TURKISTON TABIBI
Sahna Turkiston tabiblarining muolajaxona — «go’shaxona»larini tasvir etar.
Sahnaning yuqorisida po’stak solinib, bir yostuq, bir bolish qo’yulub, yostuq tomonga
yaqin yerda bir xontaxta qo’yulub, ustida bir necha eski tib kitoblari, bir oynak ham katta
kir salla, xontaxta yonida eski bir-ikki ro’mol ichida dorular. Eshimqul esa uning tuban
tomonidan (hovoncha)da
yanchib turgan holda parda ochilur.
E s h i m q u l (
peshonasini artib
). Uh, juda charchadim-de, qonnimda hech nima
qolmadi. Bu qurumsoq hakim bo’sa odamning o’lishiga qaramasdan ertadan-kechgacha
ishlatadi, ovqatni mazasi yo’q, ovqatni o’ldim-o’ldim deganda qulog’iga o’lchab non
beradi, demaydiki, bu ham bir musulmon odamning farzandi, bechorani ertadan-kechgacha
ishlatsam, tuzukkina ovqat bermagim kerak, demaydi. (
Uy tarafiga
.) Hay, o’lgina, eshon-
hakim! (
Sukut
.) Hoy, kishilar bir parcha non bilan ertadan-kechgacha (
hovoncha yanchur
)
cho’yanni cho’yanga urushga mandek (
ko’kragini kerur
) Rustam o’g’li Rustambek
bo’lmasa, boshqa rasmana odamlarning qo’lini tomiri cho’zulub, xuddi (
bilaklarin
ko’kragiga yopishturub, qo’lining uchin tubang’a qaratib, boshin ichga olib
)
yumronqozuqdek mushshayib qolur. Endi bu xizmatlarni qo’yavering-a, kelayluk Eshon
hakimga. Eshon hakimning ta’riflarini qilib beraymi? O’zi juda ezma, baloni ham bilmaydi,
oldiga bir kasal kelsa, miyasini qoqub qo’lig’a beradi. Kecha bir sho’ring qurg’urning tishi
nihoyatda og’rib, bunni bila nafas olib keluvdi. Oldig’a yaqin o’tquzub so’radiki, qating
og’riydi? (
Uy tarafiga
) Hay o’lgin-a, idroksiz, bechora og’zini shamol kirmasun deb ro’mol
ila o’rab o’tiribdir-ku, yana so’raydiki qating og’riydi? U bechora g’uldurlab ro’mol ila
aralash shishim og’riydi degandek, javob berdi, hakim bo’lsa, a! Shishim og’riydi? Man
haligacha shish degan joyni eshitganim yo’q, deb xo’mrayibvordi. Bechora Eshon hakim
mani boqmasmukinlar deb xafa bo’lub yerga qaradi. Man dedimki, «Taqsir (
uy tarafga
) hay
sadqai taqsir ket, qurumsoq bu kishi tishim og’rivotti devottilar», — desam, hamon
haromzada man sanda so’ravotganim yo’q, «Tishi og’rig’onini qayoqdan bilding?» deb
momaqaldiroqdek baqirib yubordi. Man o’rganganim uchun o’zimni to’xtatib qoldim,
ammo kasal bechora gurs etib (
yiqilur
) yiqilib tushdi. Man yana dedimki: «Taqsir, bu
kishining tishi og’rimasa ro’mol ila og’zini o’ramasdi!». Undan keyin janobi eshon hakim
biroz pasayub, «Tishing og’riydimi?» deb so’radi...
E s h i m q u l. Olib keldim, taqsir.
N i yo z a l i. Qani ko’ray-chi? (
Olib qarab, chetga
.) o’zim aytganday o’rusning
dorusini hammasi oq bo’ladi. (
Xona tarafig’a borib, dorularni bir-biriga aralashtirur
.)
E s h i m q u l (
chetga
). Ish o’ngidan keldi. Borsam, yurak og’ritadurg’on doru ila
qichitadurg’on dorudan bor ekan, olib keldim. Qo’l bering, yonimda ham ozroq olib qoldim
(
fikr
). Qani, sinab boqay-chi, qanaqa ekan. (
Yonidan chiqarib yalar, biroz o’tub
qichinmoqg’a boshlar, Niyozali kelib po’stak ustida o’turub kitob ko’rur. Birdan ko’zi
Eshimqulg’a tushub
.)
N i y o z a l i. Naga qichinasan, nima qildi, ishingni qil!
E s h i m q u l. Hech narsa, taqsir (
chetga
) juda yaxshi-ku (
qichinur
).
N i y o z a l i (
Qorni ochu yostuq orasini qarab
). Haromzoda, bu yerdagi nonni biri
qani?
E s h i m q u l (
qichinub
). Taqsir, ko’rganim yo’q.
N i y o z a l i. Beri kel!
E s h i m q u l. Ko’rganim yo’q, taqsir. (
Qichinib borur
.)
N i y o z a l i. Naga qichinasan? (
Qulog’idan cho’zar, shu chog’da eshikdan qishloqi
qiyofasida bir kishi kirur
.)
H a m d a m b o y. Assalomu alaykum!
N i y o z a l i. Vaalaykum assalom! Xush keling!
Hamdamboy. Taqsir, uch-to’rt kundan beri boshim qattig’ og’riydi.
E s h i m q u l (
chetga
). Damingizni chiqarmang, maydon ochildi.
N i y o z a l i. Xo’b (
Eshimqul olib kelgan dorudan ikki qog’ozg’a o’rab
), bittasini
uyga borib hozir iching, bittasini yotar vaqtda ichasiz.
Hamdamboy. Xo’b, taqsir. (
Aqcha chiqarib berib chiqur
).
E s h i m q u l (
chetga
). Juda yaxshi bo’ldi-da, xudo xohlasa, hozir qo’tur echkidek
qichinub keladi.
N i y o z a l i (
bir qog’ozg’a bir narsa o’rab
). Haromzoda, mana bu doruni
To’raqulboy bachchaga olib borib ber! Bittasini hozir, bittasini yotur vaqtda ichib yotsun!
E s h i m q u l. Xo’b, taqsir (
chetga
). Yana ish o’ngidan keldi. (
Chiqur
.)
N i y o z a l i (
chetga
). Alhamdulilloh, doru jihatidan xo’b tinchidim. Hech kim
o’rusning dorusi demaydi. (
Qog’ozlarg’a doru o’rab o’turar
.)
E s h i m q u l (
qichinib kirur
.)
N i y o z a l i. Haromzoda, oborib bermadingmi?!
E s h i m q u l. Taqsir, ko’chaga chiqsam xizmatkori uyiga ketivotgan ekan, undan
berib yubordim. (
Qichinur
.)
N i y o z a l i. Bir ishni tuzukkina qilmaysan. Ichaturg’an vaqtlarini kim borib aytadi?
E s h i m q u l. Taqsir, xizmatkoridan hammasini aytib yubordim (
qichinur
.)
N i y o z a l i (
g’azab ila
). Haromzoda iflos, hammomg’a tushsang bo’lmaydimi?
E s h i m q u l (
chetga
). Hoy ahmaq, gap hammomda emas, hozir bilasan.
N i y o z a l i. Haromzoda, doruni yanch! (
Uyga kirib ketur
.)
E s h i m q u l (
hovoncha yanchib, chetga
). Damingizni chiqarmang, ko’chaga chiqib
doruni olishdirub xizmatkoridan berib yubordim! Mahmudjon og’ritadurg’on degan edi,
rostmi ekan? Sinab boqay-chi. (Cho’ntagidan qog’oz chiqarib, ichiga qo’lin solib yalab
birozdan so’ng.) Iyye. Hech narsaning daragi yo’q-ku! (
Qoring’a biroz quloq solib
.) Baraka
top, Mahmudjon o’rtoq! (
Xontaxtag’a o’turub
.) Nihoyati bir yalag’onim uchun doruning
hammasini ichsa hali-zamon kelib Eshon hakimni objuvozdek dakkam-dukkamga olib
do’pposlashini ko’rasiz. (
Shu holda Niyozali kirur
.)
N i y o z a l i (
g’azab ila
). Haromzoda, ko’r bo’lasan-ku!.. Sho’tta o’tirasanmi?
(
Qulog’idan cho’zur. Eshimqul og’rinib qornini ushlab bukulur
.) Haromzoda, nima qildi?!
Ha-a... mandan so’ramasdan non o’g’urlab yesang shundog’ bo’ladi.
E s h i m q u l (
chetga
). Undan emas, ey ahmaq. (
Shu holda qichinub Hamdamboy
kirur, Eshimqul kulur
.)
H a m d a m b o y. Taqsir, qanaqa doru bergan edingiz, tamom badanimni g’imirlatib
yubordi. (
Qichinur
.)
N i y o z a l i. Qanaqa doru bo’lar edi, bosh og’rig’i dorusi edi. Ha, nima qildi?!
H a m d a m b o y. Nima qildi deysiz!.. (
qichinub
.) Ichgan zamon badanimg’a nina
qadalg’ondek bo’ldi.
E s h i m q u l (
chetga
). Juvoldo’z qadaldi desang ham ishonaman...
N i y o z a l i. Ichganingda boshqa bir narsa aralashib ketgandir. (
Shu chog’da
To’raqul kirur, qornini ushlagan holda, Niyozali hayron qolur
.)
H a m d a m b o y. Yo’q... Dorungizning o’zini qaynoq choy ila aralashturub ichdim.
T о’ r a q u l. Bergan dorungiz qanaqa edi?
N i y o z a l i. Ko’krak og’rig’ining dorusi edi, u dorudan hech qayerda topilmaydi.
T о’ r a q u l. Xuddi o’zingiz yuborg’an doruni ichdim. (
Qornini ushlar
.)
H a m d a m b o y. Men ham xuddi o’zingizning dorungizni ichdim.
N i y o z a l i. Ey, ahmaq, yolg’onchi qishloqi!.. (Bir shapaloq urub. To’raqulga.) Ey...
san ham ahmaq ekansan!..
T о’ r a q u l. (Hamdamga). Ur, ahmaqni... (O’zi boshlab urur.)
E s h i m q u l. Urabering-a, qo’lingdan o’rgulay, boybachcha.
Parda tushar.
Do'stlaringiz bilan baham: |