To’qqizinchi majlis
Yorqin, Po’lat
P o’ l a t (
biroz tikilib turg’och, hadiksirab u yoq-bu yoqqa qaraydir
). Bu yerda oyim
poshshadan boshqa hech kim yo’q. Mening bu yerda turganimni ko’rsalar, menga ham,
oyim poshshaga ham yaxshi bo’lmas. Oyim poshsha uxlab qolganga o’xshaydir, gulni
boshiga qo’yayin-da, borib Momoga aytayin, kelib uyg’otib ketsun (
keta boshlaydir
).
Yo r q i n (
sekingina boshini ko’tarib
). Po’lat, men uyg’oq! Hozir mening uchun
uyqusizlik kunlari kelganini bilmaysanmi?
P o’ l a t (
biroz qovshab olib
). Unday bo’lsa ko’p yaxshi. Mana — gul, marhamat
qiling (
uzatadir
). Mening so’ng sovg’am!
Yo r q i n. Gapirma! (
Gulni irg’itadir
.)
P o’ l a t (
yiroqdan turib, qaltiragan tovush bilan
). Poshsham, bu gaplar ham so’ngi
gapimdir, shu uchun biroz gapirib olmasam bo’lmaydir. Innaykin, gapiraturgan gaplarim
sizdan ko’ra o’zim uchun achchiqroq, shunday bo’lsa ham ko’p emas, bir-ikki og’iz. Hozir,
mana shu joyda ham ko’p qolishga ko’nglim unamaydir, o’z otimning bulg’anishidan
qo’rqmasam ham, siz uchun sira ravo ko’rmayman. Bilamankim, ikkovimizning bu yerda
turganimizni ko’rsalar, albatta, bir gap chiqaradurlar.
Yo r q i n. Sen Po’lat, agar ko’ngling to’g’ri bo’lsa, xotin kishi bilan to’g’ri muomala
qilishni bilaturgan bir yigit bo’lsang, hech bir gap-so’zdan qo’rqmas eding. Yolg’iz,
ko’ngling to’g’ri bo’lsa!
P o’ l a t. U to’g’rida meni mendan ko’ra siz o’zingiz yaxshiroq bilasiz.
Yo r q i n. Bo’masa, tinch bo’l. Mayli, ko’rabersinlar. (
Shu choqda bir daraxtning
orqasidan Qumrining yolg’iz boshigina ko’rinadir. U xafsirab, hovliqib va achchiqlanib
biroz bularga qarab turadir. So’ngra o’zicha pichirlab «xap senimi?» degan ishoratni
qiladir-da, darrov yo’qoladir. Bular sezmay qoladirlar.
) Men ham sen bilan ko’p
so’zlashmak istayman, bilamankim, ikkovimizning sevgimiz ham umidsiz sevgidir. Ammo,
men seni ko’z oldimda ko’rib yursam ham tinchib yurar edim. Kecha, sen menga
«Ketaman» deding, bu kun «so’ng sovg’am» deb gul berding, mana shular nima uchun edi,
menga tushuntirib ber!
P o’ l a t. Tushuntirishning keragi yo’q, o’sha gaplarning o’zi bildirib turadir: men
ketaman. Shu hafta ichida bu dargohdan butkul ketaman.
Yo r q i n. Qayerga?
P o’ l a t. Unisini, lekin hozir aytolmayman. U — mening o’z ishim, siz bilmasangiz
ham bo’ladir. Lekin, bir vaqt kelar, bilib ham qolarsiz.
Yo r q i n. Ehtimolkim, shu sevgi sabablidir?
P o’ l a t. Yo’q, aslo?
Yo r q i n. Men senga «qol» deb yalinmayman, bu — ortiqcha bo’lur. Sendan yolg’iz
so’raymangina: qolabilasanmi, shuning iloji bormi?
P o’ l a t. Sira yo’q!
Yo r q i n. Mening qo’limdan kelaturgan ishlar bilan iloji bo’lsa-chi?
P o’ l a t. Juda yaxshi bo’lar edi. Lekin, uning iloji hech kimning qo’lidan kelmaydir!
Yo r q i n. Bo’lmasa, men ham borsam bo’ladirmi?
P o’ l a t. Yo’q, aslo!
Yo r q i n. Ketaturgan yo’ling uchun qilich kerakmi?
P o’ l a t. Qilichlar kerak?
P o’ l a t. Qilichni beray.
P o’ l a t. Qulluq, qilichlar topaman!
Yo r q i n. Unday bo’lsa yo’lingda o’lim qo’rqinchi bor ekan-da?
P o’ l a t. O’lim emas, o’limlar qo’rqinchi bor.
Yo r q i n. O’lim qonlimidir?
P o’ l a t. Uni... Uni... (
biroz jim, so’ngra birdan
). Uni, poshsham, el biladir! (
Do'stlaringiz bilan baham: |