XVIII asrning birinchi yarmi Xiva xonligida ilm-fan taraqqiyoti butunlay
to‘xtab qolgani yo‘q. Bu davrda tarix ilmi o‘ziga xos o‘rinda turgan. Chunonchi, Xiva xoni
Abulg‘oziyxon fan va madaniyat tarixida „Shajarayi turk“ va „Shajarayi tarokima“ asarlari
„Shajarayi turk“ asarining 9-bobi bevosita Xorazmning 1512-1663-yillardagi ijtimoiy-
siyosiy tarixiga bag‘ishlangan. Unda aniq tarixiy voqealar, turkiy xalqlar an’analari, Xiva va
Buxoro munosabatlari jarayoni yoritilgan. Pul muomalasi haqida ma’lumotlar berilgan.
Abulg‘oziyxonning yana bir katta xizmati shundan iboratki, u o‘z asarlarini oddiy kitobxon
uchun turkiy tilda yozgan. Shuning uchun ham ayrim olimlar uning asarlarini yangi o‘zbek tili
Vengriyaning mashhur sharqshunosi X. Vamberi
„Abulg‘oziyning „Shajarayi turk“i uchun
butun dunyo undan minnatdor“,
deb yozgan edi. Bu asar bir necha asrlardan beri ko‘plab tillarga
tarjima qilib kelinmoqda.
Abulg‘oziyxonning topshirig‘i bilan „Dastur ul-amal“ asari ham yozilgan. Afsuski, bu asar
muallifi hamon aniqlangan emas. Ushbu asarda Sohibqiron Amir Temurdan tortib Zahiriddin
Muhammad Boburga qadar temuriylar shajarasi qisqacha sharhlangan. Har bir hukmdorga
qo‘lyozmaning bir bo‘limi bag‘ishlangan.
XVI asrda Xiva xonlari kutubxonalarida xattotlik, husnixat maktabi shakllandi. Mashhur
xattot Hamadoniy 1556-yilda Eshmuhammadxonga
„Shohnoma“n
i miniaturalar uchun ochiq joy
qoldirib ko‘chirib berdi.
XVII-XVIII asrlarda Xivada Muhammad Yusuf Rojiy, Bobojon Sanoiy, Muhammad Rizo
Oxund kabi qator usta xattotlar yashab, mehnat qilganlar. Ular she’riy asarlar, tarjima va tarixiy
kitoblarni ko‘chirganlar. Har bir kitobni bezashda bir necha soha ustalari ishtirok etgan. Bular –
qog‘oz qirquvchi, kotib-xattot, muzahhib, lavvohlar, miniaturachi rassom va sahhoflar
edilar.
Me’morchilik.
XVIII asr oxirida Muhammad Amin hukmronligi davridan boshlab
birmuncha siyosiy barqarorlik o‘rnatildi. Bu omil Xiva shahrining holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
Chunonchi, 1782-yilga kelib Xiva shahrida qayta tiklash ishlari tugallandi.
Qayta tiklash ishlaridan tashqari yangi me’moriy obidalar ham qurildi. Masalan, 1765-yilda
Sherg‘ozixon va Muhammad Amin madrasalari bunyod etildi.
XIX asr boshlarida Xiva xonligi poytaxti yirik qurilish maydoniga aylandi. Xon farmoyishi
bilan karvonsaroy, usti yopiq bozor hamda 1834-yilda Olloqulixon madrasasi qurilishi
tugallandi.
XIX asrda Xiva shahri bir-biridan devor bilan ajralib turadigan ikki qismga bo‘lingan.
Ularning biri
Do'stlaringiz bilan baham: