Piktografik (lat. pictus - chizmoq), rasmli yozuv dastlabki yozuv turidir. Piktografik yozuv ibtidoiy tasviriy san’at namunasi bo`lib,
toshlarga, suyaklarga, g`or devorlariga o`yib ishlangan. Piktografiyada hayotiy vaziyatlar (ov, sayohat), narsalar (qayiq, uy, oy, quyosh,
yer), mavjudotlar (inson, sigir, qo`y) kabilar aks ettirilgan edi. Yozuvning rasm bilan aloqador hodisa ekanligini turkiy tillardagi bitik
(yozuv) so`zi tarkibidagi biti-xitoycha bi: mo`yqalam bilan aloqadorligi, shuningdek, slavyan tillaridagi писать (jivopis) fe’lining o`zagi lаt.
“pingere” – rasm solmoq tushunchasi bilan bog`liqligi, gotcha melian (yozmoq) fe’lining dastlabki ma’nosi ham mo`yqalamda rasm
solmoq bo`lib, hozirgi nemis tilida “malen” – rasm chizmoq” ma’nosida qo`llanilishi tasdiqlab turibdi.
B.N.Golovin piktografiya hodisasini shunday tushuntiradi: “Piktografik maktublar bilan muloqot qilmoqchi bo`lgan ikki hozirzamon
do`stlarni tasavvur qilaylik. Ulardan biri qorong`u osmondagi yarimoy tasvirini, chiqayotgan quyosh, qayiqdagi odam, baliq va qarmoq
rasmini chizdi. Keyingisi javob tariqasida botayotgan quyosh, qorong`u osmondagi yarimoy, paravoz va uch vagon va ular oldida odam
hamda Moskva Kremlning tasvirini bergan. Shuningdek, vagonni quyosh bilan bog`laydigan chiziq (liniya)ni ham ko`rsatgan. Demak,
bulardan birinchisining mazmuni: “Men ertaga baliq oviga boraman”. Ikkinchisi esa: Bugun kechqurun (oqshomda) men poezdda
Moskvaga ketaman”, - degan ma’nolarni anglanadi.
1
Darhaqiqat, olim juda to`g`ri tasavvur, mulohaza keltiradi. Ibtidoiy tafakkur va
yozuvning tabiatini shu kabi ko`rinishlarda kuzatish mumkin. Shu boisdan ham, rasmli (piktografik) yozuv dunyodagi mavjud barcha
yozuvlarning kelib chiqishi uchun asos bo`lgan, degan fikrga kelish to`g`ridir.
Rasmlar yordamida muayyan fikr-axborotni ifodalash, yuborish mumkin ekanligini odamlar juda qadimiy davrlarda anglab
yetganlar. Shuning uchun ham rasmli yozuvning og`zaki til bilan bog`liq bo`lmaganligi uning turli til vakillari tomonidan ham
tushunilaverishini ta’min etgan, ammo unda ifodalangan mazmunning turlicha, ixtiyoriy talqin etilishiga yo`l qo`ygan, abstrakt
tushunchani bunday yozuv orqali ifodalash deyarli mumkin bo`lmagan. Davlat tuzumi rivojlanib, turli yozishmalarga va bu
yozishmalarning ayni bir xil talqin qilinishiga bo`lgan ehtiyoj kuchayib borgani sari piktografik yozuvning ojiz tomonlari ko`proq ko`zga
tashlana boshlagan. Bu hol rasmli yozuvning taraqqiyotiga, ideografik va ieroglifik yozuvning shakllanishiga olib kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |