Avtomobil elektr jihozlarini ishlatish, diagnostika qilish va



Download 8,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/53
Sana23.01.2022
Hajmi8,73 Mb.
#406554
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   53
Bog'liq
avtomobil elektr jihozlarini ishlatis

6.2-rasm.  BOSCH  firmasining  kompakt  generatori:
1—shkiv; 2, 6—oldingi va ketingi qopqoqlar; 3—ventilatorlar; 4—stator
yig‘masi;  5—tortuvchi  vintlar;  7—cho‘tkatutqich-kuchlanish  rostlagichi
birlashtirilgan tugun; 8—himoya qobig‘i; 9—kontakt halqalar;
 10—to‘g‘rilagich  bloki; 11—mahkamlash  qulog‘i; 12—podshi pnikni
qopqoqqa  o‘tkazadigan plastmassa  stakan;  13—rotor  yig‘masi.
1
2
3
4
5
3
6
7
8
9
10
11
12
13


130
Rezbadagi nuqsonlar rezbani qayta ochish yo‘li bilan bartaraf
etiladi,  yuritma  va  kontakt  halqalari  tomonidagi  teshiklar
ta’mirlangan  vtulka     yoki  podshi pnik  o‘lchamlari  bo‘yicha
ishlov beriladi. Ba’zida yeyilgan teshiklarning o‘lchami  galvanik
usul bilan tiklanadi. Qopqoq oltingugurtli rux  va bor kislotasi
asosidagi  ma’lum  konsentratsiyali  elektrolitga  tushiriladi.
Qopqoqqa  musbat  (+),  elektrodga  manfiy  (—)  potensial
uzatiladi. Tok kuchi 20—30 A bo‘lganda, 5—7 daqiqa davomida
qopqoqning  yuza  qatlami  qalinlashadi.  So‘ngra  tiklangan
teshiklarga  kerakli  o‘lcham  olinguncha,  ishlov  beriladi  va
qopqoq yig‘ishga yuboriladi.
Tashqi  ventilatorning  bukilgan  parraklari  va  saralangan
qopqoqlar gidropressda to‘g‘rilash yo‘li bilan tiklanadi.  Ichki ven-
tilatorlarning bukilgan parraklari maxsus kalibrlar bo‘yicha to‘g‘-
rilanadi, bunda ularning rotorga payvandlanish sifati tekshirilishi
zarur.
Generator shkivlarining 80% ga yaqini stanokli  va chilangarlik
amaliyotlarini  qo‘llab  tiklanadi  va    undan  keyin  albatta
muvozanatlanadi. Ko‘p jilg‘ali (poliklin) tasmalar bilan  ishlatishga
mo‘ljallangan  shkivlar  shikastlangan  yoki  yeyilgan  bo‘lsa,
ta’mirlanmaydi.
To‘g‘rilagich bloklari va integral kuchlanish rostlagichlarining
ko‘rsatkichlari  belgilangan  me’yorga  to‘g‘ri  kelsa,  yig‘ishga
yuboriladi, ishdan chiqqanlari esa yangisi bilan  almashtiriladi.
6.3-rasm. Generator qurilmasining rotorida yuzaga kelishi
mumkin  bo‘lgan  nuqsonlarning  joylashish  sxemasi:
— valning  yuritma  tomonidagi  rezbaning  uzilishi,  urilishi yoki  yeyilishi;
2, 4 — val bo‘yinchasining yuritma va kontakt halqalari tomonlarining
yeyilishi; — kontakt halqalarining yeyilishi; 5, 9 — valning kontakt halqalari
va yuritma tomonidagi ko‘ndalang yuzasi markaziy teshigining urilganligi;
— uyg‘otish chulg‘ami va kontakt halqalarini ulovchi simlarning uzilishi
yoki qalaylangan joyining  ko‘chib qolishi; — uyg‘otish chulg‘ami elektr
qarshiligining  o‘zgarishi,  chulg‘am  izolatsiyasi  yeyilib,  chulg‘amning  «massa»
bilan tutashib qolishi;  — shponka ariqchasining (mavjud bo‘lsa) yeyilishi.
9
1
2
8
7
6
3
4 5


131
Generator  qurilmalarini  yig‘ish,  qismlarga  ajratish  tartibi
teskari ketma-ketlikda amalga oshiriladi. Yig‘ilgan generator maxsus
qurilmalarda sinab, ularning texnik tavsifnomalarining belgilangan
texnik shartlarga mos kelishi tekshiriladi va tamg‘alanadi.
Sinalgan generatorlar o‘raladi va tayyor mahsulotlar omboriga
jo‘natiladi.

Download 8,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish