2.36-rasm. Ý-211 stendi (a) va unda generatorni sinash sxemasi (b).
2
3
4
5
1
16
25
26
6
7
19
20
a
b
V
52
Ý-211 stendi quyidagi ishlarni bajarish imkoniyatiga ega:
kuchlanish 12 va 24 V, quvvati 500 W gacha bo‘lgan generator-
larni tekshirish, kuchlanish rostlagichlarni tekshirish va sozlash;
quvvati 1,5 kW gacha bo‘lgan startyorlarni salt yurish va to‘la
tormozlanishi rejimida tekshirish; burilish ko‘rsatkich uzgichla-
rini sozlash; chulg‘am va rezistorlarning qarshiligini o‘lchash; av-
tomobil elektr jihozlari diodlari va tranzistorlarini tekshirish.
Òekshiriladigan generator valiga harakat stenddagi reversiv re-
pulsion elektrdvigateldan tasmali uzatma orqali beriladi. Elektr-
dvigatelni qo‘shish va uzish uzgich (8) bilan, elektrdvigatel vali
aylanishining chastotasini va yo‘nalishini o‘zgartirish esa qo‘l das-
tasi (21) bilan bajariladi.
Òekshiriladigan generatorlar qisqichda (18) mahkamlanadi.
Òekshiriladigan generator yuklama tok kuchini yuklama reostati
qo‘l dastasi (22) bilan rostlanadi. Zanjirni ulash va qo‘shish tugma
(11) bilan bajariladi. Stendning asboblar va boshqaruv paneliga
o‘lchov asboblari mahkamlanadi, qisqichlar (7) tekshiriladigan
generator va kuchlanish rostlagichlari uchun, qisqichlar (19)
tekshiriladigan startyordagi simlar uchun, tekshirish turi ula-
gichlari, elektrdvigatelni uzish, signal lampalari (1) va (6), rozetka
(9) burilish ko‘rsatkichi ulash va boshqa qurilmalar uchun.
Akkumulator batareyasini zaryad qilishda zaryad toki reostat (23)
bilan sozlanadi. Stend yer bilan ulangan. Stendning akkumulator
batareya (26) lari stenddagi to‘g‘rilagich qurilmasidan zaryadlanadi.
Òekshiriladigan generator (18) qisqichda mahkamlanib,
uning vali stend majmuasida bor maxsus bog‘lovchi bilan uzat-
maga qo‘shiladi. Generator qisqichlari stend panelidagi qisqich-
lar (2.36-rasm, b)ga asosan ulanadi.
AKBni ulagich qo‘l dastasi (24) tekshiriladigan generator no-
minal kuchlanishiga ko‘ra «12» yoki «24» holatga qo‘yiladi. Ommetr-
taxometr ulagichi qo‘l dastasi 14 «min
–1
x 100» holatiga qo‘yiladi.
Òekshirish turi ulagichi qo‘l dastasi (10) «Gen» holatiga qo‘yiladi.
Generatorni Ý-211 stendda yuklamasiz tekshirish. Yuklama
reostati qo‘l dastasi (22) soat strelkasiga qarshi oxirigacha buriladi.
Ulagich (20) bilan stend ishga tushiriladi va akkumulator batareya-
laridan generator uyg‘otish chulg‘ami zanjiridan o‘tayotgan tok
kuchi o‘zgarishini ampermetr (5) ko‘rsatmasiga ko‘ra kuzatiladi.
Òok kuchi miqdoriga qarab uyg‘otish chulg‘ami holati haqida xu-
losa chiqariladi. Undan keyin stend elektrdvigateli ishga tushi-
riladi, buning uchun qo‘l dasta (8) «Âêë» holatiga qo‘yiladi. Qo‘l
53
dasta (21) bir tekis tekshiriladigan generator rotori ishchi yo‘-
nalishda burab, uning aylanishlar chastotasini nominal kuchlanish
(14 V yoki 28 V)ga erishguncha oshirib boriladi. Kuchlanish volt-
metr (3) bilan nazorat qilinadi.
Shu paytning o‘zida taxometr (2) orqali rotorning aylanish-
lar chastotasi aniqlanadi va me’yorda (3) ko‘rsatilgan qiymatlar
bilan solishtiriladi. Agar tekshiriladigan generator rotorining
nominal kuchlanishiga erishiladigan aylanishlar chastotasi
3-me’yorda keltirilgan qiymatdan oshmasa, generator yukla-
masi ostida sinovdan o‘tkaziladi.
Generatorni Ý-211 stendida yuklama ostida tekshirish. Stend-
ning elektrdvigateli ishlab turgan holda yuklama reostati qo‘l das-
tagi (22) ni bir tekis soat strelkasi bo‘yicha burab, ampermetr
(4) ko‘rsatkichi kuzatib boriladi. Nominal kuchlanish qiymati (21)
qo‘l dastagi bilan generator rotorining aylanishlar chastotasini
oshirish hisobiga ushlab turiladi. Òekshiriladigan generator uchun
texnik shartlarda keltirilgan yuklama toki o‘rnatilishi bilan taxometr
(2) orqali aylanishlar chastotasi aniqlanadi. Agar nominal yuklama
tokida va nominal kuchlanishdagi aylanishlar chastotasi 3-me’yorda
keltirilgan qiymatlardan oshmasa, generator benuqson hisoblanadi.
Generatorga texnik xizmat ko‘rsatishda bajariladigan regla-
mentli ishlar 1-ÒQ va 2-ÒQda generator uzatmasining tasma-
sining taranglik kuchi tekshiriladi va zaruriyat bo‘lsa sozlanadi, u
holda generator, kuchlanish rostlagichi mahkamlanganligi va
qisqichlarining holati tekshiriladi.
2-ÒQda generator ifloslanishlardan tozalanadi, cho‘tka ush-
lagich olinadi va cho‘tkalarning holati, prujina bosim kuchi va
kontaktlar halqalari tekshiriladi. Generator ichki bo‘shlig‘i qisilgan
havo bilan puflanadi.
25—30 ming km.dan keyin, odatda, avtomobil qishning
ekspluatatsiya mavsumiga tayyorlanadi, navbatdagi 2-ÒQda
qo‘shimcha quyidagi ishlar bajariladi: generator yechib olinadi va
zaruriyat bo‘lsa qismlarga ajratiladi, chulg‘amlar va uzellar holati
tekshiriladi, nuqsonli uzel-qismlar almashtiriladi. Yig‘ishdan
oldin qilingan havoda korpus, rotor va boshqa detallar puflanadi.
Zaruriyat bo‘lsa, podshipniklar 158 yoki siatim-201 belgili moy
bilan to‘ldiriladi. Moy almashtirishda himoya halqasi olinib,
podshipnik yuviladi, zoldirlar orasidagi 70 % bo‘shliq moy bilan
to‘lg‘iziladi va halqa joyiga qo‘yiladi. Yig‘ilgandan keyin o‘zgaruv-
chan tok generatorlarining ishlashi stendda tekshiriladi.
54
Do'stlaringiz bilan baham: |