15
Eng achinarlisi,
aqlining gapiga ergashishda o’ta chuqurlashib ketgan odam
shaxsiy, ya’ni ma’naviy o’sishdan to’xtab qoladi
. Buning eng yaqqol misoli – hamma
narsani bilishga da’vo qilgan odamdir. U o’z bilim va tushunchalariga shu qadar tobe
bo’lib qolganki, o’zgalar fikri va qadriyatlari uning uchun xato bo’lib ko’rinaveradi.
Albatta, siz bunday odam emassiz. Bu kitob unday odam qo’liga tushsa edi, u ensasi
qotib yoki masxaromuz kulib, kitobni yelkasidan oshirib tashlagan bo’lardi. To’g’rida –
u shundoq ham qanday yashash kerakligini biladi, bunda unga darslik kerak emas.
Biroq har birimizda ana shunday o’zbilarmonlik illati ozmi-ko’pmi bor. Buni tan
olamizmi-yo’qmi, har birimiz o’zgalar fikrini har doim ikkinchi darajaga qo’yamiz.
Aqlingiz hozir “Nima unda boshqalarning fikriga qarab yashashim kerakmi?” deb
g’azablanayotganini sezib turibman. Unga qarshi men hech narsa demayman – chunki
aqlingiz har qanday gapimni inkor qilishda davom etaveradi.
Umuman, men sizning aqlingiz emas – qalbingiz bilan sirlashsam degandim.
Ammo, avval aytganimdek, aqlingiz qalbingizni yetti enli devor bilan o’rab, qamal qilib
olgan. Ko’nglingiz darvozalariga kalladek qulf osib, uning kalitini qaysar posbonga
topshirgan. Shu bois ko’nglingizga yo’l topish uchun men sizning aqlingiz bilan sulhga
bormasdan ilojim yo’q. Kalitdor posbonga aniq mantiqiy isbotlardan pora berib, uni avrab
darvozani ochib berishga ko’ndirishga urinib ko’raman. Agar aqlingiz toqatsizlik qilib,
meni quvib yubormasa – qalbim aytgan sirlar qalbingizga yetib borishiga ishonaman.
Inson aqli u hayotida shu kungacha olgan bilimlardan foydalanib ish ko’radi.
Bolalikda bizning aqlimiz bilimga chanqoq, yangilikka intiluvchan bo’ladi. Shuning
uchun kattalarni turli-tuman savollar bilan qiynab qo’yamiz. Ba’zida kattalar yosh
bolaning savoliga javob bera olmay qoladi – bunda savolning javobi ular bilim doirasiga
kirmaydi.
Ulg’ayib borar ekanmiz, biz bilgan narsalar ko’payib boradi. Avval aytganimdek,
aqlimiz bilgan narsalarini qonun qilib o’rnatib qo’yadi. Borib-borib, bunday qonunlar shu
darajada ko’payib ketadiki, ular yangi bilimga intilish istagini yengib ketadi. Kishi o’z
hayotiy tajribasiga shubha qilmaydi va hayotni hozirgacha bilgan narsalari doirasida tahlil
qilib yashayveradi.
Ammo o’ylab ko’ring. Axir, dunyo – bu
cheksiz
haqiqatlar makoni.
Sathi futbol maydoniga teng oq qog’ozni tasavvur qiling. Mana siz uning ustida
yuribsiz. Qo’lingizda qalam. Qani, shu qalam bilan qog’ozga tangadek aylana chizing.
Bo’ldimi? Yaxshi. Endi uning yoniga koptokdek aylana chizing. Buni ham
uddaladingizmi? Ofarin. Endi katta doshqozon og’zidek aylana chizing. Bu ham juda
oson – shunday emasmi? Endi uchala aylanaga qarang – diqqat bilan qarang.
Sizning bilimlaringiz xuddi aylanadek cheksiz katta dunyoning bir bo’lagini ajratib
beradi. Bilimingiz qancha ko’p bo’lsa – qog’ozdagi aylanangiz shuncha katta demak.
Lekin siz o’z aylanangizni chizib, uning hoshiyalarini qalinlashtirib mustahkamlab
qo’ysangiz – aylanangiz o’sishdan to’xtaydi.
Anglab turganingizdek, aylana qancha katta bo’lsa, shuncha yaxshi. Biroq men
sizga bilim aylanangizni iloji boricha kattaroq chizishni emas – uni o’sishdan
to’xtatmaslikni taklif qilmoqchiman. Axir, tinimsiz o’sib borgan aylana bir kun kelib
futbol maydonidan ham kattaroq bo’lib ketishi mumkin…
Do'stlaringiz bilan baham: |