30
Mo`g`ulistonning O`rxun daryosi bo`yida topilib, bu yozuvni dastlab daniyalik tilshunos V.Tomson va rus turkologi V.Radlov aniqladi.
Hozirgi paytgacha o`rxun yozuvida yozilgan ko`plab tosh, idish, asbob, tangalar, kitob, kitob varaqlari va ayrim qog`ozlar ham ma’lum.
Talas va Yenisey obidalaridagi yozuv O`rxun obidalariga nisbatan harflarning, shakliy variantlarining ko`pligi bilan farq qiladi.
Uyg`ur yozuvida yozilgan asarlarning hammasi ham qadimgi turk davriga oid emas, chunki bu yozuv XVIII asrgacha qo`llandi.
Uyg`ur yozuvini Mahmud Qoshg`ariy “turk yozuvi” deb ataydi hamda bu yozuvda 18 ta harf borligini va turkiy tillarda mavjud bo`lgan 7 ta
tovush (p, j (portlovchi), j (sirg`aluvchi), f, g`, ng, g) uchun maxsus harflar yo`qligini, unlilarning esa arab tilidagidek harakatlar bilan emas,
harflar bilan ifodalanishini aytib o`tadi. Mahmud Qoshg`ariy turk (uyg`ur) harflarining alohida va qo`shib yozilgandagi ko`rinishlarini
bergan.
Yozuv taraqqiyotida grek yozuvi, lotin yozuvi va kirill yozuvi muayyan sharoitlarda yuzaga keldi. Greklar dastlab konsonant
yozuvidan fodalanishgan. Eramizdan oldingi VII-VI asrlarda vokal-tovush namunalari uchraydi. Eramizgacha 403-yilda Evklid tomonidan
Afinada mumtoz grek alifbosi kiritildi. Qadimgi grek yozuvi 24 ta harfga ega (17 ta undosh va 7 ta unli).
Grek yozuvi asosida latin alifbosi shakllandi. Sharqiy grek yozuvi asosida esa kirill, gruzin va arman alifbolari yaratildi. Lotin
yozuvi G`arbiy Yevropada keng tarqaldi. XIV asrda qog`ozning paydo bo`lishi, kitob nashr qilishning kashf etilishi bu yozuvning keng
tarqalishida muhim omil bo`ldi. Qadimgi lotin yozuvida 23 ta harf bor edi (tovushlar 35 ta bo`lgan: 16 ta unli, 19 ta undosh).
Slovyan alifbosi esa IX asr oxiri – X asr boshlarida paydo bo`ldi, chunonchi, ikki ko`rinishda qo`llanila boshlandi: glagalitsa va
kirillitsa.
Kirill yozuvi janubiy (bolgar, serb, makedon) va sharqiy slavyanlarga tarqaldi. Bu alifbolarning yaratilishi Kirill va Mefodiy (aka-
ukalar) nomlari bilan bog`liq. Kirill alifbosida 43 ta harf bor edi, tovushlar esa 44 ta: 11 ta unli va 33 ta undosh. Kirill yozuvi asosidagi
zamonaviy rus alfavitida 33 ta harf, 43 ta tovush: 6 ta unli va 37 ta undosh mavjud.
Aslida, yozuv va tilning taraqqiyoti bir xil, bir-biri bilan to`la mos keladigan jarayon emas. Tildagi u yoki bu o`zgarish tadrijiy
ravishda, asta-sekin yuz beradi. Yozuv haqida esa bunday deb bo`lmaydi. Odamlar, aniqrog`i xalqlar til xususiyatlariga yanada
moslashtirish uchun yozuvga turli o`zgarishlar kiritadilar, islohotlar qiladilar, bir yozuv tizimini boshqasi bilan almashtiradilar. Masalan,
o`zbek xalqi asrlar davomida arab alifbosidan foydalanib kelgan. O`zbekistonda 1929-yilda lotin yozuvi asosidagi o`zbek alifbosiga
o`tilgan, 1940-yildan esa kirill yozuvi joriy etilgan. O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1993-yil 2-sentabrda “Lotin yozuviga
asoslangan o`zbek alifbosini joriy etish to`g`risida”gi qonun qabul qilindi. Bu qonunga va uni amalga kiritish tartibi haqidagi O`zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi 1995-yil 6-mayda o`zgarishlar kiritadigan qonun qabul qildi. Bu hujjatga ko`ra lotin yozuviga asoslangan yangi
o`zbek alifbosi 26 ta harf va 3 ta harflar qo`shilmasidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: