B mengliyev, G. Tojiyeva



Download 2,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/301
Sana23.01.2022
Hajmi2,83 Mb.
#406177
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   301
Bog'liq
tilshunoslikka kirish b.mengliyev, g.tojiyeva

       Lison  deyilganda  ma’lum  bir  jamiyatning  barcha  a’zolari  uchun  avvaldan  tayyor  holga  keltirilib  qo‘yilgan,  hamma  uchun 
umumiy  va  majburiy  fikrni  ifodalash  va  boshqa  maqsadlar  uchun  xizmat  qiladigan  birliklar  hamda  bu  birliklarning  o‘zaro  birikish 
qonuniyatlari yig`indisi tushuniladi [3,8;]. Tilning bunday talqini uning psixofizik hodisa ekanligini, u o‘ziga umumiylik, mohiyat, imkoniyat, 
sabab(UMIS) kabi sifatlarni mujassamlashtirganligini isbotlaydi. Til (lison) bunday xususiyatlarini aniq formalarda  – xususiy hodisa va 
voqeliklar sifatida gavdalantiradi.Shu nuqtayi nazardan til va nutqning har biriga xos mustaqil birliklari mavjuddir. (Keyinroq, bu birliklar 
haqida to‘xtalib o‘tamiz).  
      Lisonda birliklar va birikish qonuniyatlari farqlanadi. Lisoniy birlik ikki tomonning bir butunligidan iborat bo‘ladi:  
a)
 
lisoniy birlikning shakily, tashqi tomoni; 
b)
 
lisoniy birlikning ma’lum bir vazifasi, ma`noviy qiymati. 
Lisoniy  birlik  ongda  qandaydir  tarh,  ramz  sifatida  saqlanadi.  Masalan,  [a]  fonemasining  talaffuz  xususiyatlari  haqida 
umumlashma tasavvur o‘zbek tilida so‘zlashuvchi barcha jamiyat a’zolari tilida birdir. Bu [a] fonemasining tashqi tomonidir, uning ichki 
tomonini ma’no farqlash, chegaralash xususiyati tashkil etadi. Ichki va tashqi tomonni bir- biridan ajratib bo‘lmaydi. Bir-birini shartlovchi, 
bir-biriga bog`liq bo‘lgan “lison – nutq qobiliyati - nutq” zanjirida faqat nutqqina tashqi shaklda (og‘zaki, yozma) namoyon bo‘ladi. F.de 
Sossyur  lison  –  nutq  munosabatini  shatranj  o‘yini  qoidalari  asosida  tushuntirib  o‘tgan.  Shaxmat  donalari  va  har  bir  donaning  yurish 
qoidasi ongimizdagi lisoniy birliklar va ularning birikish imkoniyatlariga o‘xshaydi. O‘yin qoidalari hamma uchun bir xil. O‘yinchi xuddi 
so‘zlovchi bo‘lib, shaxmat oyinini bilishi esa so‘zlovchining nutq qobiliyatiga o‘xshaydi. Donalarning harakatlantirilishini  nutqqa qiyoslash 
mumkin. Chunonchi: 
     shaxmat – o‘ynash qobiliyati - o‘yin;  
     lison – nutq qobiliyati – nutq. 
   Lison  va  nutq  munosabatiga  dialektik,  dialektika  kategoriyalari  nuqtayi  nazaridan  yondashilganda,  u  haqdagi  tasavvur  va 
bilimlarimiz to‘laqonli bo‘ladi. Lison va nutq munosabatiga dialektikaning umumiylik va yakkalik, mohiyat va hodisa, imkoniyat va voqelik, 
sabab  va  oqibat  munosabati  asosida  yondashilsa,  u  haqdagi  bilimlarimiz  yanada  ravshanlashdi,  ya’ni  til  (lison)  umumiylik,  mohiyat, 
imkoniyat, sabab (UMIS) belgilariga, nutq esa yakkalik hodisa, voqelik, oqibat (YHVO) belgilariga egadir. 
Lison va nutqning o‘ziga xos birliklari mavjud: 
Lisoniy birliklar – fonema, morfema, leksema, qolip; 
Nutqiy birliklar – tovush, qo‘shimcha, so‘z, (yasama so‘z, qo‘shma so‘z…) so‘z birikmasi, gap.  
Biz quyida bularning farqini birma-bir ko‘rib o‘tamiz. 
1.Fonema  va  tovush.  Eng  kichik  lisoniy  birlik  fonemalardir.  Fonema  muayyan  til  egalarining  ma’lum  tovushlar  tipi  haqidagi 
umumiy tasavvurlaridir. Har bir fonema so‘zlovchilar ongida o‘z tipini farqlovchi belgilari majmui asosida vujudga kelgan maxsus “akustik 
– artikulyatsion portret” yoki “tovushlar obrazi” sifatida saqlanadi. Muayyan fonemaning farqlovchi belgilari uning artikulyatsion va akustik 
xususiyatlari asosida shakllanadi. Artikulyatsion belgilar muayyan tovushlarni talaffuz qilish uchun nutq a’zolarining bir xildagi harakatga 
moslashgan avtomatik, standart holatlari  haqidagi tasavvur bo‘lsa, akustik belgilar sifatida bir turdagi tovushlarga xos talaffuz sifati va 
miqdori tusuniladi. 
  O‘zbek tilida so‘zlovchi shaxslarning ongida hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi 30 ta tovush tipi – fonemalar haqidagi ma’lumot bor. 
Bu ma’lumot kishi ongida uning til o‘rganishi, o‘zgalar va o‘zining nutqini ko‘rsatish natijalari sifatida jonlanadi. Masalan, o‘zbek tili sohibi 


 
33 
o‘zining  eshitish  va  so‘zlash  a’zolari  faoliyatini  kuzatish  natijasida  [a]  fohemasining  unlilik,  kenglik,  lablanmaganlik,  [u]  fohemasining 
unlilik,  torlik,  lablanganlik,  [p]  fonemasining  undoshlik,  shovqinlilik,  jarangsizlik,  portlovchilik,  lab  –  lablik  kabi  belgilarga  ega  ekanligi 
haqidagi “tabiiy” (go‘yoki o‘zi hosil qilingan) bilimga ega bo‘ladi. Nutq so‘zlaganda, kishi ana shu tipik belgilarni jonlantirishga, ongidagi 
imkoniyatni voqelantirishga, fonetik umumiylikni xususiylashtirishga harakat qiladi. 
     Lisoniy  birliklar  nutqiy  birliklarga  nisbatan  miqdoran  cheklangan  bo‘lsa-da,  ammo  ularning  soni  ham  sanoqli  emas.  Shu 
boisdan ularning xotirada saqlanish mexanizmini ochish lozim bo‘ladi. 
       Ma’lumki, inson narsalarni ularning umumlashtiruvchi va farqlovchi belgilari asosida esda saqlaydi. Esda saqlanishi lozim 
bo‘lgan narsa miqdor jihatdan ko‘p bo‘lsa, eslab qolishning asosiy yo‘li tasniflash, ya’ni guruhlarga ajratishdir. Tasnif esa o‘xshash va 
noo‘xshash, umumiy va farqlovchi belgilarini aniqlash asosida kechdi. Bu tamoyil barcha lisoniy birliklar, xususan, fonemalar tasnifida 
ham to‘la amal qiladi. 
       Hozirgi  o‘zbek  adabiy  tilida  30  ta  fonema  so‘zlovchi  ongida,  avvalo  ikki  guruh  –  unlilar  va  undoshlarga  bo‘lingan  holda 
mavjud  bo‘ladi.  Bu  guruhlar  tovushlar  talaffuzidagi  ovoz  va  shovqinning  ishtiroki  darajasiga  qarab  belgilanadi.  Bo‘linish  shu  tarzda 
alohida  fonemagacha  davom  etib  boradi.  Unlilar  ham,  undoshlar  ham  qarama-qarshi  belgilari  asosida  kichik  guruhlarga  bo‘linib 
boraveradi. Masalan, o‘zbek tilidagi 6 ta unli bir tizim bo‘lib, ular shovqinsizligi bilan undoshlardan ajraladi. Biroq bu tizimchaning o‘zi ham 
unsurlarning qarama-qarshi belgilari asosida bo‘linadi. Unlilarning qarama- qarshi qo‘yilishi quyidagicha: 
i u 
 e o‘ 
a o 
     Umuman  olganda,  minimal  lisoniy  birlik  bo‘lmish  fonemalar  inson  nutq  a’zolari  yordamida  vujudga  kelgan  tovush 
ko‘rinishlarining  umumiy  andozasi  bo‘lib,  cheksiz  tovushlarning  umumlashmalari  qatori  sifatida  ongimizda  yashaydi.  So‘zlovchilar 
