Uni sizga qanday tanishtirsam ekan. Qiziqib qoldingizmi? Hozir aytaman. Vijdon
Vijdon azobi. Amina Shanliko’g’li
www.ziyouz.com kutubxonasi
6
azobimga hamdard bo'larsiz. O'zingizni men bilan birga his qilib, qayg'u daryosiga g'arq
bo'larsiz... U meni jonim, jigarim, jon qarindoshim! Unga Islomdan so'z ochgudek
bo'lsam hayajonlanar:
- Mujohid bo'laman. O'qishni bitirara bitirmay chorshaf o'rayman, - deb ulug'
orzulardan so'zlardi. Birgalikda Islom yo'lida harakat qilishdan so'zlashar, ahdlashar
edik. Men uni tug'ishganim, jigarim dedim, chunki barcha musulmonlar bir - birlariga
qarindoshdirlar. Kelajak haqida shunday go'zal ozularda yurganimizda birodarimni
uyidagilar bu maktabdan olib, boshqa maktabga topshirdilar... Va oramizdagi
munosabatlar zaiflasha boshladi. Uni maktabdan ketayotgan damdagiqiyofasini tasvirlay
olarmikinman? Ko'zlari yoshga to'lgan... Yonoqlari ho'l... Yig'lab aytilgan shu so'zlar
hanuz qulog'im ostida jaranglaydi:
- Opajon, onamlar bilan gaplashing, ularni siz ishontira olasiz. O'zingizdan meni
ajratishlariga yo'l qo'ymang... Menga yordam bering opajon!- degandi. Bechora singlim
qanday jamiyatda yashayotganimizdan behabar edi. U ko'p narsalarni bilmasdi. Jamiyat
birovga tamg'a urdimi, u jamoatdan uzoqlashtiriladi... Uning onasiga ham shunday
yomon tamg'a bosilgandi. Shuning uchun unkiga bormoqchi bo'lanimda onam:
- Ularnikiga borib, o'sha ayolbilan suhbatlashsang bergan sutimga rozi emasman, -
dedilar. Bilmassan jigarim... hatto onagning sen bilan so'zlashishini istamaslar, ishon.
Lekin men zinhor ular bilan hamfikr emasman. Bilardimki, sen aybsiz eding. Sen
ishonchga to'liq eding. Sen islomiy yashamoqni istarding. Seni mendan boshqa
tushunuvchi yo'q edi. Seni tushunishni istamaydiganlar ko'p edi, jigarim men ular ichida
yolg'iz edim. Esning aybsizlgingni qancha aytsam ham meni tinglamadilar, ishonmadilar
menga.
- Uning aybi yo'q, gunohiga qolasiz, - dedim. Yana nimalar bo'ldi... Baribir hech
natija chiqmadi. Har qalay nima bo'lganda ham senga ishonchim mustahkam va adoqsiz
edi. U hech qachon o'zgarmaydi, derdim. Shu ishonch shu fikrlar asosida ilgarilashingni
umid qilib yashadim. Oradan kechgan bir yil ichda sen o'zligingdan ayirilmading.
Yuragimni qarida eding, ishon, jigarim... O'zimning tug'ishganimdek eding, chunki
ishonchimiz va e'tiqodimiz bir edi. Qandat qilib seni o'ylamay? Qanday qilib sendan
ajralishni o'ylay? Sen Islom foydasi uchun shahs bo'lmoqchi eding. Doim sendan go'zal
habarlar kutardim... Bu umidvor kutishim achchiq bir habar bilan qalbimni yaraladi.
Eshitdimki, ovozi bo'g'ilgan dugonang o'rniga maktab xo'riga qo'shilibsan. Keyin esa
restaran qo'shiqchisiga aylanibsan. Erkak do'stlairng seni bir -bir tabriklar ekan... Doim
senga muhlis ekanliklarni izhor qilishar ekan... Vaholanki, sen mening bilishimcha
bunday ishni o'lim hisoblarding. Aslo lapar aytmasding... Bu ishlarni Islomdan tashqari
deb bilarding... Endi ularni unutib... o'zgarding. Ne qilay... ko'zyoshim, fig'onimni ichga
yutishdan bo'lak ne kelardi?! Shunday qilmoqchiedingmi jigarim? Sen bilan shunday
bo'lishni so'zlasharmidik? Bunday yomon habar eshitishni o'rniga, o'lim habarini
eshitsam bo'lmasmidi? Islomdan tashqari chiqmaslikka so'z bergan eding-ku! Kufr
botqoqlari ichra ochilgan Islom Guli bo'lmoqchi eding-ku. Botqoqlik ichra minglab
qizlarning hidoyatiga sen vasila bo'lmoqchi eding. Islomni yetkazmoqchi eding. Nima
qilib qo'yding? Ne qilding? Yuragimni qanchalar yoqding. Vijdonimni nechog'lik
zirqiratding. Seni qanday qilib yo'qotdim? so'lishingga qanday qo'l siltadim, qanday ko'z
yumdim? botqoqqa botishingga qanday rozi bo'ldim? o'ylaganim sayin ezilaman. Sening
bu holga tushishingga men sababchi bo'ldim. Yordam soraganingda qo'limda hech narsa
kelmadi. Ota - ona, atrof jamiyat deb, seni buzilgan jamiyat qo'liga yolg'iz tashlab
qo'ydim. Kechir meni jigarim. Avf et, singlim. Senga yordam etolmaganim, sening
uchuno'z burchimni bajarolmaganim uchun avf qil. Seni, sen kabi yuzlab yoshlarni
botqoqqa botirganimiz uchun bizlarni avf et. Seni himoya qilolmaganim uchun