Microsoft Word Tursunboyev S. O'zbek teatri tarixi. Majmua



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/324
Sana22.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#398759
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   324
Bog'liq
ozbek teatri tarixi

 
BAXTSIZ KUYOV 
Ikkinchi parda
 
 
Fayziboyning  mehmonxonasi.  So’lda  kiradurg’on  eshik,  o’ngda  ikki  daricha, 
mehmonxona  ostig’a  namat,  sahnaning  uch  tarafi  rasmiy  ko’rpacha,  bir  qozuqda  qo’l 
chochiq,  bir  tokchada  bir  patnus  non.  Yana  bir  patnusda  tarelkalarda  shirinlik  mevalar 
ustiga  dasturxon  yopilg’on.  Yana  bir  tokchada  to’rt  dona  to’n  (to’yda  beriladurg’on). 
Birozdan so’ng mahalla 
 domla imomi bilan Fayziboy kirar. 
 
D o m l a   i m o m.  Ho,  ho,  ish  katta-ku.  Nima  gap,  man  ham  aytdim,  bir  gap  bor-ku 
Fayzboynikida,  deb.  (
Tokchadagi  to’nlarga  qarab
)  To’y  bo’ladurg’onga  o’xshaydi, 
tokchada to’nlar. 
F a y z i b o y. Qani, yuqoriga o’lturung taqsir, gaplashurmiz. (
To’rga o’ltirarlar
.) 
D o m l a   i m o m.  Omin,  Ollo  ziyoda  qilsun,  Olloh  akbar.  (
Fotiha  o’qurlar.
)  Qani, 
gapuring! 
F a y z i b o y.  Ojizag’a  Abdulrahimboy  ellikboshisi  bilan  fotihaga  kelmakchi.  Yana 
olug’-solug’ qilinsa ham ehtimol, shul sababdan sizni chaqirub keldumki, yurt ko’rg’onsiz, 
yurtdagi olug’-solug’larga tushunib qolgansiz. Mani tarafimdan gaplashsangiz, deb. 
D o m l a  i m o m.  He-he-he,  juda  yaxshi  bo’lubdur,  xudo  ziyoda  qilsun. 
Abdulrahimning o’g’lini kuyov qildingizmi? 
F a y z i b o y. Yo’q, o’lib ketqon akasini o’g’lini. 
D o m l a  i m o m. Tuzuk, tuzuk. Sobirboyni o’g’li Solihnimi? 
F a y z i b o y. Shundoq, taqsir. 
D o m l a  i m o m.  Yaxshi  qilubsiz,  mehnatkash,  yetimlikda  qattiqchilikni  ko’p 
ko’rg’on yigit. 
 


Shu vaqtda Abdulrahim ila ellikboshi kirurlar, salom berishub. Domla imom, Fayziboy 
o’rinlaridan  turub,  kelganlar  bilan  ko’rishurlar.  Fayziboy  mehmonlarg’a  to’rdan  joy 
ko’rsatub  
o’tqazur. 
 
A b d u l r a h i m (
domla imomga
). Taqsir, bir fotiha o’qub qo’ying. 
D o m l a  i m o m.  (
qo’lini  ko’tarib
).  Omin,  to’y  ustiga  to’ylar  bo’lsun,  Olloh  akbar. 
(
Hammalari fotiha o’qurlar
). 
F a y z i b o y (
o’rnidan turub
). Xush kelubsiz, mehmonlar. 
Hammalari.  Xushvaqt  bo’ling,  bale,  rahmat.  (
Fayziboy  mehmonlar  oldig’a  dasturxon 
solib,  tokchadagi  patnuslarni  keltirub  qo’yar,  yana  samovar  patnisni,  piyolalarni  keltirub 
qo’yub, samovar kelturmoqqa chiqib ketar
.) 
D o m l a  i m o m  (
nonlarni  sindirub  qo’yub
).  Qani,  mehmonlar,  nonga  marhamat 
qilinglar.  (
Hammalari  non  tanovul  qilurlar.  Abdulrahimg’a  qarab
).  Juda  yaxshi  g’ayrat 
qilubsiz, eshitib, ziyodda xursand bo’ldim. 
A b d u l r a h i m. Shundoq bo’ldi, taqsir, man g’ayrat qilmasam, Solihni hech kimi 
yo’q,  bir  yoqda  hovlisi  buzulib  ketmoqda.  Xotun  olib  bersam,  uyig’a  qarab,  hovlisini 
buzmasdan o’ltirar, deb o’yladim. 
D o m l a      i m o m.  Shundoq,  ko’p  savobga  doxildor  bo’lubsiz.  (
Fayziboy  samovar 
olib kirib qo’yib, choy quymoqqa boshlar. Pardani oxirig’acha o’lturg’onlarg’a oz-oz choy 
quyub  berub  turar
.)  Ellikboshi,  bir  fotiha  qilib  qo’ysak,  yaxshi  bo’lur  edi.  (
Fayziboyg’a 
qarab
) Siz nima deysiz? 
E l l i k b o s h i. Juda yaxshi bo’ladi. 
F a y z i b o y. O’zlaringiz bilasiz. 
D o m l a      i m o m.  Qani  bo’lmasa,  qo’lingizni  ko’taringlar.  (
Hammalari  qo’llarini 
fotihaga ochurlar
.) Omin olloh! Har ikkisini umrini uzoq qilib, qo’sha-qaritsun, serfarzand-
serdavlat qilsun, Ollohu akbar! 
E l l i k b o s h i.  So’zim  shulki,  sovchigarchilik  olug’-solug’  so’ylashmasa,  chunki 
kuyov bo’lmish yigit, o’zingizga ma’lum, yetim ham kambag’al, yana olug’-solug’ shariati 
yo’q  gap. Olug’-solug’  qilinsa, kuyovdan  ko’p oqcha olinsa, qarzdor bo’lub qolsa,  yaxshi 
emas,  deyman.  Keraklik  narsalarga  ozroqqina  oqcha  olub  nikohlab  bersangiz,  shariatdagi 
ish bo’lur edi. 
F a y z i b o y.  Olug’-solug’  bo’lmasa,  to’y-to’y  bo’ladimi?!  Mani  ham  boshimda  bir 
qizim  bor.  Orzu-havaslik  dunyo.  Yaxshilab  orzu-havas  qilsam  degan  niyatim-da  bor. 
(

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish