Shu
chog’da orqadan Qumrining «Ana, ana» degan tovushi keladir, bular qo’rqib qaraydilar.
Oldida Qumri bo’lgani holda qo’lida qilich bilan Botir kiradir. Ungacha Yorqin qo’liga
qalqonini olib o’rnidan turgandir
.)
O’ninchi majlis
Yorqin, Po’lat, Qumri, O’lmas botir.
B o t i r (
tashqaridan baqirib kelar
). Hoy beorlar, benomuslar! (
Tez kirib kelib, bir
to’xtab oladir-da, so’ng birdan Po’latga hamla qilib
). Benomus, ko’rnamak!
Yo r q i n (
tezgina qalqon ushlab oraga kiradir
). Ota, munda nomus masalasi yo’q! Bu
yerda nomus oq, pok, begunoh!
B o t i r (
biroz bo’shashib orqaga qaytadir, so’ngra tinch va past ovoz bilan
Yorqinga
). Sen, qizim, bu yerda yarim kechada bog’bon bilan yolg’iz qolibsan-u, nomus
masalasi bo’lmaydirmi? Meni aldamoqchi bo’lasan, benomus qiz! (
Qiziqibroq
.) Agar men
seni qilich o’yiniga o’rgatib, o’zimdan usta qilmagan bo’lsam, hozir chopib o’ldirar edim!
Yo’q, seni jallodning qo’liga topshirib «maydoni siyosat»da parchalantiraymi?!
Yo r q i n, Haq yo’lda o’ldirmak istasangiz, men, qalqonni yerga tashlab (
tashlaydir
),
bo’ynimni tutib beraman! (
Bo’ynini egib turadir
.)
B o t i r. Otang nohaq yerga bir qatra qon to’kkan emas. Bundan keyin ham
to’kmaydir! Ammo, (
Po’latni ko’rsatib
) mana bu ko’rnamakning qoni to’kilsa, aslo
nohaqlik bo’lmaydir! (
Po’lat hayajonli, lekin jim
) Ayt yaxshilik bilan, nima to’g’rida
gaplashib turib edingiz?
Yo r q i n, Uni ayta olmayman, lekin nomus masalasi emas.
B o t i r. Menga ayta olmaganingdan keyin qanday masala bo’lar edi, behayo? Aytib
ber yaxshilik bilan: nima to’g’rida gaplashib turib edingiz?
Yo r q i n, Nomusdan boshqa bir...
B o t i r. Sen jim tur! Ana u benomusning o’zi gapirsin! Gapir, deyman, senga behayo!
P o’ l a t (
oldinroq kelib, dadil, lekin bemalol
). Men kimman?
B o t i r (
ko’rmas
). Kimligingni o’zing bilasanmi?
P o’ l a t. Siz bilmasangiz qaydan bilayin?
B o t i r. Tug’ilganingdan beri mening xizmatimni qilib kelib, mening non-namagimni
yeb kelib, hali ham o’zingni tanimadingmi?
P o’ l a t. Sizning umrlik xizmatkoringizman; bog’boningizman, deb tanisam, shu
chinakam taniganim bo’ladirmi?
B o t i r (
birdan g’azablanib, baqirib
). Benomus, bo’lmasa «qizimning o’ynashi» deb
tanitaymi seni? (
Yorqin besaranjon
.)
P o’ l a t (
mardona
). Qiz bilan o’ynashish emas, to’g’ri o’yin-kulishning o’zi ham
ko’ngilga sig’maydir. Botir, ayting, men kimman?
B o t i r. Sen non-namagiga tupurgan bir nonko’rsan! Yana nima kerak?
P o’ l a t (
qaltirabroq
). Botir, pardani ochish zamoni kelganga o’xshaydir: (
ko’ziga
qarab olib
) Mening otam kim?
B o t i r (
bir quri shoshib, rangi o’chib qoladir, so’ngra o’zini to’xtatib olib, bemalol
).
Otang bir qishloqi!
P o’ l a t. Qani o’sha qishloqi? Nimaga men sizning dargohingizda, sizning non-
tuzingizga qarab qolganman?
B o t i r. O’zini boqolmagan bir qishloqi seni biti bilan boqsinmi? O’zi boqolmagandan
keyin menga berib ketgan-da! Otang, seni, «Botirning qizi bilan o’ynashsin, Botirning el-
xalq oldida yerga qaratsun!» deb qoldirgan edimi? (
Qizib
.) Qani, ayt, benomus, gapir!
P o’ l a t. Botir, siz gapni boshqa yoqqa burmang, bari bir ish xunuk bo’ladir. O’sha
otam qani? Nimaga menga ko’rsatmaysiz?
B o t i r. Otangni men qaydan bilay? Yegali ovqat topolmay ochidan o’lib ketgandir.
Men senga kam otalik qildimmi? Nonko’r? (
Yana qizib
) Men senga «qizimga o’ynash
bo’l!» deb otalik qildimmi? A?
P o’ l a t (
qaltirab, Botirning ko’ziga qarab olib
). Uyalmaysizmi? Uyalmaysizmi?
Astag’furulloh... (
Bir-ikki qadam orqasiga qaytadir
.)
B o t i r. Men kimning ona qo’ynidagi qizi bilan o’ynashibmankim, uyalsam?
P o’ l a t (
yugurib kelib
). U... yong’oqning tagidagi xandaq kimning go’ri? Ayting,
kimning go’ri? (
Botir cho’chib orqasiga jiladir, lekin, o’zi jim, Po’lat borgan sari unliqib
.)
Bir xandaqda necha kishining boshi bor? (
Qo’ynidan bir ro’molchada mayda suyaklar olib
tashlab
). Mana bu suyaklar kimniki? Nimaga bular yong’oq tagidagi xandaqda chirib
ketgan? (
Baqirish
) Kimniki deyman? Ariza berganlar qani? (
Yerdan suyaklarni olib
Yorqinning oldiga tashlaydir
.) Mana shular emasmi, ariza berganlar? Mening otam, akam,
tog’am, yana boshqa qancha qavmu qarindoshlarim shu bir hovuch suyakning ichida
emasmi? Gapiring! Gapiring! Nimaga damingiz chiqmay ketdi? (
Botirning qilichi qo’lidan
tushib ketadir, rangi oppoq oqaradir, kasal odamday bo’shashib, holsiz turib qoladur
.)
Yo r q i n (
qaltirab
). Ota! Ota deyman! Bu nima gap? Bu nima? Bu qanday gap? (
Botir
jim
) Po’lat, sen aytib ber: bu nima gap? Men o’laman, men chiday olmayman. Bu qanday
sir?
P o’ l a t (
o’zini bosib olib, bo’shashibroq
). Bu sirlarning tagini otangizdan so’rang.
Ota-ona, qavmu qarindoshlarini bir umr ko’rmagan, ularning shirin gaplarini eshitmagan,
o’zlarini ko’rish o’rniga, bir xalta chirigan suyaklarga ega bo’lgan kishi, o’sha suyaklarni
chiritgan dargohda tura olmaydur. Amakingizga qizini bermagani uchun xonavayron
bo’lgan bir qishloqi, o’sha qishloqini «haq» degani uchun yer bilan yakson qilingan
qishloq... yana mendek baxti qaro o’g’lini shu dargohga bir umrlik qul qilib beribdir! Men
shu to’rt og’iz gapni sizga aytib qo’yib, shu dargohdan butkul bosh olib ketmoqchi edim
(
Qumrini ko’rsatib
). Ana u tentak, jinni qizni gapi bilan otangiz bizni gunohkor qildi,
«nonko’r» dedi, «o’ynash» dedi, «benomus, behayo» dedi, har narsa dedi. Agar bu sirni
ochib yubormasam mening boshim ham shu suyaklarning bittasi bo’lar edi. Oyposhsha
menga «non-tuz» berdi, deb otangizdan halollik so’ramayman. Nimaga desangiz, har bir
tishlagan nonim ota-onalarimning bir burda eti, har bir qatra tatigan tuzim ularning ko’z
yoshlari, balki, qonlari bo’lgan ekan. Bu dargohda gunohi yo’q, menga chinakam singil
bo’lib, balki, onamday shafqatli qaragan siz edingiz. Shu uchun sizdan so’raymankim,
o’sha shafqat va marhamatlaringizni halol qilsangiz! (
Hamma jim
.)
B o t i r (
og’ir
). Po’lat, senga nima deyishni bilmayman... Menga muncha qattiq
da’volaring bor ekan. O’zimga xilvat qilib turib aytsang bo’lmasmidi?
P o’ l a t. Qizingiz bilan mendan gumoningiz bor ekan, shu tentak qizning gapi bilan
bizga anvoyi haqoratlarni irg’itmasdan, qizingiz bilan xilvatda gaplashib, gap olsangiz
bo’lmasmidi?
B o t i r. Bo’lar ish bo’ldi, endi bu sirni shu joyga ko’maylik... «Ketaman, chiqaman»
degan gaplaringni tashla! Sen shu yerdan chiqding sir yoyiladir va men sharmanda
bo’laman. Men bir sharmanda bo’lganimdan keyin sening bilan boshqacha gaplashib
qolamiz!..
P o’ l a t. Butun bir qishloqni jindek bir narsa uchun yer bilan yakson qilgan kishi, «sir
yoyilishi»dan qo’rqadirmi? Shuncha ko’mganlar yetmaganday, endi bu haqiqatni ham
yerga ko’maylikmi? Siz bilan qandaqasiga gaplashsam gaplashaberaman. Men uchun endi
hech bir qo’rqish degan narsa qolmaydi! (
Yorqinga
.) Bu jallod otadan emas, siz shafqatli
singildan halollik so’rayman? Halollang, singlim!.. (
Yugurib chiqadir, orqasidan Yorqin
ham «Po’lat, meni ham olib ket!» deb yuguradi, qolganlar toshday qotgan
.)
Parda tushadir
Do'stlaringiz bilan baham: |