Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти



Download 3,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/258
Sana21.01.2022
Hajmi3,58 Mb.
#394022
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   258
Bog'liq
investitsiya-converted

 
Islom taraqqiyot banki (ITB)
 – 1974 yilda tashkil topgan. Unga islom diniga 
e’tiqod  qiluvchi  35  ta  mamlakat,  ya’ni  Islom  anjumanining  deyarli  barcha  a’zolari 
kiradi.  Nizom  kapitalining  miqdori  OTB  dan  5  marta  kam.  ITBning  maqsadi  a’zo 
mamlakatlarning  rivojlanish  loyihalarini,  tashqi  savdoni  kreditlash  va  savdo,  sanoat 
kompaniyalari kapitallarini investitsiyalashdan iborat. 
O‘zbekiston  ITBga  2003  yil  3  sentyabrda  a’zo  bo‘lgan  bo‘lib,  ushbu  bank 
tomonidan  faqat  2003  –  2009  yillar  mobaynida  umumiy  qiymati  150  mln.  Dollarga 
teng  moliyaviy  xizmatlar  ko‘rsatilgan.  Jahon  iqtisodiyotida  investitsiya  faoliyatini 
tartibga  solish  va  rag‘batlantirish  bo‘yicha  katta  tajriba  to‘plangan.  O‘zbekistonda 
investitsiya faoliyatini tashkil etish, yuritish, tartibga solish hamda qo‘llab-quvvatlash 
tizimi yaratilgan, ushbu tizimning amal qilishini ta’minlash uchun zarur qonunchilik 
hujjatlari  qabul  qilingan  va  ular  amaliyotda  investitsiya  faoliyatini  tartibga  solishda 
keng  qo‘llanilmoqda.  Islom  bankida  ustamalar  o‘z  o‘zidan  oshmaydi  va  penya 
tushunchasi umuman yo‘q. Jarimalar bor, lekin ular bir marotaba qo‘yiladi, qo‘yilish 
sababi  esa  mijozni  tarbiyalash  va  kelajakda  shunga  o‘xshash  e’tiborsizliklarga  yo‘l 
qo‘ymasligini ta’minlash. Islomiy moliyalashda kreditlar eng uzog‘i 5 yil muddatga 
beriladi. Agarda mijoz biror bir falokatga uchrab, to‘lash qobiliyatini yo‘qotsa, bank 
muddatni  6-10  yilga  cho‘zib  berishi  mumkin  ekan.  Bunda  summada  hech  qanday 
o‘zgarish  bo‘lmaydi.  Lekin  mijoz  asbob-uskunani  olib  qo‘yib,  ularni  yaxshi 
ishlatmay,  beparvo  yurgani  kuzatilsa,  bank  sovuqqonlik  uchun  jarima  soladi. 
Undirilgan  bu  mablag‘ni  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  xayriya  maqsadlariga  sarflaydi. 
Vaholanki,  islom  moliyalashida  jarimaga  foyda  sifatida  qaralmaydi  va  u  harom 
hisoblanadi.  Islom  taraqqiyot  banki(ITB)  1975  yilda  IHT  mamlakatlari  moliya 
vazirlari  yig‘ilishining  qaroriga  ko‘ra  tashkil  etilgan.  ITBning  shtab-kvartirasi 
Saudiya  Arabistonining  Jidda  shahrida  joylashgan.  ITBning  Hududiy  ofislari  1994 
yili Rabot (Marokash)da, shu yili Kuala-Lumpur (Malayziya)da, 1997 yili Olma-Ota 
(Qozog‘iston)da va 2008 yili Dakar (Senegal)da ochildi. Bank shuningdek, 12 ta a’zo 
mamlakatda  mahalliy  vakolatxonalarga  ega:  bular  Afg‘oniston,  Ozarbayjon, 


77 
 
Bangladesh,  Gvineya,  Indoneziya,  Eron,  Nigeriya,  Pokiston,  Serra-Leona,  Sudan, 
O‘zbekiston va Yamandir. 
ITBning  asosiy  vazifasi  a’zo-mamlakatlarda  shariatga  muvofiq  ijtimoiy  va 
iqtisodiy  taraqqiyotni  qo‘llab-quvvatlashdan  iborat.  Bank  tashkil  etilayotgan  vaqtda 
uning nizom jamg‘armasi 6 mlrd.islomiy dinorni, a’zolari soni 22 tani tashkil etgan. 
Islomiy dinor – ITB foydalanadigan hisob birligi; bir islomiy dinor HVJning  bir qarz 
olish  maxsus  huquqiga  teng.  Hozirgi  vaqtda  ITBga  ishtirokchi  a’zolar  56  ta  davlat 
hisoblanadi. 2013 yili ITBning e’lon qilingan hissadorlik kapitali  – 30 mlrd.islomiy 
dinorni,  shu  jumladan,  obuna  hissadorlik  kapitali  –  18  mlrd.islomiy  dinorni  tashkil 
etdi. Bankning asosiy hissadorlari Saudiya Arabistoni (23,6 foiz aksiya), Liviya (9,5 
foiz), Eron (8,3 foiz), Nigeriya (7,7 foiz), BAA (7,5 foiz), Qatar (7,2 foiz), Misr (7,1 
foiz), Turkiya (6,5 foiz) va Quvayt (5,5 foiz) hisoblanadilar. 
   2013  yilda  ITB  boshqaruvchilar  kengashi  umumiy  hissadorlik  kapitalini  30 
mlrd.islomiy  dinordan  100  mlrd.islomiy  dinor  (150  mlrd.dollar)ga  ko‘tarish  haqida 
qaror  qabul  qildi.  Bankning  obuna  kapitali  ham  18  mlrd.islomiy  dinordan 50  mlrd. 
Islomiy  dinorga  oshirildi.  Ushbu  qaror  a’zo-mamlakatlarning moliyalashtirish 
mablag‘lariga bo‘lgan katta ehtiyoji bilan bog‘liq. So‘nggi 12 yil davomida yetakchi 
reyting  agentliklari  (Moody”s,  Standard&Poor”s,  Fitch)  tomonidan  ITBga  uzoq 
muddatli kredit  reytingi  – “AAA” va  qisqa  muddatli oliy barqaror   kredit  reytingi  – 
“A+” berib kelinmoqda. 2013 yilning dekabrida ushbu reytinglar yana tasdiqlandi. 

Download 3,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish