Sog’liqni saqlash vazirligi ogohlantiradi



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/108
Sana24.01.2022
Hajmi1,11 Mb.
#407371
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   108
Bog'liq
l

 

17 

bilan uning barglarini tozalab turgan, unga suv quygan va shirin gaplar bilan erkalatgan. 

Ikkinchisi  har  safar  xonaga  qaychi  ko’tarib  kirgan,  o’simlik  barglarini  qirqigan,  unga 

qo’pol munosabatda bo’lgan, yoqimsiz gaplar gapirgan. 

Tajriba so’nggida olingan natijalar hammani hayratga solgan. 

Jo’xori o’sayotgan xonaga mehribon yordamchi kirganda, o’simlik tanasi xotirjam 

nurlanish taratgan. Qarovchi uni erkalatganda esa, o’simlik taratayotgan elektromagnit 

to’lqinlar bir maromga kelgan va yana-da tekislashgan.  

Ammo xonaga qaychi ko’targan tajribachi kirganda, o’simlik uni darhol tanigan, 

uning  tanasi  notinch  elektromagnit  to’lqin  chiqara  boshlagan.  Qarovchi  uning  yoniga 

qaychi  bilan  yaqinlashganda  esa,  jo’xori  qichqiriqqa  o’xshash  kuchli  tebranish  bilan 

munosabat bildirgan. 

Juda ajoyib-a? O’simliklarning ham eslab qolish, munosabat bildirish, hadiksirash 

va qo’rqish qobiliyatlari bor ekan. Bunga boshqa ko’plab ilmiy dalillar keltirish mumkin. 

Asl  bog’bon  yosh  navniholni  o’z  farzandidek  parvarish  qiladi.  Hech  bog’idagi 

mevali  daraxtlar  bilan  gaplashib  yurgan  bog’bonni  ko’rganmisiz?  Men  ko’rganman. 

Uning  bog’idagi  daraxtlar  har  yili  bexato  hosil  beradi  va  mevalari  shirasi  bilan  tilni 

yoradi. 


Musulmonchilikda  hayvon  so’yishda  duo  aytilishi  bekorga  emas.  Usta  qassoblar 

hech  qachon  qurbonlikka  atalgan  hayvonga  pichoqni  ko’rsatmaydilar.  Ular  hayvonni 

tinchlantirib, erkalab yupatib – keyin pichoq tortadilar. Islomda qiynab o’ldirilgan hayvon 

go’shtini harom deyilishi bejiz emas. Bunda ajoyib xislat bor. Gap shundaki, agar hayvon 

o’limidan  oldin  qo’rqsa,  uning  qoniga  katta  miqdorda  adrenalin  qo’shiladi.  Qassoblar 

hayvon bo’g’ziga pichoq tortib, uning tomirlaridan hamma qonni chiqarib tashlaydilar. 

Ammo mayda qon tomchilari et hujayralari orasida qolib ketadi. Agar bu qon tomchilari 

adrenalinga to’yingan bo’lsa, u go’shting sifatini buzadi va uni iste’molga yaroqsiz qilib 

qo’yadi. 

Odamzod  onggi  o’sgani  sayin  ona  tabiatdan  uzoqlashib,  unga  begonalashib 

bormoqda.  Axir,  bugun  qay  birimiz  atrofimizdagi  boshqa  jonzotlarning  maqsadlari  va 

tuyg’ulari  bilan  qiziqamiz?  Yaratgan  har  bir  mavjudotni  ruh  bilan  yaratgan  –  har  bir 

jonzot his qilish va o’z maqsadlariga intilish qobiliyati bilan bunyod bo’lgan. 

Keyingi  safar  sevimli  insoningiz  uchun  sovg’a  tarzida  yashnab  turgan  gulni 

uzmoqchi  bo’lib,  unga  yaqinlashganingizda  –  bechora  o’simlik  qanday  dahshatli 

vahimaga tushishini o’ylab ko’ring. Tirik daraxt qarshisida bolta ko’targan kishi paydo 

bo’lsa – daraxt his etgan qo’rquvni tasavvur qiling. 

Men  sizda  shafqat  hissini  uyg’otmoqchi  emasman.  Albatta  –  hayotimiz  ko’p 

jihatdan boshqa jonzotlarning nobud etib, ular bergan ne’matlarni iste’mol qilishimizga 

bog’liq. Ammo o’z mag’rurligiga ergashgan odamzod, nimagadir, uni o’rab turgan dunyo 

va  undagi  barcha  mavjudotlar  faqatgina  uning  uchun  yaratib  qo’yilgan  deb  o’ylaydi. 

Ko’pchiligimiz o’simlik va hayvonlarning birgina vazifasi odamning hayotini ta’minlash 

degan xato tushuncha bilan yashaymiz. 

Yaratgan hech bir joyda adolatsiz ish  tutmaydi.  Odamni ong bilan mukofotlagan 

bo’lsa,  boshqa  mavjudotlarni  o’zga  qobiliyatlar  bilan  siylagan.  Bizda  burgutchalik 

ko’rish,  ko’rshapalakchalik  eshitish,  bo’richalik  hid  bilish  qobiliyati  yo’q.  Biz  ba’zi 





Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish