10
Odam va Havoga man qilingan meva – aql mevasi ekan...
Har birimizda ikki dunyo mujassam – qalb va aql. Ko’pincha ikkisi ziddiyatda.
To’g’rirog’i – aql qalbga qarshi chiqib qoladi. Qalb – o’z-o’zicha mukammal dunyo. U
ziddiyatga borishni, g’azablanishni, xafa bo’lishni, yomon ko’rishni bilmaydi. U faqat
sevishni va ezgulikka intilishni biladi.
Biroq aql nuqsonlardan holi emas. U g’arazgo’y, arazgo’y, manfaatparast va
kaltabin. Ha-ha – aql oxirini ko’ra bilmay ish qilishga usta. U mudom rejalar tuzadi,
hisob-kitob qiladi, ishonadi, umid qiladi, istaydi, izlaydi – ammo uning aytganlari har
doim ham to’g’ri chiqavermaydi. Chunki u – qalbchalik mukammal emas.
Barchamiz mukammal qalb bilan dunyoga kelamiz. Chaqaloqning aqli – oppoq
qog’ozdek, unga hali hech narsa yozilmagan. Ammo bu uzoqqa bormaydi – yashash
muhiti va ota-ona darhol qo’llariga qalam olib, o’z tushunchalaridan kelib chiqqan holda,
bu oq qog’ozni yozuv bilan to’ldira boshlaydilar. Bu jarayon butun umr davom etadi –
oila, maktab, jamiyat o’z haqiqatlarini kishi onggiga dastur tarzida kiritib boraveradi.
Siz-u biz shunchalar ishongan
aql
ana shunday shakllanadi.
Dunyoda bajarilishi shart bo’lgan bir qonun borki, uning oldida barchamiz ojizmiz.
Bu, albatta, muvozanat qonuni. Odamzod ham o’ziga xos qarama-qarshiliklar to’plami –
bir yoqda ezgulik mayog’i bo’lmish qalb tursa, boshqa tomonda manfaat ta’qibchisi – aql
turadi.
Hech o’ylab ko’rganmisiz – nima uchun aqlsiz jonzotlar Oxirzamonda ajrsiz
Jannatga kiritiladi? Nima uchun telba odamni ko’pincha begunoh banda deyishadi?
Chunki ularda aql yo’q. Biz odamlar aqlimizga ishonib, shu darajaga yetganmizki,
o’zimizni Tangrining boshqa mavjudot-u mahluqotlaridan yuqori hisoblaymiz. To’g’rida,
axir, odamni hayvon bilan tenglashtirish – gunohi azim. Shundaymikan?..
Aqlsiz hayvon faqat qorni ochsa yoki o’zi va nasli hayotiga xavf tug’ilsagina
boshqa jonzotni o’ldiradi. Ongli inson esa – shunchaki, maroq uchun ham o’ldiraveradi
(ovga chiqmaganmisiz?). Aqlsiz hayvon faqat mavsumi kelib, nasl qoldirish zarurati
bo’lgandagina jufti bilan qovushadi. Ongli odam bo’lsa istagan paytda istagancha
shahvoniy lazzatga beriladi.
Hayvonlarning, va umuman – har qanday tirik jonzotning ham ruhi – qalbi bor. Ular
ham Tangrining buyuk qudrati mevasi. Dunyoda bir mavjudot qolganlaridan yuqori qilib
yaratilmagan. Muqaddas bitiklarda bu borliqdagi ne’matlar inson hayotini farovon etish
uchun yaratilgani aytiladi. Bunday ta’kidni o’zini “koinot markazi” deb bilgan odamzod
juda xato tushungan. Bunda Yaratganning marhamatini ko’ra bilish va unga shukr
keltirishga ishora etilgan aslida. Buni qarangki, o’sha biz o’zimizdan quyi deb bilgan
mavjudotlar bizsiz yashay oladi (yovvoyi tabiatni nazarda tutsak) – biz esa ularsiz yashay
olmaymiz. Ular bizga emas – biz ularga qay darajadadir tobemiz.
Ko’pchiligimiz aql va qalb tushunchalarini farqlashga qiynalamiz. Misol uchun
“aqldan ozgan” iborasini qanday tushunasiz? Sizningcha, aqldan ozgan odam pichoq olib,
o’ng-u so’lda hammani so’yib yurishi mumkinmi?
Aslida bunday odamning aqli ishdan chiqmagan – balki uning qalbi tamoman
ko’mib tashlangan. Odamda uni xatti-harakatga undovchi ikki kuch bor – biri qalb,
boshqasi aql. Ko’p hollarda kishi ko’ngli istagan narsasini aqli xohlamaydi (ko’ngil
Do'stlaringiz bilan baham: |