Avtomobil elektr jihozlarini ishlatish, diagnostika qilish va



Download 8,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/53
Sana23.01.2022
Hajmi8,73 Mb.
#406554
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   53
Bog'liq
avtomobil elektr jihozlarini ishlatis

Barcha silindr  yuqori kuchlanish zanjirini  tekshirish. Almash-
lab ulagich (12) «Íàëîæåíèå II» holatiga qo‘yiladi. Boshqaruv
buragich  (14)  «Ðàçìåð»  ossillograf  ekrani  bo‘yicha  tasvir  kat-
talashgunga qadar buraladi (5.2-rasm bilan bir xilda). Agar ossil-
logramma farqlansa, bu yuqori kuchlanish o‘tkazgichlarida izo-
latsiyaning buzilishi yoki zanjirda uzilish borligini bildiradi.
O‘t  oldirish  shamlarini  tekshirish.  Almashlab  ulagich  (12)
«15 KV» holatiga qo‘yiladi. Buragich (14) yordamida ossillograf
ekranida barcha shamlar kuchlanishi ko‘rinishiga erishiladi, birinchi
silindr  shami  kuchlanishi  tasviri  ekran  oxirida,  qolgan  shamlar
kuchlanishlari esa chapdan o‘ngga silindrlar ishlash tartibiga bog‘-
liq joylashgan. Har bir sham teshib o‘tish kuchlanishi 6—10 kV
bo‘lishi va bir-biridan 3 kV dan ortiq farq qilmasligi kerak.
Òeshib  o‘tish  kuchlanishining 4-shamda  pastligi  sham  elek-
trodlari orasi tirqishi kichikligi yoki qurum bosganligini bildiradi.
Bu kuchlanishning 3-shamda kattaligi tirqish kattalashganligi yoki
tirqish kattaligi (taqsimlagich rotori ifloslanganligi, markaziy elek-


123
trodning yaxshi joylashtirilmaganligi)ni bildiradi. Òirsakli val-
ning  turli  chastotalarida  teshib  o‘tish  kuchlanishi  umumiy  qiy-
matning 2/3 miqdoridan oshmasligi kerak.
O‘t oldirish g‘altagi ikkilamchi kuchlanishini aniqlash. Almashlab
ulagich (12) «30 KV» holatiga qo‘yiladi. Birorta sham o‘tkazgichi
ajratib olinib, 30 KV shkala bo‘yicha qiymati aniqlanadi. Bu qiy-
mat 15—18 kV.dan kam bo‘lmasligi lozim.
Ilgarilatish burchagini tekshirish va sozlash. Vakuum rostlagich
shlangasi ajratiladi. Òirsakli val kichik aylanishlar bilan aylanti-
riladi. Almashlab ulagich (26) «Îïåðåæåíèå» holatiga qo‘yiladi.
Stroboskop yoritgichi dastagi (3) buralib ishga tushiriladi. Stro-
boskop yoritgichi impulsli nur berishi kerak. Yoritgich bilan tir-
sakli val moxovigi belgisi yoritiladi. Stroboskopik effekt natijasida
bu belgi qo‘zg‘almas bo‘lib ko‘rinadi. Dastak (3) ni burab moxovik
belgisini  karter  belgisiga  moslashtiriladi.  Shkala  (20)  bo‘yicha
ilgarilatish  burchagi  aniqlanadi.  Agar  bu  burchak  tavsifnomaga
to‘g‘ri kelmagan hollarda yoritgich buragichi (3) ni burab, qurilma
ko‘rsatkichi 20 (

) yordamida kerakli qiymatga erishiladi, so‘ngra
uzgich-taqsimlagich korpusini burab, belgi va stroboskop yoritgichi
moslashtiriladi.
Markazdan qochma rostlagichni tekshirish. Vakuum rostlagich
shlangasi ajratiladi. Òirsakli val kichik aylanishlar bilan aylanti-
riladi. Òirsakli val aylanishlar chastotasi sekin-asta oshirilib, mo-
xovik belgisi stroboskop yorug‘ligidan siljishiga erishiladi. Òaxo-
metr  (21)  yordamida  rostlagich  ishlay  boshlanishi  aniqlanadi.
Òirsakli val aylanishlar chastotasini oshirib belgi qo‘zg‘alishi to‘xta-
shiga erishiladi va rostlagich ta’sirining tugashi aniqlanadi. Aylanishlar
chastotasi qayd qilinadi. Buragich (3) yordamida belgi moslashtiri-
ladi va shkala (20) orqali ilgarilatish burchagi o‘lchanadi. Olingan
qiymatlar uzgich-taqsimlagich tavsifnomasi bilan solishtiriladi.
Vakuum rostlagich ishlashini tekshirish. Òirsakli val aylanishlar
chastotasini markazdan qochma rostlagich ta’sir etmas darajada oshi-
riladi. Stroboskop yordamida moxovik belgisini qo‘zg‘almas belgi
bilan moslashtiriladi va ko‘rsatkich 20(

) qiymati eslab qolinadi.
Vakuum shlangasi o‘rniga joylashtirilib  jarayon yana qay-
tariladi. Shkala (20) ko‘rsatkichidan foydalanib, har ikki rost-
lagich  hosil  qilgan  o‘t  oldirish  burchagi  o‘lchanadi. Vakuum
rostlagichi o‘zgartirgan burchakni topish uchun birgalikda eri-
shilgan natijadan markazdan qochma rostlagichning o‘zi hosil
qilgan burchak ayirib tashlanadi.


128
Generatorni  qismlarga  ajratish  ilgakni  siqib  chiqarish  va
generatorning orqa qopqog‘i (6) ga mahkamlangan himoya g‘ilofi
(8)  ni  yechishdan  boshlanadi.  koy  (6)  generatora.  So‘ngra
cho‘tkatut-qich (7) ni (integral kuchlanish rostlagichi bilan birga)
orqa  qopqoqqa  mahkamlovchi  vinti  bo‘shatilib,  cho‘tkatutqich
o‘tkazilgan joyidan chiqarib olinadi va kuchlanish rostlagichining
«D» klemmasiga ulangan sim yechib olinadi.
Stator (4) ning faza chulg‘amini chiqish simlarini to‘g‘rilagich
bloki  (10)  ga  ulovchi  vintlar,  xalaqit  bostiruvchi  kondensatorni
qopqoqqa mahkamlovchi vintlar yechib olinadi va kondensatorning
simi to‘g‘rilagich blokining «V» klemmasidan bo‘shatiladi (10),
faza  (4)  klemmalarini,  xalaqitlarni  yo‘qotish  kondensator
qopqog‘ini qotirib turgan vintlar bo‘shatiladi va kondensator  simi
to‘g‘rilagich blokining  «V» klemmasidan ajratib olinadi.
To‘rtta tortuvchi  vintlar (5)  burab olinib, rotor  bilan birgalik-
dagi qopqoq  (2) dan stator bilan birga orqa qopqoq bo‘shatiladi.
Stator orqa qopqoqdan ajratiladi, bunda chiqarib  olish moslamasi
yordamida kontakt halqalari tomondagi plastmassali stakanchaga
o‘rnatilgan podshi pnik  ham yechib  olinadi.
Rotorni oldingi qopqoq bilan birgalikda iskanjaga mahkamlab,
shkiv (1) qotirilgan gayka burab olinadi. Shkiv va tirgakli shayba
rotor qopqoqdan chiqarib olinadi.
Generatorning  qismlarga ajratilgan yig‘ma birikmalari, stator
va rotor yuvilib quritilgandan keyin testerning ommetr rejimida
diagnostika qilinadi. Uyg‘otish chulg‘amining  qarshiligi 2...8 

 
chegarasida bo‘lishi kerak. Uzilish topilsa, uning joyi aniqlanadi va
bartaraf etiladi. Aksariyat hollarda uzilish uyg‘otish chulg‘amining
uchlari kontakt halqalariga qalaylangan joyda  sodir bo‘ladi.
To‘g‘rilagich bloki,  integral kuchlanish rostlagichi va stator-
ning faza chulg‘amlari ham testerning ommetr rejimida  tekshiriladi.
O‘lchovlar  statorning faza chulg‘amlari qarshiligining qiymati har
xilligini ko‘rsatsa, bu o‘ramlararo qisqa tutashuv borligini anglatadi.
Qismlarga ajratilgan mahkamlovchi detallar tegishli idishlarga
joylashtiriladi  va  yuvish  mashinasiga  jo‘natiladi.  Yuvilgan  va
quritilgandan keyin ular saralanadi va shikastlanmaganlari yig‘ish
ishlarida ishlatiladi.
6.3-rasmda  generatorning  rotorida  yuzaga  kelishi  mumkin
bo‘lgan nuqsonlarning  joylashish sxemasi  keltirilgan. Generator
qurilmasi rotorini ta’mirlashda 5 ta yo‘nalishdan  iborat bo‘lgan
texnologiya qo‘llaniladi:


129
1. Rezbani tiklash va kontakt halqalarini yo‘nish;
2.  Rezba  ochish,  stanokdagi  amallar  va  kontakt  halqalarini
yo‘nish;
3. Kontakt halqalarini almashtirish, stanokdagi amallar, rezba
ochish va  kontakt halqalarini yo‘nish;
4. Uyg‘otish chulg‘amini almashtirish va yuqorida keltirilgan
3 ta yo‘nalishdagi amallarni bajarish;
5. Detallarni yaroqli va yaroqsizlarga  ajratish.
Statordagi nuqsonlarning  70% ga yaqini chulg‘amlarga to‘g‘ri
kelganligi sababli, ularni qayta   ishlatish mumkin va ta’mirlash
quyidagi tartibda amalga oshiriladi. Statorlarni isitkich pechlarida
500—600°C haroratda qizdirib, simlarining izolatsiyasi kuydiriladi.
Sovigandan  keyin  chulg‘am  simlari  yechib  olinadi,  tishcha  va
ariqchalarning o‘lchamlarini tiklash maqsadida  statorlar pressda
kalibrovka  qilinadi.  So‘ngra  ariqchalar  izolatsiya  qilinadi,  faza
chulg‘amlari  o‘raladi  va  shimdiriladi  hamda  quritiladi.  Elektr
ko‘rsatkichlari  va o‘lchamlari tekshirilgan stator yig‘ish uchastkasiga
yuboriladi.
Generatorning qopqoqlari rezba,  podshi pnik o‘tkaziladigan
joy va  generatorni dvigatelga qotiradigan bolt teshiklarining yeyilishi
kabi nuqsonlarga ko‘ra saralangandan keyin quyidagi tarzda tiklanadi.

Download 8,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish