www.ziyouz.com kutubxonasi
3
huddi shu savolni kutib turgandek darhol javob berdi.
- Qiziqish, honimafandi, qiziqib qoldim. Qiz hayron bo'lib o'yladi:" Ajabo bu kishini
nima qiziqtirib qo'ydi ekan".
Lekin so'rab ulgurmasdan yigitning o'zi tushuntira boshladi:
- Salon qarshisida ko'chada kezinib yurardim. Yo'ldan bir necha ayollar, qizlar o'tib
borishar edi. Bari yarim yalang'och kiyingan, yuzlarini pardoz qilib bo'yoqlar tortishgan,
faqat siz ulardan farqli ravishda bo'yanmagan hamda o'rangan edingiz. Boshqa ayollar
bir daqiqa oldin bo'lsa ham ko'ngil ochishga shoshishar, ammo siz yoningizdagi ayol
bilan sekin yurib borardingiz. Ma'zur tutgaysiz, bu orada suhbatlaringiz qulog'imga
chaliniz qoldi. Szi yoningizdagi ayolga oyog'ingiz tortmayotganini va to'yga borgingiz
kelmayotganini aytdingiz. U esa to'yga borish bilan gunohni bir-biriga aloqasi yo'qligini
aytardi. Siz asl vazifangiz bo'lgan - Islomni o'zgalarga tushuntirish, yetkazishni unutib
unga ergashdingiz. Men esa bunday ochiq sochiq to'yda o'ranib olgan ayol nima qilishiga
qiziqib qoldim. Shuning uchun bu salonga kirib, sizni kuzatdim. Va qasddan sizni raqsga
taklif qildim. Nima qilishingizga qiziqdim.
Kelganiga ming bor pushaymon bo'lgan qiz qarshisidagi yigit esli-hushli ekanini
angladi. Buning ustiga bu haq so'zlarni eshitgach toqat qilolmadi - ko'z yoshlari oqa
boshladi. Ko'zlari bilan to'yga birga kelgan dugonasini qidirardi. U yon tomondan kelib:
- Sizga nima bo'ldi jonim. Go'zalim, to'yni rasvo qildingiz, sovutdingiz, hor qildingiz.
Sizdaylar ko'ngilhushlikni tushunarmidi? O'tday kelib o'tday ketasizlar. Birozgina
madaniyatliroq bo'lsangizchi?! Qaysi asrda yashayapmiz o'zi azizam? Shu zamonda ham
kallasiga o'rgimchak uya qurganlar ham bor ekanda. Ko'ngil ochmoqchi edik imkon
bermadingiz, - dedi. Asabiylashgan qiz esa:
- Menga qara, O'ljoy, emni bu yergaqo'yarda-qo'ymay olib kelganing yetamagidek,
endi e'tiqodimizni ham haqorat qilasanmi? -deya baqirdi.
- Shu qadar iymonli, so'fiy bo'lsang nega kelding? -dedi unisi. Va nihoyat tortishuv
tugadi. Qiz yig'ishtirinib ketmoqqa hozirlandi. Sumkachasini olib kesmin yurdi. Dugonasi
O'ljoy bo'lsa qahqaha oti, kalaka qilib qoldi:
- Chop so'fiy joynamozingga chop, ko'ramiz! Uyiga yetib kelgan qiz esa honasiga
kirib yig'lar, Allohga duolar qilib, mag'firat so'rar, avf tilardi. Tonggacha uhlamadi.
Vijdoni qiynab, so'roqqa tutar, tergov qilardi. " Musulmonliging qani! Qani islomiy
yashamoqqa va da'vat etmoqqa qilgan qarorlaring. O'ljoy gunohni qaydan bilsin, sen
nega unga ergashding? Gunoh ekanligini bila turib nega ko'z yumding. nega qo'l
siltading? To'ydagi yigitning so'zlari haq, o'zi haqli edi". Yig'ladi... Namoz o'qib Allohdan
kechirim soradi. Allamahal bo'lib ketganinga qaramay qizini uhlamaganini ko'rgan onasi
Allohga yolvordi:
- Allohim! Menga shunday qiz berding-ki kechaning yarmini isyon bilan kechirdi.
Ikkinchi yarmini ibodat ila o'tkazmoqda. Ilohi! Qizimni kechasi ham, kunduzi ham
O'zingni yo'lingda yurguvchilardan qil! Ey, Rabbim!
Do'stlaringiz bilan baham: |