Avtomobil elektr jihozlarini ishlatish, diagnostika qilish va


  O‘t oldirish tizimining  taqsimlagichi va



Download 8,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/53
Sana23.01.2022
Hajmi8,73 Mb.
#406554
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   53
Bog'liq
avtomobil elektr jihozlarini ishlatis

6.5.  O‘t oldirish tizimining  taqsimlagichi va
datchik-taqsimlagichini ta’mirlash
Taqsimlagichlar va datchik-taqsimlagichlar o‘t oldirish tizi-
mining  muhim elementlari hisoblanadi,  chunki ular  ichki yonuv
dvigatellarida o‘t oldirishni ilgarilatish burchagini va silindrlarning
ishlash tartibini belgilaydi. 6.7 va 6.8-rasmlarda mos ravishda  Xoll
datchikli  va  magnitoelektr  datchikli  kontaktsiz  o‘t  oldirish
tizimlarining datchik-taqsimlagichlarining konstruktiv sxemalari
keltirilgan.
Birinchi    turdagi  (6.7-rasm)  datchik-taqsimlagich  alohida
qismlarga quyidagi tartibda ajratiladi. Avvalo, vintlar bo‘shatilib,
yuqori kuchlanish qopqog‘i (10), rotor (11) va himoya  to‘sig‘i (9)
olinadi. O‘t oldirishni ilgarilatish burchagi  vakuum-rostlagichi (18)
ning  tortqichini,  Xoll  datchigi  (13)  o‘rnatilgan    qo‘zg‘aluvchi
plastinadan ajratiladi va mahkamlovchi vintlar bo‘shatilib, vakuum-
rostlagich olinadi. Mahkamlovchi vintlar bo‘shatilib,  qo‘zg‘almas
plastina  (8)  ni  qo‘zg‘aluvchi  plastina  bilan  birgalikda  yechib


137
olinadi. Mufta  (1) dagi prujina olinib, shtift olib tashlanadi va
muftani  valcha  (2)  dan bo‘shatiladi.
Magnitoelektr  datchikli  kontaktsiz  o‘t  oldirish  tizimining
datchik-taqsimlagichi ham xuddi shu tarzda qismlarga ajratiladi. Bu
6.8-rasm.    Magnitoelektr  datchikli  kontaksiz  o‘t  oldirish  tizimining
konstruktiv  sxemasi:  — taqsimlagich  muftasi;  — oktan-korrektor  plas-
tinasi;  — taqsimlagich  korpusi;  — moydon;  — datchik  klemmasi;  — o‘t
oldirishni  ilgarilatish  burchagini  vakuum-rostlagichi;  — taqsimlagichning
yuqori  kuchlanishli  qopqog‘i;  — markaziy  ko‘mircha;  — rotorning    tashqi
kontakti; 10 — rotorning  markaziy  kontakti;  11 — rotor;  12 — markazdan
qochma rostlagich vtulkasi; 13 — magnitoelektr datchik statori;  14 — izolatsiya
shaybasi;  15,  17 — podshi pniklar;  16 — o‘t  oldirishni  ilgarilatish   burchagini
markazdan qochma  rostlagichi; 18 — taqsimlagich valchasi;  19 — metallo-
keramik vtulka;  20 — o‘rnatuvchi belgilar;  21 — datchik rotori.
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
1
2
3
4
5
6
12
A
21
13
20


138
turdagi datchik-taqsimlagich konstruksiyasida yuqori kuchlanish
qopqog‘i  (7)  ni  mahkamlovchi  qistirma  (6.8-rasm)  va  oktan-
korrektor (2) o‘rnatilgan bo‘lib,  u qismlarga ajratish jarayonida
vakuum-rostlagich va moydon (4) olingandan keyin ajratiladi.
Taqsimlagichlar,  datchik-taqsimlagichlar  va  ularning  asosiy
tugunlarini  (vakuumli  va  markazdan  qochma  rostlagichlar)
qismlarga  ajratishda  hamma  mayda  detallar  va  mahkamlovchi
elementlar (vint, gayka, bolt va  hokazo)  taraning uyachalariga
tartibli joylashtirish zarur. Bu keyinchalik ularni qaytadan saralashga
ehtiyoj qoldirmaydi.
Qismlarga  ajratilgandan  keyin  datchik-taqsimlagichning
korpus  va  valchasining  yoki  klassik  o‘t  oldirish  tizimidagi
taqsimlagichning nosozliklari aniqlanadi. 6.9-rasmda taqsimlagich
korpusidagi nosozliklarning  yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan joylari
ko‘rsatilgan.
Korpuslarning  ~40—43%  da  yuqori  kuchlanish  qopqog‘i
qistirgichining shikastlanishi  uchraydi,  quyruqning   pastki yon
yuzasining  yeyilishi  deyarli  barcha  korpuslarda  mavjud  bo‘ladi.
Yeyilgan metallokeramik vtulkalar almashtiriladi. Korpusga bosim
bilan  o‘tqazishdan  oldin  ular  2  soat  davomida  180—190°C
haroratdagi  mashina  moyiga  bo‘ktiriladi.  Korpus    quyrug‘ining
yeyilishi ta’mirlangan detalni qo‘yish,  po‘latlash, xromlash yoki
ko‘mir kislota gazida plazmali eritish usullari bilan bartaraf etiladi.
6.9-rasm. Klassik   o‘t oldirish   tizimi  taqsimlagichi korpusidagi  nuqsonlarning
joylashish   sxemasi:  — korpus  quyrug‘ining    yeyilishi;  — korpusning
sinishi;  — yuqori  kuchlanish  qopqog‘ining  shikastlanishi;  4 — qopqoq
prujinasi  qulog‘ining  qiyshayishi;  — metallokeramik  vtulkaning  yeyilishi;
— korpus  quyrug‘ining  pastki  yon  yuzasining  yeyilishi.
1
2
5
6
3 4


139
Yig‘ma valchaning (6.10-rasm) nuq-
sonlari, asosan, mexanik xususiyatga ega.
Ularni  jilvirlash, markazdan qochma rostla-
gich plastinasi, yukchalar va prujinalarini
almashtirish yo‘li bilan bartaraf etiladi.
Klassik  o‘t oldirish tizimining uzgich
kulachoklari  avval  xromlash  yo‘li  bilan
geometriyasi  (ya’ni  shakli)  tiklanadi,
so‘ngra kopir bo‘yicha jilvirlash yo‘li bilan ta’mirlanadi.
Markazdan qochma rostlagichlarning  qo‘zg‘almas va qo‘zg‘aluv-
chi  plastinalarini   yig‘ma  holda,   zoldirli  podshi pnik  halqalari
yemirilgan yoki me’yoridan ortiq yeyilgan hollarda  ta’mirlanadi.
Bunda  zoldirli  podshiðnik  yangisiga   almashtiriladi.
Taqsimlagichning yuqori kuchlanish qopqog‘ida kuyish yoki
darz bo‘lsa, ular ham yangisiga almashtiriladi. Taqsimlagichlar va
datchik-taqsimlagichlarni yig‘ish qismlarga ajratish tartibiga teskari
ketma-ketlikda amalga oshiriladi. Yig‘ilgan taqsimlagichlar maxsus
qurilmada  15 daqiqa  davomida chiniqtiriladi,  keyin vakuumli va
markazdan qochma rostlagichlar  sozlanadi hamda taqsimlagich
uchqunning barqaror hosil bo‘lishiga etalon o‘t oldirish g‘altagi va
tranzistor kommutatori majmuasi bilan birgalikda tekshiriladi.

Download 8,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish