Avtomobil elektr jihozlarini ishlatish, diagnostika qilish va


 Ishga tushirish tizimi nosozliklari va ularni aniqlash



Download 8,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/53
Sana23.01.2022
Hajmi8,73 Mb.
#406554
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   53
Bog'liq
avtomobil elektr jihozlarini ishlatis

3.3. Ishga tushirish tizimi nosozliklari va ularni aniqlash
Avtomobilning elektr ta’minot, o‘t oldirish tizimlari, porshen
halqalari, klapanlar va boshqa dvigatel qismlari soz bo‘lsa, dviga-
telni ishonchli ishga tushirishni amalga oshirish mumkin. Yuqorida
sanab o‘tilgan tizim va apparatlarning nosozligi yoki shikastla-
nishi dvigatelni ishga tushirish jarayoni muvaffaqiyatsiz tugashiga
sabab bo‘lishi mumkin. Ishga tushirish jarayoniga ta’sir etuvchi
omillarning xilma-xilligini e’tiborga olgan holda nosozliklarni
aniqlash ma’lum reja va mantiqiy  ketma-ketlik asosida olib bo-
rish yaxshi natija beradi.
Nosozlikni  aniqlashning  eng  sodda  usuli,  ya’ni  startyorning
zanjirga  ulanishi  akkumulatorlar  batareyasining  kuchlanishiga
ta’siridan boshlash maqsadga muvofiq. Bu usulda startyor ula-


74
nish vaqtida avtomobil faralari yoki gabarit chiroqlarining yorug‘-
ligining o‘zgarishidan xulosa chiqarsa bo‘ladi. Quyida ishga tu-
shirish tizimida ko‘p uchraydigan nosozliklar va ularning yuzaga
kelish sabablari jadval shaklida keltirilgan.
3.2-jadval
Nosozlikning tashqi belgisi
Nosozlikning sababi

 Startyor ulanish vaqtida fara chi-
roqlari yonmaydi yoki juda xira
yonadi.

  Akkumulator  batareyasi  raz-
ryadlangan yoki ishlamaydi.

 Elektr zanjirida uzilish bor.

  Akkumulator  qisqichlari  ula-
nish joyida kontakt yo‘q.

 Chiroqlar yaxshi yonadi, lekin
startyor  ulanish  vaqtida  xira-
lashadi; startyor dvigatel valini
aylantirmaydi.

  Akkumulator  batareyasi  raz-
ryadlangan yoki ishlamaydi.

  Startyor  chulg‘amlarida  qisqa
tutashuv.

 Startyor tok zanjirida qarshilik
oshgan.

 Òortuvchi va startyor relesi kon-
taktlarida korroziyalanish bor.

 Cho‘tkalar yeyilgan.

 Cho‘tka prujinalari zaiflashgan.

 Harorat pastligi natijasida dvi-
gatel moyi qovushqoqligi osh-
gan.

  Òirsakli  valning  qarshilik  mo-
menti katta.

  Startyor  ulanganda  fara  chi-
roqlari  xiralashmaydi;  tirsakli
val aylanmaydi. Hech qanday
sezilarli tovush yo‘q.

  Startyor  yoki  boshqarish  tok
zanjirida uzilish bor.

  Startyor  ulanganda  fara  chi-
roqlari  xiralashmaydi;  tirsakli
val aylanmaydi. Òortuvchi rele
ishlashi ovozi bor.

 Òortuvchi rele kontaktlari kor-
roziyalangan.

 Cho‘tka va kollektorlar orasida
ifloslanish tufayli elektr o‘tka-
zuvchanlik yo‘q.

 Startyor ulanganda fara chiroq-
lari  xiralashmaydi;  tirsakli  val
aylanmaydi. Yakor vali aylani-
shi seziladi.

 Ilashish mexanizmi shesternasi
yeyilgan  yoki maxovik  tishlari
bilan ilashmaydi.

  Erkin  yurish  muftasining  ro-
likli podshipnigi yeyilgan.


75
Ko‘p hollarda dvigatelni ishga tushirish vaqtida uchraydigan
nosozliklarni tashqi belgilarga ko‘ra, taxminan aniqlash mumkin.
Bulardan biroz farqli oxirgi band bo‘yicha nosozlik sababini ko‘-
rib chiqamiz. Ishga tushirish jarayoni boshlanishida ba’zi silindr-
larda  bexosdan  tartibsiz  alangalanish  natijasida  tirsakli  valning
ilgarilanma harakati yuzaga keladi. Bu alangalanishlar dvigatelni
ishga tushirmaydi. Bunday alangalanish ro‘y bergunga qadar, tir-
sakli valni aylantirish davomida startyor katta yuklama ostida bo‘-
ladi va erkin yurish muftasi roliklari qisilgan holatda bo‘ladi. Yakka

 Startyor yakori tirsakli valni ay-
lantirishlar chastotasi juda kam,
dvigatel ishga tushmaydi.

  Startyor  tirsakli  valni  aylanti-
rishlar  chastotasi  me’yorida,
dvigatel ishga tushmaydi.

 Yonilg‘i aralashmasi o‘ta boyi-
tilgan.

 O‘t oldirish tizimida nosozlik.

 Dvigatel agregatlarida nosozlik.

  Startyor  ulanish  paytida  tor-
tuvchi rele o‘z holicha ulanib-
uzilib, o‘ziga xos taqillash ovozi
eshitiladi.

 Òortuvchi  relening ushlab  tu-
ruvchi chulg‘amida  yoki ula-
nish joylarida uzilish bor.

 Akkumulatorlar batareyasi raz-
ryadlangan.

 Akkumulatorlar batareyasi qis-
qichlarining  ulanish  joylarida
korroziya hisobiga startyor re-
jimida  kuchlanish  me’yoridan
ortiq pasayib ketadi.

 Dvigatel ishga tushgandan so‘ng
startyor  shesternasi  maxovik-
dan ajralmaydi.

 Startyorning tortish relesi yoki
qo‘shimcha rele kontaktlari erish
natijasida yopishib qolgan.

 O‘tkazgichlarda qisqa tutashuv.

 Startyor kalitida qisqa tutashuv.

 Startyor shesternasi lentali yoki
shlitsali rezbasida shikastlanish.

 Qaytaruvchi prujina zaiflashgan.

 Sovuq dvigatelni ishga tushirish
paytida  startyor  vali  aylanadi,
ilashish mexanizmi shesternasi
maxovik bilan yaxshi ilashadi,
shesterna tishlari holati yaxshi,
tirsakli val aylanmaydi.

 Erkin yurish muftasi rolikli pod-
shipnigida  dinamik  sirg‘anish
sodir bo‘ladi (3.8-rasm).

  Akkumulator  batareyasi  raz-
ryadlangan yoki ishlamaydi.

 Akkumulator qisqichlariga ula-
nish joyida korroziyalanish bor.


76
holdagi  alangalanish  bexosdan
tirsakli valni impuls tarzda ayla-
nishga majburlaydi. Natijada, er-
kin yurish muftasi roliklari qisi-
lishdan ajraladi, startyor salt ish-
lash holatiga o‘tadi va yakor ay-
lanishlari chastotasi maksimal qiy-
matga intiladi. Òirsakli valni im-
puls  tarzda  aylantiruvchi  kuch
ta’siri tugash vaqtida rolikka (1)
(3.8-rasm)  ta’sir  kuchlarni  sxe-
matik  ravishda  ko‘rib  chiqamiz.
Birinchidan,  prujina  (2)  orqali
plunjer (3)ning ta’sir kuchi F
1
 ro-
likni qisiltirishga intiladi. Ikkinchidan, mufta ishchi yuzasi tik o‘qi
bo‘ylab yo‘nalgan kuch 

2
ga yotuvchi F
2
 kuchlar mavjud bo‘lib,
markazdan qochma kuch va ishchi yuza urinmasi bo‘ylab yo‘nal-
gan kuch 

2
 esa plunjer ta’sir kuchi F
1
 ga teskari yo‘nalgan. Im-
puls ta’siri tugashi bilan plunjerli prujina qisman zaiflashgan hol-
larda 

2
 kuchi rolikning qisilishgacha borishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Natijada, dinamik sirg‘anish yuzaga keladi.

2
 kuch quyidagicha aniqlanadi:

2
F
11,2 mn
2 
sin 


10
–6
 kgs,
bu yerda, — massa, kg; — startyor yakori aylanishlar chas-
totasi, 1/daqiqa; R — mufta o‘qidan rolik o‘qigacha masofa, sm;

 — mufta ishchi yuzasining qisilish burchagi.
Bundan ko‘rinib turibdiki, aylanishlar chastotasi qancha katta
bo‘lsa, 

2
 ning qiymati ham shunchalik katta bo‘ladi. Shu sa-
babli kichik o‘lchamli startyorlarda aralash ulangan uyg‘otuvchi
chulg‘amlarning qo‘llanilishi ularda dinamik sirg‘anish ehtimolini
kamaytiradi. Dinamik sirg‘anish aniqlangan hollarda erkin yurish
muftasi almashtiriladi.

Download 8,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish