31
faoliyatni o`z ichiga oladi. Demak, ong tafakkurdan ham katta hodisa, tushunchadir. Tafakkur – bilishning eng yuqori bosqichidir. Bilish
bu obyektiv voqelikning inson ongida aks etish jarayonidir. Fanda ikki xil bilish farqlanadi:
1.
Sezgilar orqali bilish.
2.
Aqliy bilish va tafakkur.
Hissiy bilishda tashqi olamni sezgi a’zolarimiz orqali bilib olamiz. Bunday bilish hayvonlarda ham rivojlangan.
Aqliy
bilish esa insonlarga xos bo`lib, tashqi olamni faqatgina his qilib qolmay, balki har bir hodisa, predmet, jarayonlarini fahmlaydi, ularni
qayta ishlaydi, fikr yuritadi, xulosalaydi, tushunchaga ega bo`ladi. Mana shu jarayon
tafakkurdir
. Demak, tafakkur oliy bilish, fahm, idrok
kabi tushuncha bilan uzviy bog`liq bo`lib, bilishning mahsuli sanaladi. Tafakkur – miyaning oily mahsuli. Tafakkur kishilarning ijtimoiy
ishlab chiqarish faoliyati jarayonida paydo bo`ladi. U insoniyat jamiyatiga xos bo`lgan mehnat va nutq faoliyati bilan chambarchas bog`liq
holdagina mavjuddir. Tafakkurning voqelikni bevosita aks ettirish qobiliyati insonning xulosa chiqarishga, isbotlashga bo`lgan
qobiliyatida ifodalanadi. Bu qobiliyat bilish imkoniyatlarini kengaytiradi. Inson tafakkuri turli fanlar (mantiq, psixologiya, gnoseologiya,
kibernetika va sh.k.) tomonidan va turli usullarda o`rganiladi. Eksperimental tadqiqotlar orasida so`nggi vaqtda tafakkurni turli kibernetik
qurilmalar yordamida modellashtirish shaklida tadqiq qilish metodlari ancha keng rivojlangan.
Biz yuqorida tafakkurni bilish, ong, idrok kabi tushuncha bilan bog`liq ekanligini qayd etdik. Tafakkur til bilan ham zich aloqador
ekanligini ham unutmaslik kerak. Uning til bilan munosabati, aloqadorligi tilshunoslik fanining o`rganilish doirasiga ham kiradi. Har
qanday fikr so`zlarda o`z ifodasini topadi. Fikrning voqeligi, uning mavjudligi tilda namoyon bo`ladi. Biz istalgan predmet, voqea-hodisa
haqida til vositasisiz, so`z va gaplarsiz fikrimizni ifodalay olmaymiz. Til – bilish jarayonining muhim sharti. Tilsiz tafakkur mavjud
bo`lmaganidek, tafakkursiz til ham mavjud emas. Hech qanday ma’noga ega bo`lmagan, faqat ma’lum tovushlar tizimidan iborat bo`lgan
so`zlar muayyan tushunchani ifodalamaydi, tasavvur ham hosil qilolmaydi. Va nihoyat, fikr ifodalash funksiyasini bajarmagan bunday
so`zlar nutq uchun xizmat qilolmaydi. Xullas, til va tafakkur munosabati o`zaro dialektik aloqadorlikda bo`lib, birgalikda rivojlanish va
ta’sir etish qonuniyatlariga amal qiladi. Ammo til qonunlari bilan tafakkur qonunlari bir-biriga teng kelmaydi. Til grammatikaning o`rganish
manbayi bo`lsa, tafakkur logika (mantiq) ilmining manbayidir. Shunga ko`ra mantiqiy kategoriyalar (tushuncha, subyekt, predikat, hukm
va sh.k.) bilan grammatik kategoriyalar (so`z, ega, kesim, to`ldiruvchi….) farqlanadi. Mantiq birliklari umumiy, mavhumdir. Til birliklari,
ayniqsa, nutqiy birliklar real, voqeiydir. Mantiqiy kategoriyalar umumiy, metodologik bo`lganligi bilan tillardagi grammatik kategoriyalar
o`ziga xosdir.Chunonchi, rus tilida otlarning jonli va jonsizligini ifodalash kategoriyasi mavjudki, bu o`zbek tili uchun xos hodisa emas.
Rus tilida rod kategoriyasi mavjud bo`lib, u mantiqiy
jins kategoriyasi bilan muvofiq va nomuvofiq holatda turishi kuzatiladi.
Masalan,
мужчина, дедушка “женский род”ni ifodalaydi, ammo jins kategoriyasi jihatidan erkak (мужской пол)lik belgisiga ega. Demak,
mantiqiy jins kategoriyasi grammatik rod kategoriyasi bilan nomutanosiblik hosil qilgan. Mantiqiy sifat va miqdor kategoriyasi o`zbek tili
grammatikasida ham ifodalanadi. Сhunonchi, mantiqiy sifat kategoriyasi sifat so`z turkumi ichida turli usullar (morfologik, leksik-semantik,
takror) bilan aks ettirilishi mumkin. Falsafiy miqdor ma’nosi esa son kategoriyasida o`z ifodasini topadi (birlik va ko`plikda).
Grammatikada miqdor ma’nosini ifodalash son so`z turkumi
(yigirmata talaba), ravish so`z turkumi (
ancha, picha), takrorlar
(qop-qop un)
orqali ham ifodalanadi.
Xullas, til bilan tafakkur bir-biridan ajralmas dialektik birlikni tashkil etuvchi, ammo o`z xususiyatlariga, qonun-qoidalariga ega
bo`lgan hodisalardir. Til bilan tafakkurni bir hodisa deb tushunish qanchalik xato bo`lsa, ularni bir-biridan ajratish ham shunchalik xatodir.
F.de Sossyur ta’biri bilan aytganda: “Язык можно сравнить также с листом бумаги. Мысль – его лицевая сторона, a звук
оборотная… ”, demak, tilni fikrdan ajratish mumkin emas. Fikr va tilda voqeiy turmush, hayot namoyon bolishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: