Microsoft Word Tursunboyev S. O'zbek teatri tarixi. Majmua



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/324
Sana22.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#398759
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   324
Bog'liq
ozbek teatri tarixi

 
 


«BAXTSIZ KUYOV» ASARI VA UNING 
ILK SAHNAVIY TALQINI HAQIDA 
 
Bu  pyesaning  bosilib  chiqishi  Toshkent  havaskorlari  bilan  bir  qatorda  rus  teatr 
tanqidchilarining  ham  diqqatini  jalb  qildi.  Chunonchi,  Gr. Adresov  «Baxtsiz  kuyov» 
to’g’risidagi  taqrizda  quyidagilarni  yozgandi:  Yaqinda  bizga  hisobot  uchun  Abdulla 
Qodiriyning  yangi  dramasi  «Baxtsiz  kuyov»  yuborildi.  Sujet  Turkiston  musulmonlarining 
hozirgi hayotidan olingan. Sahnada yana o’sha mahalliy aholining ko’pchiligini qiziqtirgan 
«To’y»  ko’rinishidagi  isrofgarchilik  masalasi  ilgari  surilgan.  Drama  so’zlashuv  tili  bilan 
yozilgan  va  qiziqish  bilan  o’qiladi.  Yaqin  kunlarda  uning  birinchi  postanovkasi 
tayyorlanadi. 
Truppa bu asarni 1915-yil 4-noyabrda «Qishlik Xiva» teatrni binosida sahnaga qo’ydi. 
Uni  yosh  o’zbek  havaskor  rejissorlaridan  Nizomiddin  Xo’jayev  (1885—1942) 
sahnalashtirdi.  Spektaklda  rejissor  pyesa  g’oyasidan  kelib  chiqib,  Turkiston  sharoitida 
boylar bilan kambag’allar o’rtasidagi ijtimoiy tengsizlik, mehnatkash xalqning og’ir ahvoli 
va  uning  fojialarini  tasvirlab,  boylar  va  amaldorlarning  insofsizlik  va  shafqatsizliklarini 
ko’rsatib beradi. Asarning bosh qahramoni Solih nomli yetim yigit. Amakisining maslahati 
bilan katta qarz hisobiga dabdabali to’y qiladi va garovga qo’yilgan hovli-joyidan mahrum 
bo’lishi oldidan o’zini o’ldiradi. 
Abdulla  Avloniy  Fayziboy  rolini  o’ynab,  o’z  qizining  baxt-saodatidan  pulni  yuqori 
qo’ygan  nokas  tipni  ishonarli  yaratib  bergan.  Sudxo’r  boy  rolida  o’ynagan 
Poshshaxo’jayev,  sud  pristavi  rolini  o’ynagan  Sulaymon  Xo’jayev  ham  tomoshabinning 
g’azabiga sazovor bo’ladigan  obrazlar  yaratib, asarning  ijtimoiy  mavzusini  kuchaytirishga 
ma’lum  darajada  hissa  qo’shganlar.  Shu  jihatdan,  Sulaymon  Xo’jayev  yaratgan  rus 
chinovnigi  obrazi  juda  xarakterlidir.  Pristav — S. Xo’jayev  Yevropa  kiyimida,  pensne 
taqqan,  bilagiga  hassa  ilib  olgan,  qo’lida  katta  papka  bilan  sahnaga  kirib  keladi.  Avvalo, 
qoniga  belanib  yotgan  ikki  jasadga  ko’zi  tushib,  hurkib  ketib,  chekina  boshlaydi. 
«Muttaham  bu  kishi  boydan  qarzini  bermay  o’lgan»,  deb  boy  qulog’iga  nimalarnidir 
shipshitadi  va  uyni  u  yog’  —  bu  yog’iga  yurib,  narsalarni  ko’zdan  kechirar  ekan,  Solih 
jasadini tepib o’tadi, ruschalab g’udurlaydi va uyni, ro’zg’or ashyolarini xatlay boshlaydi. 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish