Avtomobil elektr jihozlarini ishlatish, diagnostika qilish va



Download 8,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/53
Sana23.01.2022
Hajmi8,73 Mb.
#406554
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   53
Bog'liq
avtomobil elektr jihozlarini ishlatis

2.16-rasm. Cho‘tka
prujinalarini dinamometrda
tekshirish.
2.15-rasm. Generator cho‘tkalariga
prujina bosim kuchini tarozida
tekshirish.
2
 
m
m


43
Rotorning ifloslangan kontakt halqa-
lari benzinda artiladi. Oksidlangan ishchi
yuzalari jilvir  qog‘ozlar bilan  tozalanadi
(2.17-rasm).
Yeyilgan halqalar texnik shartlarda kel-
tirilgan o‘lchamlardan kamayib ketma-
guncha yupqa qiriladi, keyin silliqlanadi
(2.18-rasm).
Generatorning  uyg‘otish  chulg‘amida
uzilish. Bunday nosozlik ko‘pincha chul-
g‘am uchlarining kontakt halqalariga pay-
vandlangan  joylarda  sodir  bo‘ladi.  Uy-
g‘otish chulg‘ami uzilganda, stator chul-
g‘amida faqat rotor po‘lati qoldiq magni-
tizmiga asoslangan 5 V dan ko‘p bo‘lmagan
e.y.k.  induksiyalanadi.  Bunday  nosozlik
tufayli akkumulator batareyasi zaryadlan-
maydi.
Uyg‘otish chulg‘amini uzilishga tek-
shirish  rotorning  kontakt  halqalariga
ulangan  nazorat  lampasi  orqali  o‘tkazi-
ladi  (2.19-rasm).  Agar  chulg‘am  uzilgan
bo‘lsa, lampa yonmaydi. Bunday nuqson
yumshoq kavsharlar bilan kislotasiz pay-
vandlash orqali bartaraf etiladi. Uzilish
g‘altak ichida bo‘lsa, u almashtiriladi yoki
qayta o‘raladi.
  Uyg‘otish  chulg‘amining  rotor  kor-
pusiga  tutashuvi.  Bunday  tutashuv  chul-
g‘am izolatsiyasi yemirilganda sodir bo‘-
ladi. Korpus bilan tutashganda chulg‘am-
dan  tok  o‘tmaydi,  uning  uchlari  rotor
kontakt halqalariga chiqazilgan  joylarda
sodir  bo‘ladi.  Chulg‘amning  korpusga
tutashuvi  generator  uyg‘otish  zanjirida
tok kuchini oshirishga olib keladi.
Uyg‘otish  chulg‘amining  rotor  kor-
pusiga tutashuvini 220 V li nazorat lam-
pasi bilan aniqlanadi (2.20-rasm). Bitta sim
har  qanday  kontakt  halqasi,  ikkinchisi
2.17-rasm. Generator
rotori halqasini
silliqlash.
2.18-rasm.
Generatorning
yeyilgan, qayta ishlov
berilgan halqalari.
2.19-rasm. Uyg‘otish
chulg‘amini uzilishga
tekshirish.


44
o‘zak  yoki  rotor  vali  bilan  tutashtiriladi.
Chulg‘am korpusga tutashgan bo‘lsa, lampa
yonadi.
Uyg‘otish  chulg‘amida  o‘ramlararo
qisqa  tutashuv.  Bunday  tutashuv  qizib
ketish va shikastlanish oqibatida chulg‘am
simlari izolatsiyasining yemirilishidan so-
dir bo‘ladi. Natijada uyg‘otish chulg‘amida
zanjirdagi  qarshilik  kamayadi,  u  esa  uy-
g‘otish toki qo‘llanishiga olib keladi, bino-
barin, chulg‘am harakati ortadi va simlar
izolatsiyasining yemirilishi yana ham ko‘-
payadi va g‘altakning ko‘p sonli o‘ramla-
rining o‘zaro tutashuviga olib keladi.
Uyg‘otish chulg‘ami g‘altagidagi o‘ram-
lararo tutashuvni ommetr yordamida uy-
g‘otish  g‘altagining  qarshiligini  o‘lchash
bilan (2.21-rasm) yoki ampermetr va volt-
metrning  chulg‘amlardan  akkumulator
orqali tok o‘tayotgan paytdagi ko‘rsatkich-
lariga qarab (2.22-rasm) aniqlanadi.
Ampermetr  va  voltmetr  ko‘rsatkich-
lariga ko‘ra, kuchlanishni tok kuchiga bo‘-
lish bilan  o‘lchanadigan  qarshilik  topi-
ladi.  Agar  g‘altak  qarshiligi  me’yordan
kam  bo‘lsa,  u  almashtiriladi  yoki qayta
o‘raladi.
Ko‘p  hollarda  amaliyotda  uyg‘otish
chulg‘ami g‘altagida o‘ramlararo tutashuv
borligini tekshirish uchun uni ketma-ket
ampermetr orqali akkumulator batareya-
siga ulanadi (2.23-rasm) va chulg‘am zan-
jiridagi tok kuchi hamda shu tipdagi ol-
dindan  uyg‘otish  chulg‘amida  nosozlik
bo‘lmagan generator rotori chulg‘amidagi
tok kuchi o‘lchanadi. O‘ramlararo tuta-
shuv bo‘lmasa, har ikki o‘lchov natijalari
bir xil miqdorda bo‘lishi kerak.

Download 8,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish