B mengliyev, G. Tojiyeva


Mavzu bo`yicha tayanch tushuncha



Download 2,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/301
Sana23.01.2022
Hajmi2,83 Mb.
#406177
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   301
Bog'liq
tilshunoslikka kirish b.mengliyev, g.tojiyeva

 
Mavzu bo`yicha tayanch tushuncha: 
Yozuv, yozuvning tilga munosabati, yozuvning paydo bo`lishi, piktografik yozuv, logografik yozuv, xitoy ieroglifikasi, misr mixli 
xatlari, fonografik yozuv va uning turlari, alifbo, lotin alifbosi, kirill yozuvi. 
 
Yozuv insoniyatning tarixiy taraqqiyoti mahsulidir. U azaldan kishilarning aloqa qilishlari, fikr almashishlarida muhim rol o`ynagan. 
Shubhasiz, yozuv insoniyatning ulug` kashfiyoti, muvaffaqiyati hisoblanadi. U og`zaki nutq va tilga yordamchi vosita sifatida yuzaga keldi. 
Yozuv – muayyan bir tilda  qabul etilgan va kishilar o`rtasidagi muloqotga xizmat qiladigan yozma belgilar yoki tasvirlar tizimi. 
Yozuv kishilik jamiyati madaniy taraqqiyotning tom ma’nodagi, bashariyatning uzoq va murakkab tadrijiy takomili jarayonidagi omillarning 
eng asosiylaridan biridir. Yozuv og`zaki tilga nisbatan ikkilamchi, qo`shimcha aloqa vositasi bo`lsa-da, unga qaraganda ko`p afzalliklarga 
ega. Xususan, tilning asosiy vazifasi – kishilar o`rtasidagi aloqani ta’minlashdir. Tilning kommunikativ vazifasi yozuvsiz amalga oshishi 
mumkin emas. Tilning estetik, gnosiologik (bilish) kabi asosiy vazifalarini ham yozuvsiz tasavvur qilish qiyin. Ayniqsa, tilning insoniyat 
qo`lga kiritgan  tajriba-bilimlarini  saqlash  va  avlodlarga yetkazishdan  iborat  vazifasi bevosita  yozuv  orqali  bajariladi.  Tovush  tili  uchun 
noqulaylik tug`diruvchi masofa va vaqt omili yozuvning  bu borada ustunligini dalillaydi. Bir latincha maqol bor: “Verba volant – scripta 
manent” – “So`zlar uchib ketadi, yozilgani esa qoladi”.  
Yozuv tildan ancha keyin  paydo bo`lgan. Tovush tili 400-500 ming yillar ilgari yuzaga kelgan, yozuv esa 4-5 ming yil oldin paydo 
bo`lgan. Og`zaki  nutqning zamon va makon nuqtai nazaridan cheklanganligi va uni bartaraf etish zaruriyati yozuvning  paydo bo`lishiga 
olib kelgan. Og`zaki til talaffuz vaqtidagina va ayni paytda muayyan masofadagi (tovush to`lqinlari yetib borishi mumkin bo`lgan) kishi 
                                                 
3
 Баскаков Н.А. Введение в изучение тюркских языков. М., «Высшая школа», 1962, стр.95. 
 


 
29 
uchungina mavjuddir. Boshqa sharoitlarda tilga ehtiyoj paydo bo`lishi bilan inson dahosi bu ehtiyojni qondira oluvchi vositalarni qidira 
boshlagan, natijada belgilar tizimidan  iborat yozuv dunyoga kelgan. Aslida, belgilar tizimi sifatidagi yozuv  paydo bo`lishidan oldin inson 
ramziy vositalardan keng foydalangan. Masalan, slavyan qabilalarida non-tuz – do`stlik ramzi, trubka-tinchlik, atirgul-sevgi ramzi va h.k. 
belgilar “buyumli yozuv” xarakteriga ega edi. Fanda turli xil yozuv  ko`rinishlari aniqlangan va yozuvning tadrijiy tarixi  isbotlangandir. 

Download 2,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish