Nazorat savollari.
1. Retseptorlar qanday gruhlarga bo’linadi?
2. Retseptorlarda hosil bo’ladigan qo’zg’alish jarayoni qanday ahamiyatga ega?
3. Retseptorlarning o’ziga xosligi nimadan iborat?
4. Analizator nima va u qanday qismlardan iborat?
43-§ Ko‘zning tuzilishi
Ko’rishning ahamiyati
. Tashqi muxit ta`sirlari orasida ko’rish ta`siri odam
uchun ayniqsa katta ahamiyatga ega. Biz tashqi dunyodan oladigan
ma`lumotlarning ko’p qismi ko’rish bilan bog’liqdir. Ko’rish tufayli atrofimizdagi
buyumlarni, jonli va jonsiz jismlarning xarakatini, grafik va ranli tasvirlarni farq
qilamiz. Ko’rish barcha turdagi mehnat faoliyati uchun muhimdir. Insoniyat ko’p
asrlar davomida tajriba to’playdi, fan, san`at rivojlanadi. Bu barcha tajribalar
natijasi kitoblar orqali keyingi avlodlarga o’tadi. Bunda ko’rish katta ahamiyatga
ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |