Microsoft Word Tursunboyev S. O'zbek teatri tarixi. Majmua


Cho’lpon. «Adabiyot nadir», 82 va 142-betlar



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/324
Sana22.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#398759
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   324
Bog'liq
ozbek teatri tarixi

 
Cho’lpon. «Adabiyot nadir», 82 va 142-betlar. 
 
 
CHO’LPON HAQIDA IKKI ALLOMA SHARHI 
...Cho’lpon  haqiqiy  baynalmilalchi  edi.  Ayni  chog’da  baynalmilalchilik  unga  buyuk 
millatparast bo’lishga xalaqit bergan emas. Aksincha, Cho’lpon tabiatidagi bu ikki jihat bir-
birini  taqozo  etgan,  bir-biriga  tayangan,  bir-birini  to’ldirgan.  Cho’lpon  o’z  xalqini  juda 
sevar  edi,  chunki  uning  bugunini  ham,  o’tmishini  ham  juda  yaxshi  bilar  edi.  Cho’lpon 
dunyodagi  bironta  xalqni  kamsitmagan  holda  o’zbek  xalqini  boy  tarix  yaratgan,  dunyoga 
buyuk san’atkorlar, shoirlar, olimlar, mutafakkirlar yetkazib bergan xalq deb bilardi. Ba’zi 
bir  ovro’palik  kaltafahm  va  befarosat  odamlar  o’zbeklarni  «osiyolik»  deb  tahqirlagan, 
ularni yarim yovvoyi tarzda hayot kechiradigan madaniyatsiz nodonlar deb chuvvos solgan, 
«mayda  millat»  deb  pastga  urgan  bir  sharoitda  Cho’lpon  bu  xalqning  mislsiz  madaniyati, 
juda boy ruhiyati, bukilmas e’tiqodi va pok iymoni, mazmundor tarixi uchun iftixor qildi va 
bu  iftixorni  ko’pgina  asarlarida,  shu  jumladan,  tanqidiy,  maqolalarida  baralla  aytishdan 
cho’chimadi.  Tabiiyki,  Cho’lponning  otashin  millatparvarligi  uni  millat  istiqboli  uchun 
qayg’urishga undardi, shuning uchun millat badanidagi hali o’chmagan kishan izlari haqida 
fig’on  qilardi,  tog’lari  ko’klarga  salom  bergan  zo’r  o’lka  boshiga  ko’lanka  tashlab  turgan 
qora  bulutlardan  nafratlanar,  na  ohi,  na  faryodi  bor  sustlashgan  yuraklarni  erk  uchun, 
insoniy  qadr-qimmat  uchun  kurashga  chorlardi.  Bir  zamonlar  Pushkin  o’z  sozi  bilan 
odamlar  qalbida  ezgulik  tuyg’ularini  uyg’otganidek,  Cho’lpon  ham  ezilganlar  va 
tahqirlanganlar yuragida erkka ishtiyoq tuyg’ularini uyg’otdi. U maqolalarida xalq qalbida 
milliy iftixor tuyg’ularini uyg’otishga alohida e’tibor berdi, bu yo’lda har bir imkoniyatdan 
foydalanishga  harakat  qildi.  Negaki,  milliy  iftixor  tuyg’usidan  mahrum  odam  esa  insoniy 
qadr-qimmat uchun kurashmaydi. 
 
Ozod Sharafiddinov
, O’zbekiston qahramoni. 
«Adabiyot yashasa — millat yashar...» Cho’lpon. 
«Adabiyot nadir» adabiy-tanqidiy maqolalar 
majmui, 1994-yil, 21—22-betlar. 
 
 
...Cho’lpon  teran  va  nozik  musiqiy  tuyg’uga  ega  shaxs  edi.  U  tuyg’u  shoiri  edi, 
shuning  uchun  she’rlari  musiqiydir.  V. Yanning  xotirlashicha,  Cho’lpon  o’zbek 
qo’shiqchilarinigina emas, balki boshqa turkiy xalqlar ashulalarini ham ijro eta olar edi va u 
borganda  Cho’lpon  Sharq  xalqlari  qo’shiqlarini  aytib  beradi.  Cho’lpon  yaxshi  dutor  chala 
bilgan.  Sharq  va  Yevropa  musiqa  asboblarini  ham  yaxshi  bilgan.  «Ukraina  xalq 
bandurachilari»  maqolasida banduraning  mandalinadan  farqi  xususida banduraning  «ovozi 
nozik, ta’sirli va yoqimlidir» deydi. 
Cho’lpon ichki tuyg’u bilan kelajakda boshiga yog’iladigan navbatdagi tuhmatlarni his 
qilgan  edi.  Uning  teatr,  umuman  adabiyot  va  san’at  sohasida  milliy  an’analarni 
rivojlantirish  kerak,  xalq  ijodi,  klassik  musiqa,  o’tmish  adabiyoti  bugungi  o’zbek 


madaniyatini rivojlantirishda asosiy omildir, degan e’tiqodi va urinishlarini millatchilik deb 
talqin qilishdi. 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish