11
muzqaymoq yegisi keladi – ammo aql tomoq og’rib qolishi xavfini sabab qilib buni rad
etadi). Yoki ko’ngil istamagan narsani aql xohlaydi (ko’ngil shu odam bilan baxtli
bo’lolmasligini, uni sevolmasligini his etib, u bilan turmush qurishni istamaydi – ammo
aql bu odamning badavlatligini ko’rib bunga rozi bo’ladi). Bunday mayda va ba’zida,
katta ikkilanishlar hammamizda bo’ladi.
Afsuski, qalb va aql bahsida ko’pincha aql ustun keladi. Ba’zi odamlar ko’ngillariga
qarshi kurashda shu darajaga borib yetadiki, ularning qalbi qattiq arazlab “o’z g’ilofiga
o’ralib” oladi. Bunda aql “yakka hukmron”ga aylanadi va bosar-tusarini bilmay qoladi.
Ruhan hastalar ana shunday yetishib chiqadi.
Bunda taxminan shunday holat ro’y beradi. Aql va qalb degan ikki bolakay bor.
Ular dunyo degan katta uyda yashashadi va har kuni hayot degan o’yin o’ynashadi.
Ammo har kuni bu o’yinning qoidalarini aql belgilaydi. Bo’lmasamchi – axir, u hamma
narsani biladi. Ko’ngil esa o’z istaklarini aql buyruqlariga qarshi aytolmaydi – axir, u juda
ko’ngilchan. Bordi-yu aytsa ham, aql uni darhol koyib beradi. Oxir oqibat aqlning fe’lidan
zerikkan qalb o’ynagisi kelmay qoladi va bir burchakka qisilib, jim o’tiraveradi.
Bekorga psixiatrlar o’z bemorlarini
ko’ngliga yo’l topishga
harakat qilmaydilar.
Ular o’yin davomida qattiq arazlab yoki qo’rqib ketganidan katta uyning bir burchagiga
berkinib olgan bolakayni topishlari kerak. Agar ular shu bolakayni topib, uni yupatib,
unga shirinlik berib, uni avrab gapirtirib, yana o’yinga qaytara olishsa – bemor tuzaladi.
Yuqorida aytilgan fikrlardan kimdir aql insonni faqat yomon qilmishlarga undar
ekan deb xulosa qilishi mumkin. Men aql buyurgan har qanday ish xato
demoqchimasman. Faqat shuni esdan chiqarmaslik kerakki, aql nimani istamasin, buning
ortida ilojsiz qandaydir manfaat yotadi. Bu qanday manfaat ekanini idrokning o’zi ham
anglamasligi mumkin.
Dunyo shunday ajoyib tuzilganki, unda manfaatga erishishning eng samarali yo’li
– manfaatsiz ish qilish. Qalbingiz doim hech bir manfaat ortidan quvmagan narsani
buyuradi. Yo’q, to’g’rirog’i, uning yagona manfaati – bu uning istagi.
Bunga yana yangi tug’ilgan chaqaloqni misol qilish mumkin. Uning hali ongi
shakllanmagan. U istagan narsasini qiladi – ya’ni ko’ngli istagan narsani. Och qolsa –
yig’laydi, to’ysa – uxlaydi. U o’z qalbi istagidan boshqa narsalarning ortidan quvmaydi.
Shuning uchun unga hamma narsa beriladi – mehr, e’tibor, yashash uchun sharoit.
Bolaligim – podsholigim degani bejiz emas, axir.
Do'stlaringiz bilan baham: |