kimdir tushunishini istaymiz. Bir odam boshqasiga uni tushunibgina ko’ngil xotirjamligini in’om
etishi mumkin. Biroq boshqalarni tushunish – biz o’ylaganchalik oson ish emas.
Mayli, boshqalarni tushuna olish qobiliyati – ikkilamchi masala. Avval o’zimizni,
o’zligimizni
anglash haqida suhbatlashaylik. Ushbu kitobning yarmidan ko’prog’i aynan ana
7
DUSHANBA
Shaxsiyat
Siz kimsiz?
-
Sirdosh, sizga ajoyib savolim bor.
-
Xo’sh-xo’sh?
-
Siz kimsiz?
-
Bu nima deganingiz?
-
Ya’ni siz “men” deganda kimni nazarda tutasiz?
-
O’zimni. Men – Sirdoshman.
-
Demak, siz – bu sizning ismingiz ekan-da?
-
Faqat ismim emas. Men kimningdir farzandi, kimningdir do’sti,
kimningdir sevgani, yana kimningdir dushmaniman.
-
Demak, siz – bu siz kimgadir nisbatan tutgan o’rningiz, rolingiz ekan-da?
-
Shunaqa desa ham bo’ladi. Yana men romantikman, shoirman, bir oz
dangasaman, qiziqqonman – xullas, har xil fazilat-u kamchiliklarga ega oddiy
odamman.
-
Tug’ilishingizdan avval ham o’shanday oddiy odam edingizmi? O’limdan
so’ng ham xuddi shunday bo’lib qolasizmi?
-
Bilmadim...
Bu suhbatni to’liq yozadigan bo’lsam – bitta kitobga sig’maydi. Lekin aynan “Men
kimman?” degan savolga qay darajada aniq javob bera olishimiz hayotimizda muhim
o’rin tutadi.
Qadim zamonlardan buyon buyuk mutafakkirlar odamzodning bu dunyoda tutgan
o’rni haqida bosh qotirib kelgan. Birlari yillar davomida tabiat va jamiyatni kuzatib,
odamzod bu ulkan olamda atiga bir zarra ekanini anglab yetishgan. Boshqalari odamzodni
butun dunyoni o’zgartirishga qodir mavjudot ekaniga yaqqol dalillarga duch kelishgan.
Xo’sh, ulardan qay biri haq?
Har biri va hech biri.
Ularning har ikkisi ham haq – chunki ular o’z haqiqatlarini haqiqiy misollar bilan
tasdiqlay olishadi. O’zingiz o’ylab ko’ring – ming qilsa ham, biz tabiat qonunlariga
bo’ysunib, bu koinotning bir zarrasi bo’lib yashaymiz (har holda, hammamiz yer tortish
kuchi ta’siridamiz). Ammo boshqa tomondan, biz atrof dunyoga sezilarli darajada ta’sir
o’tkaza olamiz – buni isbotlash uchun so’nggi asrda atrof-muhitga yetkazgan zararimizni
chamalab ko’rsak bo’lgani. Shunday ekan, qarama-qarshi ikki g’oyani yoqlovchilar ham
haq.
Ammo odamzodni dengizdan bir tomchi deganlar haqiqati insonni ulug’laganlar
haqiqatiga to’g’ri kelmaydi va aksincha. Istalgan haqiqatni inkor etuvchilar albatta
topiladi. Shuning uchun ham ularning hech biri haq emas.
Boshingizni qotirib yubordimmi? Mayli, soddaroq gapiraman.
Yaxshisi, sizga navbatdagi sirni ochishdan boshlay. Uni qarangki,
bu dunyoda siz
Do'stlaringiz bilan baham: