Avtomobil elektr jihozlarini ishlatish, diagnostika qilish va



Download 8,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/53
Sana23.01.2022
Hajmi8,73 Mb.
#406554
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   53
Bog'liq
avtomobil elektr jihozlarini ishlatis

Elektr  ta’minoti  va  ishga  tushirish  tizimini  diagnostika  qilish.
Akkumulator batareyalarini yuklamasiz tekshirish. O‘t oldirish ti-
zimi o‘chiriladi. Voltmetr (18) akkumulator batareyasi kuchlani-
shini ko‘rsatadi, bu ko‘rsatkich 12 V dan kam bo‘lmasligi kerak.
Akkumulator batareyalarini yuklama ostida tekshirish. Uzatmalar
qutisi richagi neytral holatga qo‘yiladi. Òugmacha (24) «Ïóñê» va
«Ñòîï» (25) baravariga bosiladi. Òugmacha «Ñòîï»ning bosilishi
dvigatel ishga tushib ketishining oldini oladi. 5 soniyadan so‘ng
ko‘rsatkich  orqali  akkumulator  batareyasi  kuchlanishi  aniq-
lanadi. Soz holdagi akkumulatorlarda bu kuchlanish 10,2 V dan
past bo‘lmasligi lozim.
Startyorni  to‘la tormozlanish  rejimida tekshirish.  Uzatmalar  qutisi
richagi  yuqori tezlik  rejimi holatida  avtomobil  tormozlab qo‘yiladi.
Òugmacha (24) «Ïóñê» bosiladi  va ampermetr  (19) orqali  startyor
iste’mol toki aniqlanadi. Bu qiymat texnik ko‘rsatkichlar bilan solishti-
riladi. Voltmetr (18) ning ko‘rsatkichi 8 V dan kam bo‘lmasligi kerak.


120
Generatorni tekshirish. O‘t oldirish tizimi ulanadi. Almashlab
ulagich  (26)  «G250»  holatiga  qo‘yiladi,  avtomobil  dvigateli
tugmacha (24) «Ïóñê» yordamida ishga tushiriladi va tugmacha
(27)  «Áîëüøå»  yordamida  dvigatel tirsakli  vali  aylanishlar  soni
sekin-asta oshiriladi, voltmetr (18) orqali generatorni yuklamasiz
ishlab chiqarayotgan kuchlanishi nominal qiymatga yetkaziladi.
Òaxometr orqali aylanishlar soni kuzatiladi, bunda tirsakli val va
generator  uzatmalar  koeffitsiyentini  hisobga  olgan  holda  texnik
tavsifnoma bilan solishtiriladi. Agar generator uyg‘onmasa, genera-
tor  uyg‘otuvchi  chulg‘amini  kuchlanish  rostlagichidan  chetlab
o‘tuvchi akkumulator batareyasiga ulovchi tugmacha (22) «Âîç-
áóæäåíèå» bosilib, generator uyg‘otiladi.
Generator yuklamasiz kerakli natijani bersa, navbatdagi re-
jim yuklama ostida tekshiriladi. Buning uchun almashlab ulagich
(23) ni «6000» holatiga qo‘yiladi, sekin-asta reostat dastagi (32) ni
burab, ampermetr (19) orqali yuklama tokining oshishi kuzati-
ladi. Generator kuchlanishi aylanishlar chastotasini oshirish hiso-
biga nominal qiymatda ushlab turiladi. Yuklama tok qiymati tav-
sifnomada berilgan qiymatga yetganda taxometr (21) ko‘rsatkichi
bo‘yicha (uzatma koeffitsiyenti hisobga olingan holda) generator
rotori chastotasi aniqlanadi va texnik tavsifnomaga solishtiriladi.
Kuchlanish  rostlagichni  tekshirish.  Almashlab  ulagich  (26)
«PP362» holatiga, almashlab  ulagich  (23) taxometr  «6000» ho-
latiga qo‘yiladi. Òugmacha (27) yordamida tirsakli val aylanishlar
sonini  sekin-asta  oshirib  borib,  voltmetr  (18)  va  taxometr  (21)
ko‘rsatkichini kuzatib boriladi. Agar generator uyg‘onmasa, tug-
macha (22) «Âîçáóæäåíèå» yordamida uyg‘otiladi. Òugmacha
qo‘yib yuborilgandan so‘ng generator ishlamasa, kuchlanish rost-
lagichi yoki uyg‘otish zanjiri nosoz hisoblanadi. Aylanishlar chas-
totasi oshirilishi bilan generator kuchlanishi cheksiz oshishi kuza-
tilsa, kuchlanish rostlagichi nosoz hisoblanadi. Aylanishlar chas-
totasi oshirilishi bilan generator kuchlanishi ma’lum qiymatdan
oshmasa, kuchlanish rostlagichi soz holatda deb hisoblanadi. Nav-
batdagi tekshirish kuchlanish rostlagichi me’yoriy qiymatini soz-
lashdan iborat bo‘ladi. Aylanishlar chastotasi 3000 ayl/daqiqaga
ko‘tariladi. Aylanishlar chastotasini taxometr (21) orqali  (uzatma
koeffitsiyentini hisobga olgan holda) aniqlanadi. Reostat dastagi
(32) yordamida generatorga nominal tokning 0,5 qiymatiga teng
yuklama toki beriladi. Bu qiymat ko‘rsatkich (19) orqali nazorat
qilib  boriladi.  Voltmetr  (18)  orqali  esa  rostlanuvchi  kuchlanish


121
nazorat qilinadi. Bu o‘lchashlar jarayonida qurilmada qayd qilina-
yotgan  kuchlanish  haqiqiy  kuchlanishdan  0,6  V  kam  bo‘lishini
hisobga olish kerak. Bunday farq qurilma va avtomobilaro qo‘-
shimcha o‘tkazgichlarning ulanishi hisobiga sodir bo‘ladi.

Download 8,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish