Avtomobil elektr jihozlarini ishlatish, diagnostika qilish va


 Kuchlanish rostlagichlarining asosiy nosozliklari



Download 8,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/53
Sana23.01.2022
Hajmi8,73 Mb.
#406554
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   53
Bog'liq
avtomobil elektr jihozlarini ishlatis

2.2.5. Kuchlanish rostlagichlarining asosiy nosozliklari
Kuchlanish rostlagichlarining texnik holati va uni to‘g‘ri hamda
o‘z vaqtida sozlash butun elektr ta’minotining ishiga katta ta’sir
etadi. O‘zgaruvchan tok generatorlari uchun bir bosqichli tebra-
nuvchan, kontaktli ikkita bosqichli tebranuvchan, kontaktli-tran-
zistorli  va  kontaktsiz-tranzistorli,  shu  jumladan,  integral  kuch-
lanish rostlagichlari qo‘llaniladi.
ÐÐ350,  ÐÐ356,  13,3702,  ß112,  ß120  va  boshqa  rusumdagi
kontaktsiz-tranzistorli  kuchlanish  rostlagichlari  tranzistorlarning
issiqlikdan yemirilishi. Bunday nosozlik o‘rtacha yoki katta ayla-
nishlar  chastotasida  generator  ishlab  turgan  paytda  AKB  uzilib
qo‘yilganda,  generator-AKB  zanjirida  hosil  bo‘ladigan  impulsli
kuchlanish o‘ta ko‘payishidan sodir bo‘lganda, katta tok kuchidan
tranzistorlarning qizib ketishi oqibatida sodir bo‘ladi.
Òranzistorning  issiqlikdan  yemirilishi  oqibatida  elektrod
(elektrod, baza va kollektor)larda qisqa tutashuv sodir bo‘ladi va
bunda emitter va kollektor orasidagi qarshilik juda kam bo‘ladi.
Òranzistorning  qizishi  elektrod  qisqich  simlarini  kavsharsizlan-
tirishi  mumkin  va  u  holda  tranzistor  qarshiligi  cheksiz  (zanjir
uzilgani)ga teng bo‘lib qoladi.
Òranzistorlarning qisqa  tutashuv yoki  ularning zanjirini  uzi-
lishi  rostlagich  ishini  buzib  yuboradi,  natijada  generator  kuch-
lanishi goh ortsa-da, goh generator uyg‘onmaydi. Masalan, ki-
rish tranzistoridagi qisqa tutashuv tufayli chiquv tranzistori berk
bo‘lib,  generator  uyg‘onmaydi.
Kirish tranzistori zanjirlarida uzilish bo‘lsa, rostlagichda chiquv
tranzistori doimo ochiq bo‘ladi, shuning uchun kuchlanishni sozlab
bo‘lmaydi, u eng katta qiymatgacha ortib ketadi. Chiquv tranzis-
toridagi qisqa tutashuv rostlagichda uyg‘otish tok kuchini oshirib
yuboradi va kuchlanish ham sezilarli ko‘payadi. Bunda AKBda o‘ta
zaryadlanish sodir bo‘ladi, lampa va boshqa asboblarning ish mud-
dati  qisqaradi.  Chiquv  tranzistorida  uzilish  bo‘lgan  hollarda  esa
generator uyg‘otish toki zanjiri uziladi va generator uyg‘onmaydi.
Kontaktsiz  kuchlanish  rostlagichdagi  stabilitronning  qizishdan
kuyishi. Bunday nosozlikda stabilitron har ikki yo‘nalishda tok o‘t-
kazadi. Kuchlanish rostlagichda stabilitronda qisqa tutashuv bo‘l-
ganda  chiquv  tranzistori  berk,  shuning  uchun  generator  kuch-
lanish ishchi qiymatdan kam bo‘ladi va AKB zaryadlanmaydi.
Integral kuchlanish rostlagichlari ß112, ß120 va boshqalarda,
asosan, uyg‘otish zanjirini uzadigan nosozliklar uchraydi, uning
natijasida generator ishlamaydi.


55
2.37-rasm. ÐÐ350 belgili avtomobil kuchlanish
rostlagichini tekshirish.
16 V
12 V
A
2.38-rasm. 13.3702 belgili avtomobil kuchlanish
rostlagichini tekshirish.
16 V
12 V
2.39-rasm. ÐÐ356 avtomobil kuchlanish rostlagichini tekshirish.
32 V
24 V
A ko‘rinish


56
2.41-rasm. ß112 avtomobil kuchlanish rostlagichini tekshirish.
16 V
12 V
Kontaktsiz  kuchlanish  rostlagichlarni  tekshirish.  Bunday  tek-
shirishlarni  2.37—2.42-rasmlarda  keltirilgan  sxemalar  bo‘yicha
rostlagichlarni  akkumulator batareyalariga ulash usuli bilan amalga
2.42-rasm. ß120 avtomobil kuchlanish rostlagichini tekshirish.
32 V
24 V
2.40-rasm. ß112A avtomobil kuchlanish rostlagichini tekshirish.
16 V
12 V


57
oshirish mumkin. Buning uchun 14 V li ishchi kuchlanishni mo‘l-
jallagan rostlagich avval 6  ta AKB (12 V)ga, keyin 8  ta (16 V)
ketma-ket ulangan 2 ta AKBlariga ulanadi.
28 V.ga mo‘ljallangan rostlagich avval 12 ta (24 V)ga, keyin 16 ta
(32  V)ga  ulanadi.  Lampalar  quvvati  30  W  dan  ortmasligi  kerak.
Rostlagichda nosozlik bo‘lsa, birinchi holda  lampa yonishi kerak,
ikkinchi holda ulanganda esa yonmasligi kerak. Agar lampalar har
ikki holatda yonsa yoki yonmasa, rostlagichda nosozlik borligini bildiradi.
Rostlagichdagi  kuchlanish  pasayishini  o‘lchash  usuli  bilan
ham tekshirish mumkin. Buning uchun tekshiriladigan rostla-
gich 2.43 va 2.44-rasmlarda keltirilgan sxema bo‘yicha AKBga
ulanadi. Reostat ma’lum qarshilikka qo‘yiladi va zanjir ulanadi
hamda reostat yordamida generator uyg‘otish tok kuchiga teng
yuklama toki o‘rnatiladi.

Download 8,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish