Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankn YETTB — 1991 yilda tashkil
topgan va unga 56 ta mamlakat a’zo. YETTB Markaziy va Sharqiy Yevropa
mamlakatlariga bozor iqtisodiyotiga o‘tish bo‘yicha islohotlarni o‘tkazishda
ko‘maklashadi. Bank uchun xususiy sektor rivojlanishi, xususiylashtirish jarayoni,
to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish, moliya muassasalari hamda
sanoat sektorini tashkil etish va mustahkamlash, kichik biznesni rivojlanishini
qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ustuvor loyiha va dasturlar bo‘lib hisoblanadi. Bank
76
xususiy va xususiylashtirilgan korxonalar taklifi homiylar salohiyati yuqori bo‘lishi
va biznes rejalarining ishonchli bo‘lishini talab qiladi.