Hafiz Abdusamatov
, filologiya fanlari doktori, professor.
«Yong’oq ostidagi xandaq» «O’zbekiston adabiyoti
va san’ati» gazetasi, 1994-yil, 18-mart.
QUYIDA «YORQINOY»
PYESASIDAN LAVHALAR BERILDI
Sakkizinchi majlis
Yorqin yolg’iz
Yo r q i n (
Yuzini bolishga qoplab jim bo’ladir, birozdan so’ng boshini ko’tarib
).
Ko’nglim allanima balolarni sezganday bo’ladir. Onam bo’lsaydi...tizzasiga bosh qo’yib
yig’lar edim. (
Yana biroz jim
.) Yo’q, yo’q... Hozir shunday bir dardga yo’liqdimki, buning
davosi hech kimda yo’q.
Ko’rmayin bosdim tikanni,
Tortadirmen dardini...
Yo’q, yo’q! Men bu tikanni ko’rib turib bosdim! Yo’q, yo’q! U — tikan emas, gul edi,
gul!.. (
Yana yuzini bolishga qoplab tiqadi. Birozdan so’ng qo’lida bir to’plam gul bilan
sekingina Po’lat keladir
).
Do'stlaringiz bilan baham: |