9-§. Domna pechining mahsulotlari va ularni pechdan chiqarish
Ma’lumki, domna pechining asosiy mahsuloti cho‘-yandir. Lekin cho‘yan
olishda u bilan birga shlak, domna gazi va koloshnik changi ham ajraladi, shu
boisdan, ular ham domna pechining mahsulotlari hisoblanadi. Cho‘yanlarni
kimyoviy tarkibi va ishlatilish sohalariga ko‘ra quyidagi turlarga ajratish
mumkin:
1.
Qayta ishlanadigan cho‘yanlar
. Bu cho‘yanlarda uglerodning hammasi
yoki ko‘proq qismi temir bilan kimyoviy birikma temir karbidi (Fe3S) holida,
qolgani grafit tarzida bo‘ladi, shuning uchun ham bu cho‘yanlar juda qattiq va
mo‘rtdir. Sanoatda bu cho‘yanlardan po‘lat olinganligi sababli, ular qayta
ishlanadigan cho‘yanlar deyiladi. Bu cho‘yanlarning siniq yuzalari oq tusda
bo‘lganligidan oq cho‘yanlar deb ham ataladi.
Domna pechlarida ishlab chiqariladigan cho‘yan-laning 70-80% ini qayta
ishlanadigan cho‘yanlar tashkil qiladi.
2. Quyma cho‘yanlar. Bu cho‘yanlarda ugle-rodning ko‘p qismi erkin
holda, ya’ni grafit tarzida bo‘ladi. Bu cho‘yanlarning siniq yuzalari kulrang
tusda bo‘lganligi uchun kulrang cho‘yanlar deb ham ataladi. Ularning
oquvchanligi yuqoriligi, qotganda hajmining kam kirishuvi, suyuqlanish
temperaturasining nisbatan pastligi, oson kesib ishlanishi boshqa cho‘yanlarga
nisbatan afzalligidir. Shuning uchun ham bu cho‘yanlardan turli murakkab
shaklli quymalar olishda keng foydalaniladi. Ularga
quymakorlik cho‘yanlari
deb ham ataladi.
Domna pechlarida olinayotgan cho‘yanlarning 10-12% ni bu cho‘yanlar
tashkil qiladi. Quymakorlik cho‘yanlarining GOST 4832-80 ga ko‘ra LK1-LK7
markalari bo‘ladi. Ular tarkibidagi oltingugurt miqdoriga ko‘ra besh
kategoriyaga, fosfor miqdoriga ko‘ra A, B, V, G, va D sinflarga va marganes
miqdoriga ko‘ra uch guruhga ajratiladi.
3. Maxsus cho‘yanlar. Bu cho‘yanlar tarkibida doimiy mavjud
elementlardan Si, Mn ning miqdori odatdagi cho‘yanlarga qaraganda ko‘p
21
bo‘ladi. Maxsus cho‘yanlar uch xilga, ya’ni yaltiroq cho‘yanlarga,
ferromarganeslarga va ferrosilitsiylarga ajratiladi. Yaltiroq cho‘yanlarning siniq
yuzalari oynadek yaltirab turganligi uchun ular yaltiroq cho‘yanlar deyiladi. Bu
cho‘yanlarning tarkibida 10-25% Mn va 2% Si bo‘ladi. Ularning 3Chl, 3Ch2,
3Ch3 markalari bor.
Ferromarganeslar tarkibida 70-75% Mn va 2,5% gacha Si bo‘ladi. GOST
4756-77 ga ko‘ra SMn10, SMn14, SMn20 va boshqa markalari mavjud.
Ferrosilitsiylar tarkibida kremniy 19-92% gacha bo‘lib, qolgani Al, Mn,
Cr, C, S, P lardan iborat bo‘ladi. GOST 1415-78 ga ko‘ra uning FS 90, FS 92,
FS 75 1 va boshqa markalari bor.
Maxsus cho‘yanlar olinayotgan cho‘yanlarning 1-2% nigina tashkil etadi.
Maxsus cho‘yanlardan po‘latlar olishda, legirlovchilar sifatida foydalaniladi.
Cho‘yanlarning yuqo- rida qayd etilgan xillaridan bo‘lak legirlangan cho‘yanlar
deb ataladigan maxsus xossali xillari ham bo‘ladi, bu cho‘yanlar tarkibidagi
doimiy mavjud elementlar (C, Si, Mn, P va S) dan tashqari ma’lum miqdorda
(Cr, Ni, Cu, W va boshqalar) kiritiladi. GOST 1585-79 ga ko‘ra, bu xil
cho‘yanlarga ChX9N5, AChS-1, AChV-1 markali antifrik- sion cho‘yanlar
misol bo‘ladi.
Shuni ham qayd etish joizki, cho‘yanlarning asosiy strukturalaridan
tashqari tarkibidagi grafitning qanday shaklda bo‘lishiga qarab ular
mustahkamligi yuqori va bolg‘alanuvchan2 cho‘yanlarga ham ajratiladi.
Mustahkamligi yuqori cho‘yanlarni kulrang cho‘yanlardan olish uchun suyuq
cho‘yanga ozroq Mg yoki boshqa elementlari qo‘shi- ladi.
Bolg‘alanuvchan cho‘yanlar olish uchun esa oq cho‘yan quymalari
maxsus rejimda yumshatiladi.
Domna shlaki
. Shlakdan shlak paxtasi, g‘isht, sement, shlak bloklari va
boshqa materiallar olishda foydalaniladi.
Domna gazi.
Domnalardan ajralayotgan gazlarga domna gazi deyiladi.
O‘rtacha 1 t cho‘yan olishda 3000 m gacha domna gazi ajraladi. Bu gaz
tarkibida 26-32% CO, 2-4 H2,
22
2-0,4% CH4, 8-10% CO2 va 56-63% N2 bo‘ladi.
Domna gazining tarkibida ko‘pgina yonuvchi gazlar (CO, N2, CN4) ning
borligi sababli tozalangach ulardan havo qizdirgichlarda, bug‘ qozonlarida va
boshqa joylarda yoqilg‘i sifatida keng foydalaniladi.
Koloshnik changi.
Domna gazlariga qo‘shilib chiqadigan shixta
materiallarning changi koloshnik changi deyiladi. Bu chang tarkibida 40-50%
gacha temir bo‘ladi. Domna gazlari maxsus gaz tozalash apparatlaridan
o‘tkazilib, yig‘ilgan chang aglomerat tayyorlovchi mashinalarda aglomeratga
aylantiriladi.
Odatda, turli vaqtda eritilgan har xil tarkibli cho‘yanlar mikser deb
ataluvchi maxsus katta hajmli (600-2500 t. li) qurilma idishlarga quyiladi, unda
ular o‘zaro aralashib, natijada cho‘yanning kimyoviy tarkibi tekislanadi,
metalldagi oltingugurtning bir qismi esa shlakka o‘tadi.
Qayta ishlanadigan cho‘yanlarning bir qismi mashinasozlik zavodlariga
Do'stlaringiz bilan baham: |