Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти


 – mavzu: Iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasida xorijiy investitsiyalar



Download 3,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/258
Sana21.01.2022
Hajmi3,58 Mb.
#394022
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   258
Bog'liq
investitsiya-converted

5.2 – mavzu: Iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasida xorijiy investitsiyalar 
ishtirokini oshirishda xalqaro moliyaviy institutlarning tutgan o‘rni 
Reja: 
1. 
O‘zbekistonda  milliy  iqtisodiyotning  xalqaro  integratsiyasiga  qaratilgan 
davlat siyosatining asosiy maqsadi va yo‘nalishlari 
2. 
Iqtisodiyotning  xalqaro  integratsiyasida  xorijiy  investitsiyalar  ishtirokini 
oshirishda  xalqaro  moliyaviy  institutlarning  tutgan  o‘rni  va  ularning 
hamkorlik aloqalari. 
 
1 – savol bayoni.
 Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi ham siyosiy, 
ham iqtisodiy sohada ko‘pgina yutuqlarga erishdi. Ularning eng muhimlaridan biri – 
bu  respublikamizning  jahon  hamjamiyatida  faol  ishtirok  etib,  milliy  manfaatlarga 
mos  keladigan  ko‘p  tomonlama  siyosat  yuritishi  va  shu  asosda  jahon  xo‘jaligida 


71 
 
tutgan  o‘z  o‘rnini  mustahkamlab  borishdir.  Endilikda  O‘zbekiston  Respublikasi 
tashqi siyosat maydonida borgan sari munosib o‘rinni  egallab bormoqda. Qo‘yilgan 
ko‘pgina  amaliy  qadamlar  O‘zbekistonning  halqaro  hamjamiyatda  uzoq  muddatli, 
istiqbolli yaratuvchilik faoliyatini olib borishga  mo‘ljallangandir. 
Boshqa  davlatlar  bilan  bo‘ladigan  iqtisodiy  integratsiya    davlatning  har  xil 
ehtiyojlarini  qondirish  va  samaradorligini  oshirishning  muhim  omili  hisoblanadi  va 
fan-texnika  taraqqiyotini  jaddalashtirishga,  millatlararo  yaqinlashuviga,  aholining 
turmush 
darajasini 
oshirishga 
yordam 
beradi. 
Xo‘jalik 
aloqalarining 
baynalminallashtirish  jarayonlarining  kuchayib  borishida,  iqtisodiyotni  rivojlantirish 
hamda  mustahkamlashda  tashqi  iqtisodiy  omil  muhim  rol  o‘ynamoqda.  Tashqi 
iqtisodiy  aloqalarning  rivojlanish  xususiyatlari  va  ularning  ishlab  chiqarishdagi 
samaradorligi milliy iqtisodiy barqarorlikni va uning rivojlanish harakatini aniqlaydi. 
Shunga  ko‘ra  jahon  mamlakatlari  zamonaviy  xalqaro  iqtisodiy  aloqalarni 
kengaytirish va chuqurlashtirishga katta e’tibor bermoqdalar. 
Ayniqsa,  bu  mustaqil  rivojlanish  yo‘liga  o‘tgan  respublikamiz  uchun  muhim 
ahamiyat  kasb  etmoqda.  Sobiq  Ittifoq  tarkibida  bo‘lgan  davrda  O‘zbekiston 
Respublikasi xorijiy mamlakatlar bilan mustaqil ravishda aloqa qilish imkoniyatidan 
mahrum  edi.  Bundan  tashqari  xo‘jalik  yuritishning  yopiq,  sotsialistik  boshqaruv 
tizimi  sharoitida,  kapital  migratsiyasi,  ishchi  kuchi  migratsiyasi,  valyuta-kredit 
munosobatlari  kabi  xalqaro  ayriboshlash  turlari  deyarli  rivojlanmagan  edi.  Shuning 
uchun  ham  o‘tkazilayotgan  iqtisodiy  islohotlarning  barchasi  O‘zbekistonni  jahon 
xo‘jaligi  tizimiga  teng  xuquqli  kirishiga  va  barcha  mamlakatlar  bilan  teng  huquqli 
hamkorligini ta’minlashga qaratilgan.  
Iqtisodiy  integratsiya  bir  tomondan,  yangi  texnologiyalardan  xorijiy 
sarmoyalardan foydalanish orqali milliy iqtisodiyotni tezda o‘stirishga ko‘maklashsa, 
boshqa 
tomondan, 
O‘zbekistonning  boy  resurslari  va  ishlab  chiqarish 
imkoniyatlarining  jahon  xo‘jaligiga  ko‘shilishi,  uning  umumjahon  iqtisodiy 
imkoniyatlarini kuchaytiradi. 
Integratsiya  –  O‘zbekiston  Respublikasining  jahon  xo‘jaligi  tizimiga  kirib 
borshini  tezlashtiradi.  Shuning  uchun  ham  O‘zbekiston  iqtisodiyotida  xalqaro 
iqtisodiy integratsion jarayonlarning borishi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shuning 
uchun  ham  O‘zbekiston  nafaqat  Markaziy  Osiyo  Hamjamiyati  (MDH),  MDH  va 
Iqtisodiy  Hamkorlik  tashkilotlari  (IHT)  miqyosidagi  integratsion  aloqalarini 
kuchaytirishi,  balki  istiqbolda  jahondagi  boshqa  bir  qator  integratsion  uyushmalar 
bilan  ham  mustahkam  munosabatlar  o‘rnatishi  lozim.  Iqtisodiyotning  soha  va 
tarmoqlarini  diversifikatsiya  va  modernizatsiya  qilishni  izchil  davom  ettirish,  ishlab 
chiqarishni  texnik  va  texnologik  yangilash,  shuningdek,  transport,  muhandislik, 
kommunikatsiya  va  ijtimoiy  infratuzilmalarni  rivojlantirish  jarayonlarini  yanada 
chuqurlashtirishga  qaratilgan  faol  investitsiya  siyosatini  davom  ettirilishini  talab 
etadi.  Hozirda  investitsiya  loyihalarini  moliyalashtirishning  asosiy  hajmi  ichki 
resurslarni safarbar qilish hisobidan amalga oshirilishi muhim vazifalardan biri bo‘lib 
kelmoqda. Bu mablag‘lar, avvalo, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va 
texnologik  yangilashni  amalga  oshirayotgan  korxonalarning  o‘z  mablag‘larini 
ko‘paytirishi,  soliq  yukini  yanada  kamaytirish,  tijorat  banklarining  resurs  bazasini 
mustahkamlash va aholining tadbirkorlik faoliyatidan oladigan daromadlarini oshirish 
hisobidan hosil bo‘ladi. 


72 
 
Mamlakatimizda 
infratuzilmani 
shakllantirish, 
ishlab 
chiqarishni 
rekonstruksiya  qilish  va  modernizatsiya  etishga  qaratilgan  loyihalarni  amalga 
oshirishga  ichki  resurslarni  jalb  etishda  O‘zbekiston  Respublikasi  Tiklanish  va 
taraqqiyot  jamg‘armasi  alohida  o‘rin  egallashi  lozim.  Mazkur  jamg‘armaning  eng 
muhim vazifalaridan biri strategik investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish 
maqsadida yirik xorijiy investor va sheriklarni jalb etish bo‘lib hisoblanadi. Masalan, 
Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi va Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida umumiy 
qiymati  1,28  milliard  dollarga  teng  bo‘lgan  Tolimarjon  issiqlik  elektr  stansiyasida 
ikkita bug‘-gaz moslamasini qurish loyihasi shular jumlasidandir.  
Ushbu 
moliyaviy 
institutning 
moliyaviy 
ko‘magida  O‘zbek  milliy 
avtomagistrali uchastkalarini qurish, ichimlik suvi bilan ta’minlash tizimlarini barpo 
etish  va  rekonstruksiya  qilish,  qishloq  xo‘jaligi  erlarining  meliorativ  holatini 
yaxshilash,  polivinilxlorid  va  kaustik  soda  ishlab  chiqarish  bo‘yicha  yangi  majmua 
barpo  etish,  qishloq  xo‘jaligi  texnikasi  va  avtomobil  shinalarini  ishlab  chiqarishni 
tashkil etish kabi ko‘plab loyihalar amalga oshiriladi.
 
Aytish joizki, hozirga qadar chop etgan ko‘plab ilmiy asarlarda shunday holat 
ko‘rinmoqdaki, integratsion guruhda u yoki bu mamlakatlar ishtirok etishining ijobiy 
yoki  salbiy  tomonlarini  baholash  juda  murakkabligicha  qolmoqda.  Iqtisodiy 
integratsiyadan  ichki  bozori  kichik,  resurslarga  kambag‘al,  jahon  YAIMda  kam 
ulushga ega bo‘lgan davlatlar ko‘proq iqtisodiy samara olishi mumkin.  
Jahon  iqtisodiyotining  o‘ziga  xos  xususiyatlaridan  biri  –  uning  qamrovi 
kengayib  borayotganligidandir.  Ushbu  jarayonlar  quyidagi  muhim  holat  natijasi 
hisoblanadi: bir tomondan, amaliyotda tobora ko‘proq milliy bozorlarning yaratilishi, 
milliy  iqtisodlarning  tashqi  aloqalarga  urg‘u  berishi  bo‘lsa,  ikkinchi  tomondan, 
xalqaro  xo‘jalik  munosabatlarini  rivojlantirish  va  chuqurlashtirish  yo‘lida 
uchraydigan  transport,  kommunikatsiya  sohalarida  g‘ov  –  to‘siqlarni  darhol  bartaraf 
etuvchi  texnologik  innovatsiyalar  bo‘lib  hisoblanadi.  Bugungi  kunda  integratsiya 
jarayoni  kuchayib  bormoqda  va  bu  sharoitda  jahon  iqtisodiga  qo‘shiluvning  tub 
bahosi  yuz  chandon  ortib  ketmoqda.  1980  –  yillarning  o‘rtalaridan  boshlab  jahon 
iqtisodi  xalqaro  savdo  va  xalqaro  moliyaviy  muomalalar  haddan  tashqari  yuqori 
sur’atlar bilan o‘sayotgan davrga qadam qo‘ydi.  
O‘tgan  davr  ichida  xalqaro savdo  oboroti  hajmi  bir  yilda  o‘rtacha  6,5  foizga, 
xalqaro  xizmatlar  savdosi  2,4  marta  ko‘paydi,  xalqaro  savdoning  yalpi 
mahsulotlaridagi salmog‘i oldingi 10 yillikdagiga nisbatan 2 marta ko‘proq oshdi. Bu 
milliy  iqtisodlar  kashfi  tezlashganidan,  ularning  bir  –  biriga  muhtojligi  kuchayib 
borganligidan  dalolat  bermoqda.  Shuning  uchun  ham  aksariyat  iqtisodiy 
adabiyotlarda
 
iqtisodiy  integratsiya  –  xo‘jalik  faoliyatining  internatsionallashuvida 
oliy  bosqich  bo‘lib,  o‘ziga  xos  huquqiy  tizimlari  bilan  ajralib  turuvchi,  ham 
davlatlararo,  ham  ustmilliy  negiziga  tayangan  bamaslahat  siyosat  asosida  faoliyat 
ko‘rsatuvchi  bir  butun  yagona  xo‘jalik  deb  e’tirof  etib  kelinmoqda.  Bunga  esa 
Yevropa Ittifoqi misol bo‘ladi. 
Milliy  xo‘jalik  sub’ektlari  o‘rtasida  o‘zaro  chuqur  va  barqaror  aloqalarni 
rivojlantirish,  mehnat  taqsimotini  yo‘lga  qo‘yish,  ularning  turli  darajadagi,  turli 
shakllardagi  qayta  ishlab  chiqarish  tizimlari  o‘rtasida  o‘zaro  hamkorlikni 
rivojlantirish  asosida  mamlakatlarning  xo‘jalik  hamda  siyosat  sohalarida  birlashuvi 
jarayonida xalqaro iqtisodiy integratsiyaning mohiyati shakllanadi. 


73 
 
Qo‘shni  mamlakatlardagi  ba’zi  xo‘jalik  sub’ektlari  (korxonalar,  firmalar)ning 
kapitali bir – biri bilan iqtisodiy bitimlar tuzish usullarini shakllantirish, chet elda o‘z 
bo‘linmalarini ochish yo‘li bilan o‘zaro mikro darajada hamkorlik qilishni ifodalaydi. 
Integratsiya  davlatlarning  iqtisodiy  birlashmalarini  shakllantirish  hamda  milliy 
siyosatlarini  muvofiqlashtirish  asosida  davlatlararo  (makro)  darajada  integratsion 
jarayonlar ro‘y beradi. Integratsiyaning eng muhim jihatlari: 
1. iqtisodiy jarayonlarni davlatlararo miqyosida yo‘lga qo‘yishda; 
2.  bir  –  biridan  u  yoki  bu  darajada  mustaqil  hisoblangan  milliy  xalq  xo‘jalik 
majmualari o‘rniga umumiy mutanosiblikka, umumiy qayta ishlab chiqarish tizimiga 
ega bo‘lgan biron mintaqaviy integratsional majmuani asta – sekin shakllantirishda; 
3.  davlat  doirasida  mahsulotlar,  ishchi  kuchi,  moliyaviy  resurslarning 
davlatlararo  harakati  uchun  hududiy  sharoitlarni  kengaytirish  hamda  bunday 
harakatga monelik qiluvchi ko‘pdan – ko‘p ma’muriy va iqtisodiy g‘ovlarni bartaraf 
etishda; 
4. integratsional birlashmalarda qatnashuvchi davlatlarning ichki iqtisodiy shart 
–  sharoitlarini  bir  –  biriga  yaqinlashtirish,  ularning  iqtisodiy  rivojlanish  darajalarini 
tenglashtirishda namoyon bo‘ladi. 
Odatda,  u  yoki  bu  jo‘g‘rofiy  mintaqa,  unda  joylashgan  qo‘shni  mamlakatlar 
shunday  integratsion  birlashmalarning  asosiy  o‘zagini  tashkil  etadi.  Hozirda  qariyib 
70  dan  ortiq  davlatlar  tashkilotlari  va  65  mingga  yaqin  millatlararo  korporatsiyalar 
mavjud. 
 

Download 3,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish