28
6-rasm
. Marten pechining sxemasi:
1 - suyuqlantirilgan metall; 2 - shlak; 3 - pech shipi; 4 - pechning tubi;
5 - pechning orqa devori; 6 - pechning old devori; 7 - shixta kiritiladigan
darchalar; 8 - gaz regeneratorlari; 9 - havo regeneratorlari;
10 - sirtqi ish sathi; 11, - pechga haydaluvchi havo kiritiladigan va
yonish
mahsulotlari chiqarib yuboriladigan kanallar; 12,12’ - pechga
haydaluvchi gaz
kiritiladigan va yonish mahsulotlari chiqarib yuboriladigan kanallar; 13 - klapan;
14 - mo‘r; 15 - suv bilan sovutib turiluvchi kislorod furmasi.
Pechni ishga tushirish
. Pech bo‘shlig‘iga shixta materiallari ma’lum
tartibda yuklangandan keyin gorelkaga bosim ostida qizdirilgan yonuvchi gaz va
havo yuborilib, kamerada yondiriladi. Yonish mahsulotlari o‘z yo‘lida shixta
materiallarini qizdira borib, qarama-qarshi tomondagi kallaklar kanallari orqali
sovuq regeneratorlarning katak- katak kanallaridan o‘tib, devorlarini qizdirib
mo‘riga yoki bug‘ qozonlariga
chiqariladi,
Agar chap tomondagi 1250-1280°C qizigan rege- neratorlarga sovuq gaz
va havo haydalganida, ular qizigan regeneratorlarning vertikal kanallaridan o‘ta
borib, 800- 900°C temperaturagacha qizigach, u yerdan o‘z kallaklari orqali
pech kamerasiga o‘tib yonadi. Yonayotgan gaz mahsulotlar oqimi shixtani
qizdira borib, qarama-qarshi tomondagi kallaklar kanallari orqali sovuq o‘ng
tomondagi juft regeneratorlarga o‘tib ularni qizdiradi. Gaz va havo oqimining
harakat yo‘nalishi klapanlar (13) orqali har 20-25 daqiqada avtomatik ravishda
boshqariladi. Agar maiten pechlari suyuq yoqilg‘i (mazut)da ishlasa, faqat
havoni qizdirish regeneratorigina o‘rna-tilgan bo‘ladi.
29
Asosli marten pechlarida shixta tarkibiga ko‘ra po‘latlarni skrap-rudali va
skrap usullarda olinadi.
Po‘latlarni skrap-rudali usulda ishlab chiqarish
. Bu usuldan domna
pechlari bo‘lgan po‘lat ishlab chiqaruvchi kombinatlarda foydalaniladi, chunki
bunda shixtaning 60- 75%i temir-tersak (skrap) chiqindilardan, qolgani suyuq
cho‘yandan iborat bo‘ladi.
Bu pechlarda, avvalo, ma’lum miqdorda temir ruda, ohaktosh, keyin
metall chiqindilar pechning oldi devoridagi yuklash darchasi orqali kiritiladi.
Ular obdon qizigach pechga qayta ishlanuvchi cho‘yan quyiladi.
Suyuq cho‘yan tarkibidagi Si, P, Mn va qisman С lar temir ruda kislorodi
bilan oksidlana boradi hamda bu oksidlar ohak bilan o‘razo birikib shlak ajrala
boshlaydi. Metalldagi S ni shlakka o‘tkazish uchun shlak pechdan chiqarilgach
pechga ma’lum miqdorda boksit qo‘shilgan ohaktosh kiritiladi. Bu sharoitda
yuqorida ko‘rilgan reaksiya bo‘yicha metalldagi S shlakka o‘tadi. Jarayon
oxirida vaqt- vaqti bilan namunalar olib, uning tarkibi va xossalari ekspress
laboratoriyada
kuzatib
boriladi.
Kutilgan
tarkibga
kelgach,
pechga
qaytaruvchilar kiritilib, so‘ngra nov teshigi ochilib u kovshga chiqariladi. Bu
variantda faqat sifati pastroq uglerodli po‘latlar olinadi. Lekin temirning temir
rudadan qaytarilishi hisobiga po‘lat miqdori biroz ortadi.
Po‘latni skrap usulda ishlab chiqarish.
Bu usuldan domnalari bo‘lmagan
kichik metallurgik va mashinasozlik zavodlarida foydalaniladi. Bunda shixtani
55-75% temir-tersak chiqindilar, qolgani qayta ishlanadigan qattiq (chushka)
cho‘yan- dan iborat bo‘ladi. Jarayonni tezlatish maqsadida pechga ozroq temir
ruda, flyus sifatida ma’lum miqdorda ohaktosh kiritiladi.
Jarayon yuqorida ko‘rilgan skrap-rudali usuliga o‘xshash kechadi. Pechni
ishga tushirishdan avval unga temir-tersak chiqindi (skrap)larning yarmi, keyin
esa
metall massasining
5% hisobida ohaktosh, qolgan temir-tersak chiqindilar va qattiq cho‘yan
solinadi.
Shixta to‘la suyuqlangach, pechdagi kislorod hamda metalldagi erigan
FeO ning kislorodi hisobiga Si, P, Mn lar oksidlanadi. SiO2, MnO, CaO oksidlar
birikib, shlak hosil bo‘ladi. Vanna temperaturasi zarur temperaturaga ko‘taril-
gach С jadal oksidlanib metall gazlardan va nometall qo‘shimchalardan tozalana
boradi. Yuqoridagidek metalldagi FeO dan Fe qaytaruvchilar yordamida
30
qaytariladi. Kutilgan tarkibli po‘lat pechdan kovshlarga novlari orqali
chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: