Avtomobil elektr jihozlarini ishlatish, diagnostika qilish va



Download 8,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/53
Sana23.01.2022
Hajmi8,73 Mb.
#406554
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   53
Bog'liq
avtomobil elektr jihozlarini ishlatis

ISHGA ÒUSHIRISH ÒIZIMI
3.1. Ishga tushirish tizimining ekspluatatsiya rejimlari
Avtomobil  dvigatelini  ishga  tushirish  tizimi  akkumulatorlar
batareyasi, startyor, boshqarish apparatlari (startyorni ulash kaliti,
tortish  va  qo‘shimcha  rele),  ishga  tushirishni  yengillashtiruvchi
moslamalar,  shuningdek,  o‘tkazgichlardan  tashkil  topgan. Eski
rusumdagi  ÃÀÇ-51,  ÃÀÇ-52,  ÇÈË-164  va  boshqa  bir  qator
avtomobillarda startyor bevosita haydovchi tomonidan pedal  yoki
mexanik uzatma yordamida boshqarilgan. Zamonaviy avtomobil-
larda  startyor, uning korpusiga o‘rnatilgan elektromagnit tortish
relesi yordamida ishga tushiriladi.
Ishga  tushirish  tizimi  me’yorida  ishlashini  ta’minlash
uchun uning tavsifnomasi ichki yonuv dvigateli tavsifnomasi
bilan mos kelishi va startyor tirsakli valni minimal aylanishlar
chastotasi bilan aylantirishi zarur. Ma’lumki, ishga tushirishning
minimal aylanishlar chastotasi motor konstruksiyasi, yonilg‘i turi
va haroratga bog‘liq bo‘lib, benzinli dvigatellar uchun — 15°C da
40—60  l/daqiqani  tashkil
qiladi. Minimal ishga tu-
shi ri sh  chastotasi ning
haroratga bog‘liqligi ichki
yonuv  dvigatelini  ishga
tushi ri sh  tavsi fnoma-
laridan  biri  hisoblanadi
(3.1-rasm). Ikkinchi ishga
tushirish  tavsifnomasi  —
bu tirsakli valning burali-
shiga  qarshilik  momenti-
ning aylanishlar chastota-
siga  (turli  haroratlarda)
bog‘liqligidir  (3.2-rasm).
3.1   va  3.2- rasmlardan
80
70
60
50
40
30
20
–32 –28 –24 –20 –16 –12 –8
–4
0
Harorat,  °C
M
in
ima

a
y
la
n
is
h
la

ch
a
st
o
ta
si

l/
d
a
q
iq
a
3.1-rasm. Dvigatelning minimal
ishga tushirish chastotasining
haroratga bog‘liqligi.


66
ko‘rinib turibdiki, haroratning pasayi-
shi minimal ishga tushirish chastotasi
ham,  qarshilik  momenti  ham  ortar
ekan,  ya’ni  ishga  tushirish  tavsif-
nomasi yomonlashadi. Minimal ishga
tushirish  chastotasi  ortishi  yonilg‘i-
ning bug‘lanish tezligining kamayishi
bi lan  bog ‘li q  bo‘lsa,  qarshi li k
momentining  o‘sishiga  dvigatelning
ishqalanuvchi  yuzalaridagi  (porshen
halqalari  va  silindr  devorchalari,
tirsakli  val  bo‘yinchalari  va  pod-
shipniklar va boshq.) ishqalanish ku-
chining ortishi sabab bo‘ladi. Ishqa-
lanuvchi yuzalar orasidagi yupqa moy
qatlamining  quyushqoqligining  o‘z-
garishi ishqalanish kuchlarining qiy-
matiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Haro-
rat  pasayishi  bilan  moyning  qovushqoqligi  ortadi  va  demak,
qarshilik momenti ham ortadi.
Ishga  tushirish  tizimining  tavsifnomasi  (3.3-rasm)  startyor
quvvati Ð
ñ
, aylanishlar soni n
ñ
, burovchi momenti M
ñ
 va startyor
qisqichlaridagi kuchlanish U
ñ
 ning iste’mol toki I
ñ
 ga bog‘liq-
ligini tasvirlaydi. Startyor elektr
energiyasi quvvati cheklangan
tok  manbayi  —  akkumula-
torlar batareyasidan oladi. Shu-
ning  uchun  startyorning  quv-
vati va burovchi momenti be-
vosita  akkumulatorlar  batare-
yasining tavsifnomalariga bog‘-
liq.  Ayniqsa,  akkumulatorlar
batareyasi  elektroliti  harorati-
ning  pasayishi  bilan  startyor-
ning  tavsifnomasi  yomon-
lashadi (3.3-rasm). Chunki ha-
rorat pasayishi bilan akkumu-
latorning  ichki  qarshiligi  or-
tadi, uning sig‘imi va qisqichla-
ridagi kuchlanishi kamayadi.
3.2-rasm. Qarshilik
momentining tirsakli valning
aylanishlar chastotasiga va
haroratga bog‘liqligi.
Mk,N•m
200

25°C
150
100
0
100
1 5 0

20°C

15°C

10°C
–5°C
3.3-rasm. Ishga tushirish tizimining
atrof-muhit harorati +20°C
va –20°C bo‘lgandagi
tavsifnomasi.
Harorat 
+20 °C
bo‘lganda
Haro rat  
–2 0°C
bo‘lganda
Ð,M
n,U
U
c
n
c
P
c
M
I
0
I
qt
I
c
50
n,  min

1
- - - -


67
Òavsifnomadan startyorning ishlash jarayonidagi o‘ziga xos ikki
rejimni ajratish mumkin:
1. Òo‘la tormozlanish rejimi. Bu rejimda iste’mol toki «qisqa
tutashuv» tokiga, ya’ni I
qt
 ga teng bo‘lib, aylanishlar chastotasi
n
c
= 0, burovchi moment Ì
ñ
 esa o‘zining maksimal qiymatiga eri-
shadi.
2. Salt ishlash rejimi. Bu rejimda tok salt ishlash toki I
0
 ga teng,
aylanishlar chastotasi maksimal bo‘ladi.
Salt ishlash va to‘la tormozlanish rejimlari nazorat rejimlari
bo‘lib, startyorlarning texnik holatini tekshirishda ishlatiladi. Salt
ishlash rejimida aylanishlar chastotasi n
c
 va iste’mol toki I
0
 o‘lcha-
nib, olingan natijalarga ko‘ra, startyorning yig‘ilish sifati va mexanik
nosozliklari haqida xulosa chiqariladi. Òo‘la tormozlanish rejimida
iste’mol toki I
qt
, burovchi moment Ì
ñ 
va startyor qisqichlaridagi
kuchlanish U
c
 o‘lchanadi va startyorning elektr zanjirlaridagi no-
sozliklar aniqlanadi.
Ishga tushirish tizimining imkoniyatlarini baholash uchun dvi-
gatelning  ishga  tushirish  tavsifnomasini  (ma’lum  belgilangan
haroratda qarshilik momentining tirsakli val aylanishlar chastotasiga
bog‘liqligi) ishga tushirish tizimi tavsifnomasi bilan ustma-ust joylash-
tiriladi (3.4-rasm). Egri chiziqlarning kesishish nuqtasi dvigatelni
ishga tushirib yuborish uchun zarur bo‘ladigan burovchi moment
va minimal aylanishlar chastotasining qiymatlarini belgilaydi.
Startyor  salt  ishlash  reji-
mida, dvigatel ishga tushgan-
dan so‘ng juda qisqa vaqt ish-
laydi. Bu rejimda, yuqorida ta’-
kidlangandek, yakor aylanish-
lar  chastotasi  maksimal  qiy-
matga erishadi. Shuningdek,
yakor  chulg‘amlari  va  kollek-
torga ta’sir qiluvchi markazdan
qochma  kuch  ham  maksimal
qiymatga erishadi. Bu hol chul-
g‘am va kollektorning sochilib
ketishiga olib kelishi mumkin.
Shuning  uchun,  salt  ishlash
rejimida  aylanishlar  chastota-
sini imkon boricha kamaytirish
3.4-rasm. Dvigatel va ishga
tushirish tizim tavsifnomalarini
bir-birining ustiga yotqizish:
— dvigatelning qarshilik
momenti;  2  —  startyordan
dvigatelga uzatilayotgan moment.
M
N•m
1
2
n,  min
–1


68
usullari qo‘llaniladi. Doimiy tok elektr-
dvigateli  valining  aylanishlar  chas-
totasi uyg‘otuvchi tok magnit oqi-
miga  teskari  proporsional.  Uyg‘o-
tuvchi chulg‘am ketma-ket ulanganda
yuklama kamayishi bilan magnit oqim
ham  kamayadi  va  yakorning  ay-
lanishlar  chastotasi  salt  ishlash  re-
jimida 6000—8000 l/daqiqa, ba’zi hol-
larda (kichik o‘lchamli startyorlarda)
10000 l/daqiqaga yetishi mumkin.
Salt ishlash rejimida startyor yakorning aylanishlar chastota-
sini cheklash maqsadida uyg‘otuvchi chulg‘amlarni aralash ulash
sxemasidan foydalaniladi (3.5-rasm). Bunda uyg‘otuvchi chulg‘am
ko‘ndalang kesimi to‘rtburchak shaklida bo‘lgan qalin mis sim-
dan o‘ralgan, yakor zanjirga ketma-ket ulangan ikki yoki uchta
g‘altakdan  (1)  va  yakor  chulg‘amiga  parallel  ulangan  ingichka,
ko‘ndalang kesimi aylana shaklidagi bitta yoki ikki g‘altak (2) dan
tashkil topgan bo‘ladi. Parallel  ulangan g‘altaklarning magnit
oqimi o‘zgarmas bo‘lib, startyorning yuklamasi deyarli bo‘lmaydi.
Shuning hisobiga salt ishlash rejimida startyor yakorining ayla-
nishlar chastotasini 6000—8000 l/daqiqa doirasida ushlab turiladi.

Download 8,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish