Retseptorlarning o’ziga xosligi. Retseptorlarning muxim xususiyati ularning
o’ziga xosligi, ya`ni muayyan ta`sirlovchidangina qo’zg’ala olishidir. Masalan,
ko’z retseptorlari yorug’lik ta`siridan, quloq retseptorlari esa tovush ta`siridan
qo’zg’aladi.
Ba`zi xollarda retseptorlar o’ziga xos bo’lmagan ta`sirlovchilardan ham
qo’zg’alishi mumkin, ammo tuyg’u o’ziga xosligicha qoladi. Masalan, bosh lat
eganda ko’z retseptorlarining mexanik ta`sirlanishi yorug’lik tuyg’usini hosil
qiladi. Ammo bunday tuyg’u vujudga kelishi uchun zarb ancha kuchli bo’lishi
193
kerak. Ko’z o’ziga xos ta`sirlovchini shu qadar yaxshi sezadiki, odam ikki kilometr
narida turgan sham shu`lasini qorong’ida ajrata oladi.