ongidagi  ushbu  psixo-akustik  obrazlar  asosida  nutq  a’zolarini  harakatga  keltirib  tovushlarni  hosil  qiladi.  Yoki  tinglovchi  o‘zgalar 
tomonidan hosil qilingan tovushlarni eshitish orqali ongidagi andozaga solishtirib ko‘radi. 
     Fonemalarning  ma’no  farqlash  xossasi  mavjud  bo‘lib,  bir  fonemaning  turli  ko‘rinishlari  bo‘lgan  tovushlarda  bu  hodisa 
kuzatilmaydi. Bir fonemaning nutqiy varianti bo‘lmish tovush boshqa fonemaning varianti bo‘lgan tovush bilan almashtirilsa, so‘z ma’nosi 
yangilanadi, ya’ni boshqa so‘zga aylanadi. Qiyoslang: [qora] va [qara] [ota] va  [ata], [ona] va  [ana]. Shu boisdan ham fonemaga tilning 
ma’no farqlovchi eng kichik birligi deb ta’rif berildi. Bir fonemaning turli variantlari ma’no farqlamaydi. Masalan, til oldi va til orqa [o‘] 
unlilari quyidagi so‘zlarda ma’no farqlamagan: o‘l – o‘l. 
           Leksema va so‘z.  Lisonning borliq hodisalarini nomlash, ifodalash, ko‘rsatish uchun xizmat qiluvchi birligi leksemadir. 
Lisoniy birlik sifatidagi leksema biri ikkinchisisiz mavjud bo‘la olmaydigan ikkita psixofizik-akustik struktura (tovush qobig‘i), ya’ni nomema 
hamda ma’lum bir tusuncha asosida vujudga kelgan mazmuniy struktura, ya’ni sememaning birligidan iborat. 
      Lisoniy birlik sifatidagi leksemalarning  tovush strukturasi fonetik birliklar ko‘rinishlar (variant)larining turlicha kombinatsiyalari 
asosida vujudga kelgan. O‘zbek tilida mavjud  leksemalarning barchasining shakily tomoni tilimizda mavjud 30 ta fonema asosida, xolos. 
Shu  boisdan  tashqi  fonetik  strukturasi  asosida    leksemalarni  kuchli  va  kuchsiz  ziddiyatlarga  qo‘yish  mumkin.  Kuchli  oppozitsiyalar 
bittadan  (u  –  olmosh,  e  -  undosh),  ikkitadan (ot -  ish),  uchtadan  (bor -  kel),  to‘rttadan  (qunt  -  band)  fonema  variantining zidlanishi 
asosida hosil bo‘lgan bo‘lsa, kuchsiz ziddiyatlar leksemalarning tarkibidagi ayrim fonema variantlari asosida bo‘ladi. 
     Har  bir  leksema  lisoniy  birlik  sifatida  mazmun  mundarijasiga  ham  ega.  Leksemalarning  mazmun  rejasi  denotatlar  yoki 

Download 2,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish