oralig‘idagi  epidural  bo‘shliq 
g‘ovak yog‘ to‘qimasi bilan to‘lgan. Bosh miya qutisidagi epidural bo‘shliqda yog‘ 
hujayralari  bo‘lmaydi;  qattiq  miya  qobig‘i  miya  qutisi  suyagining  ichki  yuzasiga 
tegib turadi. Yumshoq po‘stloqda miyani oziqlantiradigan qon tomirlari bor. 
Bosh  miyada 
miya  qorinchalari
  deb  ataladigan  to‘rtta  bo‘shliq  bor.  Ularda 
miya  suyuqligi  bo‘ladi.  Birinchi  va  ikkinchi  qorinchalar  bosh  miya  yarim 
sharlarining har birida bittadan, uchinchi va to‘rtinchi qorinchalar oraliq miya va 
miya  stvoli  sohasida  joylashgan.  Qorinchalar  o‘zaro  bog‘langan  bo‘lib,  yon 
qorinchalar  uchinchi  qorinchaga,  u  esa  bosh  miya  suv  o‘tkazish  yo‘li  orqali 
to‘rtinchi qorinchaga ochiladi. Uchinchi qorincha tor tirqish shaklida chap va o‘ng 
ko‘rish do‘mboqchalari orasida, to‘rtinchi qorincha bosh miya stvoli bilan miyacha 
o‘rtasida  joylashgan.  To‘rtinchi  qorincha  teshikchalar  orqali  suparaxnoidal 
bo‘shliqqa, markaziy bo‘ylama nay orqali orqa miya nayiga tutashgan. Bosh miya 
qorinchalari  va  subaraxnoidal  bo‘shliqda  90-150  ml  suyuqlik  bo‘ladi.  Suyuqlik 


186 
 
 
asosan  miyaning  yon  qorinchalarida  ishlab  chiqilib,  bosh  miya  va  orqa  miyaning 
subaraxnoidal  bo‘shlig‘i  orqali  to‘rsimon  qobiq  o‘simtasiga,  so‘ng  u  еrdan  miya 
po‘stlog‘i sinusiga  va venalarga o‘tkaziladi. 
Miya  suyuqligi  bir  sutkada  davomida  to‘liq  almashinadi.  Subaraxnoidal 
bo‘shliq miya suyuqligi bilan to‘lgan bir necha kengayma (sisterna)ni hosil qiladi. 
Ulardan  biri  uzunchoq  miya  va  miyacha  oralig‘ida,  ikkinchisi  umurtqa  pog‘onasi 
nayining  ohirgi  qismida  joylashgan.  Markaziy  nerv  sistemasining  ayrim 
kassalliklarida  boshning  ensa  qismi  yoki  umurtqa  nayining  bel  qismiga  shprits 
ninasini sanchilib,  sisternalardan bir oz miya suyuqligi olib tekshiriladi.  
Bosh miyani ham orqa miya singari sirtdan miya suyuqligi o‘rab turadi. Suyuqlik 
miyani  jarohatlanishdan  saqlaydi;  markaziy  nerv  sistemasidagi  moddalar 
almashinuvida  ishtirok  etadi;  infektsiya  va  zaharli  moddalarni  qonga 
o‘tkazmaydigan barer funktsiyasini bajaradi. Nerv hujayralari va tolalari juda faol, 
kislorod tanqisligiga juda sezgir bo‘ladi. Markaziy nerv sistemasi  organizmga qon 
orqali  еtkazib  beriladigan  kislorodning  20%ga  yaqin  qismini  sarflaydi.  Shuning 
uchun kislorod miyaga qon orqali to‘xtovsiz kelib turadi.

Download 3,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   245




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish